Intensiv omil ta’limni rivojlantirishda muassasaning ichki rezerviga suyanadi. Intensiv yo’l ta’lim muassasalarining pedagoglariga, ijodkorligi va mahoratiga, o’quvchilarning faolligiga, ta’lim muassasasi o’quv-moddiy bazasiga, yangi pedagogik va innovatsion ta’lim texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash va axborot kommunikatsiya texnalogiyalari vositalaridan foydalanish hamda ta’lim tizimi muassasalarida o’qituvchi-o’quvchi munosabatlarini yanada yaxshilashga xarakat qiladi.
Ekstensiv omillar esa ta’lim muassasasini rivojlantirishning qo’shimcha kuchlari(investitsiya)ga suyanadi. Ushbu omil g’arb davlatlarida rivojlangan.
Ekstensiv yo’l pedagogik tizimini rivojlantirishning qo’shimcha kuchlari (investitsiya) - yangi vositalar, jihozlar, texnologiyalar, kapital ta’minot, moliyalashtirish asosida amalga oshiriladi. Ular yangi axborot infarmatsion texnalogiyalar vositalarini qo’llash, turli o’quv faoliyatlariga vaqtni ortiqcha sarflash, o’quv jarayonini tabaqalashtirish va individuallashtirishni afzal ko’rmoqdalar. SHu asosda ta’lim mahsuldorligi va sifat samaradorligini oshirishni ko’zda tutmoqdalar.
Bizga ma’lumki, ta’lim jarayonini shakllantirish, rivojlantirish va nihoyat takomillashtirish o’qituvchining salohiyatiga, ijodkorligiga va pedagogik mahoratigi bog’liq bo’lgan. Bu esa ta’lim-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirishga, o’quvchining bilimini yanada yuqori darajaga oshirishga va ta’lim tizimini takomillashtirishga olib kelgan.
Demak, o’qitishning hoh an’anaviy, noan’anaviy, interfaol hoh zamonaviy texnologiyalari bo’lsin innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali innovatsion yondashuv munosabatlarini qo’llab o’qitishning sifati va samaradorligini oshirishga va o’quvchining bilimi yanada yuqori darajaga ko’tarishga erish mumkin ekan. Bunda fanning yangiliklarni sekinlik bilan, bosqichma-bosqich kiritish, uni qanchalik foyda keltirishini atroflicha ilmiy nuqtai nazaridan o’ylab, amalga kiritish maqsadga muvofiqdir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda yosh avlodga chuqur, puxta bilim beradigan, fikrlash doirasi keng, kasbiy ko’nikmalarga ega bo’lgan, yangiliklarni yaratish, izlash, qo’llashga chanqok, o’quvchini mustaqil fikr yuritishga o’rgata oladigan, innovatsion faoliyat yurita oladigan, yuqori malakali pedagog xodimlarni tayyorlash asosiy vazifa qilib belgilangan.
Yuqoridagi fikrlarni e’tiborga olgan holda quyidagicha hulosa qilish mumkin, darslikdagi mavzularni o’qitish jarayoni mazmunli va sifatli tashkil etish uchun avvalo darslik, o’quv qo’llanma, uslubiy tavsiyanoma va ko’rsatmalar, ommaviy axborot vositalari va internet mahlumotlari kabi qo’shimcha materiallar bilan boyitilgan dars ishlanma(konspekti)si tayyorlash zarur.
So’ngra bayon etilishi lozim bo’lgan mavzu mazmun-mohiyatiga mos metod tanlash va mavzuni bayon etishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan o’rinli va unumli foydalanish kerak.
Dars jarayoniga tadbiq etilgan metod va ahborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalariga innovatsion tahlim texnologiyalari asosida innovatsion yondashuv munosabatlarni tadbiq etish o’rinli bo’ladi.
Natijada, o’quvchida chuqur bilim, mahlum darajada ko’nikmalar shakllanishi va malakalarni jarayonida yangi bilimlar hosil bo’lishi hisobiga o’quvchida kundalik faoliyatda amaliyotga qo’llash qobiliyati, yahni kompetentik darajasitsiyalar rivojlanib boradi.
Buning uchun esa fan o’qituvchisi tamonidan mavzularning murakkablik darajasi aniqlanadi va unga mos quyi, o’rta va yuqori murakkablikdagi omillardan (ta’lim texnologiyalaridan) birini tanlaydi.
SHu kabi mutanosiblik asosida dars jarayoni tashkil etilsa, ta’lim tizimida innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida innovatsion yondashuv munosabatlarini qo’llab o’qitilsa, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligi, shuningdek, o’quvchilar bilimi ham yanada yuqori darajaga ko’tarilishi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |