2.5..Pedagogik turkum fanlarni o’qitishda qo’llaniladigan keyslar va ularning
xarakteriga ko’ra B.Blum taksonomiyasi.
Pedagogik turkum fanlarni o’qitishda qo’llaniladigan keyslarni ularning xarakteriga ko’ra B.Blum taksonomiyasi (bilish-tushunish-anglash-ta’lil-sintez-qo’llash tizimi)ga muvofiq o’quv-keyslarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.
Pedagogik bilimlardan xabardorlikni aniqlashga yordam beradigan keyslar;
Ta’lim-tarbiya jarayonlari, pedagogik faoliyat va hodisaning tarkibiy elementlari o’rtasidagi o’zaro birlik, aloqadorlikni anglash hamda ta’lil qilishga yo’naltirilgan keyslar;
Pedagogik faoliyat, hodisa yoki jarayon mohiyatini tushunish holatini belgilashga xizmat qiladigan keyslar;
Ta’lim-tarbiya jarayonlari, pedagogik faoliyat va hodisaning tarkibiy elementlarini tizimlashtirish, sintezlash, bosqichlarni izchil ifodalashni taqozo etadigan keyslar;
Pedagogik bilimlarni amalda qo’llash, mavjud ko’nikma va malakalarni to’laqonli namoyon etishga doir keyslar.
Pedagogik turkum fanlarni o’qitishda ushbu keyslardan samarali, maqsadli va o’rinli foydalanish uchun zarur sharoitlar mavjudligi aniqlandi.Quyidagi misollar ushbu fikrning to’g’riligini tasdiqlaydi.
1. Pedagogik bilimlardan xabardorlikni aniqlashga yordam beradigan keys.
Keys bayoni. Sobir o’rta maktabning 9-sinfini tamomladi. SHahodatnomasida “uch” baholar ko’p bo’lganligi, salbiy xulqqa egaligi sababli, Sobir hech bir kasb-hunar kollejiga qabul qilinmadi. Har bir kollejning rahbari Sobirni boshqa akademik litsey va kasb-hunar kollejiga kirishini tavsiya etdi. Biroq, Sobirning ota-onasi har gal o’g’illarini o’zlari yashaydigan tumandagi kasb-hunar kollejida tahlim olishini, shundagina uni nazorat qilib turishlari mumkinligi aytishardi.
Keys savollari:
1.Ayting-chi, kasb-hunar kollejlarining rahbarlari Sobirni o’qishga qabul qilmaslikka haqlimilar?
2.Ayni vaziyatda Sobirning qanday huquqlari buzilyapti?
O’qituvchining yechimi. Kasb-hunar kolleji rahbarlari ijtimoiy xavf bo’lmagan holda “uch” bahoga o’qiganligi va xulqida salbiy holatlar ko’zga tashlanishi uchungina Sobirni o’qitishga qabul qilmaslikka haqli emaslar. Ular shaxsning bilim olishga bo’lgan huquqini poymol yetishgan. Qolaversa, kasb-hunar kollejlarida tahlim olish majburiy-ixtiyoriy xarakterga ega. SHu sababli Sobir va uning ota-onasi kasb-hunar kollejini o’zlari tanlay oladi.
Bordi-yu, kollejga qabul qilish sinov, imtihonlar asosida olib borilsa va Sobirning o’zi ularga puxta tayyorlanmaganligi sababli sinovdan o’ta olmasa, u holda ana shu kasb-hunar kollejiga qabul qilinmaydi. Bu vaziyatda Sobirning bilim olish huquqi (O’zbekiston Respublikasi “Tahlim to’g’risida”gi Qonunining 4-moddasi) poymol etganliklari sababli kasb-hunar kollejlarining rahbarlari mahmuriy javobgarlikka tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |