Atamalar izohi: Industrial sivilizatsiya


Yaponiya nechanchi yili Millatlar Ligasidan chiqdi?



Download 1,47 Mb.
bet7/87
Sana26.02.2022
Hajmi1,47 Mb.
#471477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87
Bog'liq
10-sinf Jahon tarixi Vord darslik

25. Yaponiya nechanchi yili Millatlar Ligasidan chiqdi?
A) 1931-yil B) 1932-yil
C) 1933-yil D) 1934-yil
26. Yaponiya 1937-yil iyulda keng miqyosdagi urush harakatlarini boshlab, qaysi hududni egallab oldi?
A) Markaziy Xitoyni B) Manchjuriyani
C) Koreeyani D) Nepalni


2-MAVZU. 1918 – 1939-YILLARDA ILMIY-TEXNIK TARAQQIYOTNING JADALLASHUVI, ILM-FANDAGI YUTUQLAR
Reja:
1. Aniq va tabiiy fanlardagi inqilob.
Bu davrda dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasini o‘zgartirgan eng muhim omillardan biri ilmiy-texnik taraqqiyot bo‘ldi. Fanni ishlab chiqaruvchi kuchga aylantirishning uzoq davom etgan jar ay oni yakunlanib, XX asr boshlarida ilmiy-texn ik inqilobga olib keldi.
1. Aniq va tabiiy fanlardagi inqilob. Nazariy bilimlarning amaliy ahamiyatga ega ekanligi yadro energiyasining kashf qili nishida yaqqol namoyon bo‘ldi. Amerikalik Enriko Fermi va fransuz Frederik JolioKyuri uran ning parchalanishi jarayoni da yuz beradigan zanjirli reaksiya natijasida juda katta energiya ajralib chiqishi to‘g‘risidagi g‘oyani shakllantirdi.
Shu davrda fizikaning alohida yo‘nalishi atom fi zikasi ham shakllandi. 1938-yili nemis olimlari uran yadrolari ajralib chiqishining zanjirli reaksiyasini kashf etdilar. Insoniyat oldida atom energiyasidan foydalanishning murakkab muammosi paydo bo‘ldi.
Atom bombasini yaratish ustida izlanishlar Germaniya, sobiq Sovet Ittifoqi va boshqa bir qator davlatlarda ham davom ettirildi. Ammo AQSH o‘z raqiblaridan ancha oldin lab ketdi. 1942-yili Chikagoda Enriko Fermi ilk atom reaktorini yaratdi. Birinchi atom bombasi 1945-yil AQSHning Nyu-Meksiko shtatidagi poligonda portlatildi.
Atom bombasini yaratish ustida izlanishlar Germaniya, sobiq Sovet Ittifoqi va boshqa bir qator davlatlarda ham davom ettirildi. Ammo AQSH o‘z raqiblaridan ancha oldin lab ketdi. 1942-yili Chikagoda Enriko Fermi ilk atom reaktorini yaratdi. Birinchi atom bombasi 1945-yil AQSHning Nyu-Meksiko shtatidagi poli gonda portlatildi.
Fizika sohasidagi yangi nazariyalarning amaliyotga tatbiq qilinishi ko‘plab yangi texnik ixtirolarga olib keldi. Tarixda ilk bor
harakatlan uvchi tasvirni elektron-nurli trubka yordamida masofaga uzatishni 1928-yili ixtirochilar Boris Grabovskiy va Ivan Belyanskiy Toshkentda amalga oshirdilar. Toshkent tramvay tresti baza sida o‘tkazilgan bu tajribani olimlar zamonaviy televideniyening paydo bo‘l ishi, deb hisoblashadi.
Shu tariqa televideniye asri boshlandi.
1920-yillari ovozli kino ustida ishlash davri bo‘ldi. Ko‘plab tajribalardan so‘ng 1927-yili Nyu-Yorkda namoyish qilingan «Jaz kuychisi» fi lmin i mutaxassislar birinchi ovozli kino deb tan olishgan. Tomoshalar ichida eng ommaviysi bo‘lgan ovozli kino o‘z davrini shunday boshladi.
XX asr boshlarida biologiya fani ham shiddat bilan rivojlan di. 1922-yili fi ziolog olimlar Jon Makleod va Frederik Banting ko‘plab tajribalar jarayonida o‘t pufagi gormoni bo‘lgan insulinni olishga muvaffaq bo‘ldilar. Qandli diabet kasalligi endi bedavo dard bo‘lmay qoldi. Insulinning kashf etilishi XX asrning eng buyuk kashfi yotlaridan biri deb tan olindi. Jon Makleod va Frederik Banting fi ziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldilar.
Shu davrda vitaminlar, gormonlarning kashf etilishi va virusol ogiya sohasidagi yutuqlar ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu kashfi yotlar mikro biologiya sanoatining paydo bo‘lishi uchun asos yaratdi. Biologiyaning rivojlanishi turdosh fanlar – kimyo va tibbiy otga katta ta’sir ko‘rsatdi.
1928-yili britaniyalik olim Aleksandr Fleming o‘z laboratoriyasida bir qan cha vaqtdan beri to‘planib qolgan idishlarni yig‘ishtirayotib, ulardan bir idagi mog‘orga ko‘zi tushadi. Tekshirib ko‘rilganda bu juda noyob Penicillium turiga mansub mog‘or bo‘lib chiqdi. Penitsillin, keyin esa boshqa antibiotiklarning kashf etilishi yuqumli kasalliklarni davolashda haqiqiy inqilob bo‘ldi. 1945-yili Aleksandr Fleming Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ko‘pgina kasalliklarni Aleksandr Fleming kashf qilgan penitsi llinsiz va antibiotiklarning yangi avlodisiz davolash bugungi kunda ham mumkin bo‘lmasdi.
1930-yillarga kelib fi zika, kimyo kabi tabiiy fanlarning rivojla nishi yangi, o‘ta mustahkam materiallarni yaratish imkoni ni berdi. AQSH va Germaniyada kapron, perlon, neylon, sintetik qat ron kabi sun’iy tolalarning olinishi yangi, o‘ta sifatli konstruktiv ma teriallar olish imkonini yaratdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin ularni ommaviy ishlab chiqarish boshlandi.
1930-yillar oxiriga kelib rivojlangan mamlakatlar sanoatining katta qismi elektrlashtirildi. Fuqaro aviatsiyasi, telegraf, radioeshittirishlar keng tarqaldi. 1927-yili Buyuk Britaniyaning mashhur radiokorporatsiyasi Bi-bi-si tashkil qilindi.
Fan va texnikadagi yangiliklar kishilarning kundalik turmushini ham o‘zgartirib yubordi. Aholining boy va o‘rtahol qismida shaxsiy avtomo billar paydo bo‘ldi. Ko‘plab ishchilar ishga mototsikl va velosipedlarda qatnay boshladi. Maishiy texnikalar – sovitkich lar, changyutgich lar, kir yuvish mashina la ridan, shuningdek, te lefon va grammofondan foydalanish keng tarqaldi.
Xullas, bu davrda fi zika va boshqa tabiiy fanlardagi olamshumul kashfi yotlar hamda ilmiy-texnik inqilob industrial sivilizatsiyaning keyingi rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Zotan, bu davrda fanning rivojlanishi inson zakovatining ulug‘vorligiga madhiyadir.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish