19. Buyuk Britaniyaning mashhur radiokorporatsiyasi Bi-bi-si tashkil qilingan yilni toping. A 1922-yilda B) 1927-yilda
C) 1929-yilda D) 1930-yilda
3-MAVZU. 1918 – 1939-YILLARDA BUYUK BRITANIYA Reja: 1. Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy harakatlar. 2. Siyosiy hayot. 3. Mustamlaka va dominionlar bilan munosabat. 4. Tashqi siyosat. 1. Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy harakatlar. Birinchi jahon urushi Buyuk Britaniyaning hukmron doiralariga katta siyosiy g‘a laba va obro‘ olib keldi, mustamlaka imperiyasi yanada ken gaydi, katta reparatsiya olindi. Ammo bu g‘alaba Buyuk Britaniya uchun juda qimmatga tushdi. Urushdan oldin kreditor (qarz beruvchi) bo‘lgan Buyuk Britaniya AQSHdan va o‘z domi nionlaridan qarzdor bo‘lib qoldi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari juda past bo‘lib, inqiroz va turg‘unlik odatiy holga aylandi.
Ish tashlash harakati jiddiy tus oldi. Ishchilar ish haqining oshiri lishi va ish kunining qis qartirilishini talab qildilar. Shunday sharoitda shaxtyorlar ish haq ining kamaytirilishi Buyuk Brit aniya tarixidagi eng katta ijti moiy mojarolardan biri – 1926-yil mayda ishchilarning umumiy ish tashlashini keltirib chiqardi.
Jahon iqtisodiy inqirozi Buy uk Britaniya iqtisodiyotiga jud a katta ta’sir qilmadi. 1934-yildan bosh lab mamlakat inqirozdan chiqa boshladi. 1937-yili Buyuk Britaniya sanoatning asosiy sohalari bo‘yicha jahon iqti sodiy inqirozi dan oldingi ko‘rsatkichlarga yetib oldi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sishi, asosan, uy-joy qurili shining keskin oshishi va sanoatning avtomobilsozlik, samol yotsozlik, dvigatellar va radioapp arat ur alar ishlab chiqarish kabi yangi sohalari o‘sishi hisobiga yuz berdi.
Buyuk Britaniya iqtisodining tiklanishida harbiy sanoatning ja dal rivojlanishi ham katta rol o‘ynadi.
2. Siyosiy hayot. Buyuk Britaniyada uzoq yillar konservatorlar va liberal lar davlatni boshqarib, parlament saylovlari natijasida bir-birini almashtirib keldilar. Bu ikki partiyali siyosiy tizim jamiyatda barqarorlikni saqlab turdi.
Mamlakatdagi murakkab siyosiy va iqti sodiy holatda, keng mehnatkash omma ongida yuz bergan o‘zgarishlar natijasida 1918 – 1924-yillari an’anaviy ikki partiyali tizim jiddiy inqirozni bo shidan kechirdi. Shu sababli 1920-yillar boshida leyboristlar Buyuk Brita niya siyosiy tizimida ikkinchi partiya sifatida o‘rnashib oldi. Ular 1924-yil yanvarda Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta hukumatni boshqardi. Jamoa palatasida ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lmagan bu partiya ham bir yildan kamroq hokimiyatda turdi, ammo ishsizlar va pensionerlar ahvolini yaxshilash borasida bir qator tadbirl arni amalga oshirdi.
1937 – 1940-yillari huku matni konservatorlar yetakchisi Nevill Chemberlen boshqardi. 1938-yili Myunxen kelishuvining imzolanishi natijasida Nevill Chemberlen 1940-yili hukumat boshlig‘i lavozimidan iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Hukumatni XX asr Buyuk Britaniya tarixida juda katta rol o‘ynagan siyosatchi Uinston Cherchill boshqardi.