Keys topshirig’i. O’qituvchining xatti-harakatlari qanday metodlar yordamidaamalga oshirilganligini aniqlang.
O’qituvchining yechimi. Tarix fani o’qituvchisi qo’llagan metodlar: 1) hikoya; 2) tushuntirish; 3) tasvirlash; 4) suhbat; 5) namoyish.
4. Ta’lim-tarbiya jarayonlari, pedagogik faoliyat hamda hodisaning tarkibiy elementlarini tizimlashtirish, sintezlash, bosqichlarni izchil ifodalashni taqozo etadigan keys.
Keys bayoni. Mashq bajarishni tashkil etish bosqichlari:
1) o’qituvchi nazorati ostida talabalar tomonidan o’quv harakatining;
2) zarur ko’nikma va malakalar shakllangunicha o’quv harakatlarning ko’p bora takrorlanishi;
3) dastlabki bajarilishi o’qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi;
4) topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko’rsatishi.
Ushbu holatda mashq bajarishni tashkil etish bosqichlari noto’g’ri ko’rsatilgan.
Keys topshirig’i. Mashq bajarishni tashkil etish bosqichlarini zarur izchillikda ifodalang.
O’qituvchining yechimi. Mashq bajarishni tashkil etish bosqichlari:
1) o’qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi;
2) topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko’rsatishi;
3) o’qituvchi nazorati ostida talabalar tomonidan o’quv harakatining dastlabki bajarilishi;
4) zarur ko’nikma va malakalar shakllangunicha o’quv harakatlarning ko’p bora takrorlanishi.
5. Pedagogik bilimlarni amalda qo’llash, mavjud ko’nikma va malakalarni to’laqonli namoyon etishga doir keys.
Keys bayoni. Og’zaki bayon qilish metodlaritalabalarning umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlash va bilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Keys topshirig’i. Og’zaki bayon qilish metodi turlarini “Baliq skeleti” grafik organayzerida ifodalang.
O’qituvchining yechimi
II - BOB BO’YICHA HULOSA VA TAKLIFLAR.
O’qitishning muammo va muammoli vaziyatlar jarayonida rivojlantiruvchi tahlimning o’ziga xos xususiyatlari shundaki, o’quvchilarda topshiriqlarni bajarishga oid nazariy bilim o’rganiladi, amaliy ko’nikmalar shakllantiriladi va malakalar hosil bo’lish jarayonida yangicha bilimlar paydo bo’ladi.
1.Texnologiya fani o’qituvchilarining dars o’tish metodikasini takomillashtirish omillaridan foydalanib, dars o’tish metodlarini rivojlantirib borilsa, zamonaviy ishlab chiqarish talablari jarayoni shakllanadi, o’qituvchilarning tajribasi ortadi, salohiyati rivojlanadi, tahlim-tarbiya jarayoni samaradorligi takomillashadi. natijada o’quvchilar bilim sifati yanada yuqori darajaga ko’tariladi.
2.Klaster metodidan foydalanishda bosqichlar ketma-ketligidan unumli va o’rinli foydalanilsa, mavzularni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish darajasi ortib boradi.
3.Zamonaviy sharoitda tahlim tizimida innovatsion xarakterga ega metodlar ham qo’llanilmoqda. Ular orasida keng ommalashgan metodlar yagona nom bilan nomlanuvchi interfaol metodlar sanaladi. Interfaol metodlar – bu talabalarning bilim, ko’nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o’zlashtirish yo’lidagi o’zaro harakatini hamda o’qituvchi bilan hamkorliklarini tashkil etishga xizmat qiladigan metodlar bo’lib, bu metodlarning 100 dan ortiq turi mavjud. O’quv materialining xarakteri, talabalarning yosh va psixologik hususiyatlaridan kelib chiqqan holda tahlim jarayonida ularning har biridan samarali foydalanish mumkin.
4.Ta’limda interfaol usullar qo’llanilganda o’qitish, o’rgatish ishlari o’qituvchi-o’quvchi, o’kuvchi bilan o’kuvchi, o’quvchi bilan sinf kabi munosabatlar amalga oshirilganligi boyis o’qituvchi butun sinf o’quvchilari bilan ishlay olish imkoniyatiga ega bo’ladi va natijada o’quvchilar bilimi ortishi amalga oshadi.
5.Keys-stadi texnologiyasi talabalarda predmetni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishni, amaliy ko’nikmalarni, vaziyatni tahlil qilish va to’g’ri qaror qabul qilishga nisbatan ijodiy yondashish malakalarini rivojlantiradi, turli muammoli vaziyatlar va ularni hal qilish asosida ular tomonidan bilimlarning faol o’zlashtirilishi uchun imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |