2.4.Ta’lim jarayonida foydalaniladigan zamonaviy ta’lim metodlari
Innovatsiya so’zi-lotincha so’z bo’lib, “yangilik kiritaman, tatbiq etaman, o’zgartiraman” degan ma’noni bildirib, u quyidagi usullardan iborat: (“Modellashtirish” (trenirovka), “Namoyish qilish”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Aqliy hujum”, “Tanqidiy tafakkur”, “Debatlar”, “Nuqtai nazaring bo’lsin”, “Har kim har kimga o’rgatadi”, “Rolli uyinlar”, “Muayyan holatni (vaziyatni) o’rganish”, “Modifikatsiyalangan mahruza”, “Uyinlar”, “Bingo”, “Axborot texnologiyalari (kompg’yuter) yordamida tashkil etish” va x.k. Shuningdek, o’quv-metodik qo’llanmada ta’lim jarayonida qo’llaniladigan innovatsion metodlar, keyslar tipologiyasida o’quv topshirig’ini taqdim etish usullari, pedagogik turkum fanlarni o’qitishda qo’llaniladigan keys metodlarini va ularning xarakteriga ko’ra B. Blum taksonomiyasi hamda “Assesment” texnologiyasining yaratilish tarixi kabi mavzular tahlil etilgan.
Modellashtirish (trenirovka-mashq qilish).O’qitishning bu usuli real hayotni qayta tiklash uchun ishlab chiqilgan moslama, asbob yoki vaziyatni o’z ichiga oladi.
Qullanilishi:
turli vaziyatlarda kerak buladigan ko’nikmalar hosil qilishda;
oddiy, murakkab mexanik va elektr asboblar yasashda, operativ ko’nikmalar va qaror qabul qilishni amalga oshirishda;
xavfli va kechiktirib bo’lmaydigan vaziyatda boshqarish ko’nikmalarini mustahkamlashda;
real hayotiy vaziyatlarda ilgari urganilgan printsiplarni qullashda.
Afzalligi:
Namoyish qilish. Demonstratsiya-“ko’rsataman, isbotlayman” degan ma’noni anglatadi.
Bu usulda o’qituvchi topshiriqni bajarish tartibini o’quvchilarga ko’rsatadi. Shundan so’ng o’quvchilarga topshiriqni mustaqil bajarish imkoniyati berilishi kerak.
Qullanilishi:
topshiriqni bajarilish tartibini ko’rsatishda;
muammolarni hal qilish va analitik mohirlikka o’rgatishda;
texnika xavfsizligini o’rgatishda;
texnik vositalar va asboblar bilan ishlashni o’rgatishda.
Afzalligi:
o’quvchi o’z ko’zi bilan ko’ra olishi;
tushunish va eslab qolishga yordam bera olishi;
qiziqishni oshirishi;
O’qitishning juda faol shakli ekanligi.
Rolli uyinlar. O’quvchilar bu usulda “real hayot” holatlarini qayta jonlantiradilar. Ularga amaliy ish faoliyatlarida qullash mumkin bo’lgan yangi turdagi faoliyatlarni sinab ko’rish va tekshirish imkonini beradi.
Qo’llanilishi:
yangi turdagi faoliyatni sinash imkonini kursatadi;
o’quvchilarni nazariy amaliyotda qullashga urgatishda;
o’quvchilar faolligini oshirishda.
Afzalligi:
“real hayot”ning qayta tiklanishi;
o’quvchilarni mavzuga chO’qurroq jalb qilinishi;
o’quvchilarga muammoga boshqacha yondoshuv imkonini berishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |