1.Kichik guruxlarni xamkorlikda o’qitish. Bu yondashuvda kichik guruxlar 4 ta tinglovchidan tashkil topadi. O’qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so’ngra tinglovchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O’quvchilarga berilgan o’quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, xar bir tinglovchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida xar bir tinglovchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida xar bir tinglovchi o’zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra gurux ahzolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O’qituvchi xar bir kichik gurux axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baxolaydi. Tinglovchilarning kichik guruxlardagi o’quv faoliyati o’yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda xam tashkil etilishi mumkin.
3.5.Vebinar texnologiyalar va ularni ta’lim jarayonida qo’llash.
Vebinar texnologiyalari va ularni ta’lim jarayonida qo’llash, ular asosida tashkil etilgan dars shakllari va bosqichlari haqida muhokamaga keng o’rin berilgan. Fanga ma’lumki, ta’lim–tarbiya jarayonida zamonaviy sharoitda ta’lim tizimida vebinar texnologiyalar tobora keng qo’llanilmoqda.
Vebinar texnologiyalar (ingl. “webinar” – web-based seminar) –
1) web-texnologiyalari va an’anaviy ta’limning o’zaro birligi asosida tashkil etiladigan seminar;
2) Internet texnologiyalari va maxsus dasturlar qo’llanilgan holda talaba (tinglovchi)lar bilan interfaol o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish shakli.
Garchi “Vebinar” tushunchasi shu ma’noni anglatsa-da, biroq, ta’lim amaliyotida keng ma’noda qo’llanilib, turli onlayn tadbirlar seminar, konferentsiya, bahs-munozara, uchrashuv, taqdimot, ayrim holatlarda trening, turli hodisalar bo’yicha tarmoq translyatsiyalari (kompg’yuter yoki Internet tarmog’ida namoyish etiladigan lavhalar) va ta’lim vositalarini anglatishga xizmat qiladi.
Ushbu texnologiyalarni o’zlashtirish orqali pedagoglar interfaol o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Talabalar uchun esa bu texnologiyalar vaqtni va boshqa resurslarni tejash imkoniyatini yaratadi. CHunki ushbu interfaol tahlim jarayoni bilan qulay vaqt va qulay joyda tanishish imkoniyati mavjud. Bu esa pedagoglardan vebinar texnologiyalar asosidagi mashg’ulotlarni samarali tashkil etish uchun muayyan ko’nikmalarga ega bo’lish, bir qator shart va qoidalarga rioya etish talab qilinadi.
Bu turdagi texnologiyalarning yaratilish tarixi 1980 - yillardan – birinchi marta matnli xabarlarni almashish tizimi yaratilgan vaqtdan boshlangan. O’tgan asrning 90 - yillarida yanada takomillashgan muloqot tizimi veb-chat hamda juda qisqa vaqtda xabarlarni almashish tizimlari payo bo’ldi.
90 - yillarning oxirlariga kelib, birinchi konferents-aloqalarni tashkil etish tizimi ishlab chiqildi. SHundan so’ng ko’plab boshqa muloqot tizimlari, jumladan, Internet tarmog’idagi konferents - aloqalarni amalga oshirish imkoniyati yuzaga keldi.
Tushuncha sifatida “Vebinar” 1998 yilda Erik R.Korb tomonidan qo’llanilgan va bugungi kunda “InterCall” kompaniyasining savdo belgisi sifatida ehtirof etiladi.
Vebinar mashg’ulotlarni olib borish uchun pedagoglarning oldiga veb-kamera o’rnatilib, u tomonidan tashkil etilgan mashg’ulot tarmoq orqali namoyish etiladi. Bu mashg’ulotni Yer sharining istalgan nuqtasida ko’rish, Internet tarmog’iga ulangan kompg’yuter vositasida talabalar va pedagog o’rtasida muloqotni tashkil etish mumkin. Mashg’ulot ishtirokchilari o’rtasidagi aloqa Veb-ilova xizmati orqali ta’minlanadiG’14Vebinarga ulanishi uchun ishtirokchi (talaba, tinglovchi) o’z manzilini sayt manzilidagi brauzer qatoriga kiritishi zarur. Talabalar pedagogni tinglagan holda unga savollarni og’zaki hamda yozma tarzida berishlari mumkin. Pedagog o’z kompg’yuterida o’quv materiallari (matnli hujjatlar, taqdimot slaydlari va b.)ni namoyish etish, virtual doskaga yozish, chizish imkoniyatiga ega. U ishtirokchilarning barchasini ko’rib turadi va istalgan talaba, tinglovchiga yoki ularning barchasiga bir vaqtning o’zida e’tiborni qarata oladi. Boshqacha aytganda mashg’ulot o’tayotgan virtual auditoriya to’la ravishda pedagog nazoratida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |