Astanaqulova zuhraxon baxtiyorjon qizi


Zamonaviy pedagogik texnologiyaning mazmun-mohiyati va uning turlari



Download 0,64 Mb.
bet11/59
Sana01.06.2022
Hajmi0,64 Mb.
#628561
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
Bog'liq
01 МАГ ДИСС ЗУХРАХОН Узуликсиз таълимда технология фанини ўқитишда

1.1Zamonaviy pedagogik texnologiyaning mazmun-mohiyati va uning turlari.
Ushbu mavzuni izohlashdan oldin pedagogik tizim nima ekanligi, uning mohiyati nimalardan iborat ekanligi haqida fikr yuritsak. Pedagogik tizim o’zaro bog’liq bo’lgan vositalar, usullar va jarayonlar yig’indisi bo’lib, shaxsdagi muayyan sifatlarini shakllantirishga pedagogik ta’sir etishni maqsadga muvofik tarzda amalga oshiradi. Binobarin, har bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinar ekan, unga mos ravishda pedagogik tizim mavjud bo’lishi kerak. Agar maqsad uzgarsa tizim ham o’zgarishi shart.
Pedagogik tizim uziliksiz ta’lim tizimi jarayoning zamonaviy talablar asosida takomillashtirilgan pedagogik tizimi sifatida qaraladi va ulardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish masalalariga katta e’tibor qaratiladi.
Ma’lumki, ta’lim tizimida metodika iborasi bilan birgalikda pedagogik texnologiya iborasi ham keng qo’llaniladi. Albatta ushbu iboralarning o’xshashlik va farqli tomonlari mavjud. Ularning umumiy o’xshashlik tomonlari shundaki, har ikkala atama ham ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish jarayonini ifodalaydi. Shu bilan birga metodika atamasi, o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar yig’indisi deb tushinilsa, pedagogik texnologiya atamasi esa o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan iboralar yig’indisi sifatida qaraladi. Bundan ko’rinadiki, pedagogik texnologiya atamasiga metodikaning yangi, o’rgatuvchi bilan o’rganuvchining o’zaro hamkorlikdagi faoliyati deb qarash mumkin ekan.
Fikrimizni “Texnologiya” atamasidan boshlasak, ushbu atama yunoncha so’z bo’lib, “texnos” - mahorat, san’at va “logos” – fan, ta’limot ma’nolarni anglatadi. “Texnologiya” atamasi dastlab, ishlab chiqarish sohasida va texnika taraqqiyoti bilan bog’liq holda 1870 yillarda qo’llanila boshlagan bo’lib, unga materiallarga, polufabrikatlarga ishlov berish, ularning tarkibi, hususiyatlarini, ko’rinishini, tayyorlanishini, qo’llanish sohasini o’zgartirish yo’llari haqidagi fan sifatida qaralgan[5]
“Texnologiya”ning fan sifatida vujudga kelishiga - XVII asrda, sanoat ishlab chiqarishini paydo bo’lishi metallurgiya, mashinasozlik, jumladan sanoat jihozlari, paroxod, parovoz, o’q otuvchi qurollarni ishlab chiqarish jadal rivojlana boshlanishi sabab bo’ldi.
Bunday murakkab va mehnattalab mashina va jihozlarni ishlab chiqarishni, faqat texnologik jarayoni aniq ishlab chiqilgan texnologik hujjatlar asosida tashkil etish mumkin edi. Ushbu hujjatlarda - xom ashyo, materiallar, yarim fabrikat va mahsulotlarni olish, ishlov berish, qayta ishlash yo’llari va usullarining murakkab jarayonlarini o’zaro bog’liq, ketma-ket va aniq bajariladigan harakat, operatsiyalarga bo’lib, rejalashtirilgan natijaga erishish tasvir etiladi. Bu kengaytirilgan va ommaviy ishlab chiqarishga asos bo’ladi. Bizning davrda, texnologiya deb, ma’lum ishni bajarish san’ati tushuniladi. Uni egallash uchun u aks ettirilgan texnologik hujjatlarni chuqur o’rganish taqozo etiladi.
“Texnologiya”ning fan sifatida shakllanishi, texnologiyani ko’paytirish va shu asosda mutaxassislarni ommaviy tayyorlash, hamda ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatini keltirib chiqardi[6-8]
Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obyektga yo’naltirilgan aniq maqsadli amallarni muayyan ketma - ketlikda bajarishni ko’zda tutadi.
Yuqorida keltirilgan tushunchalarni o’quv jarayoniga ko’chiradigan bo’lsak, pedagogning o’qitish vositalari yordamida ta’lim oluvchilarga muayyan sharoitlarda ko’rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa yoki boshqacha aytganda, pedagog tomonidan o’qitish vositalari yordamida tahlim oluvchilarga tahsir ko’rsatish va bu faoliyat maxsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta’riflash mumkin.
Texnologiya tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta’sir etish kuchiga ega bo’lib, erkin ijod qilishga undaydi:

  • samarador o’quv-bilish faoliyatining asoslarini topish;

  • uni ekstensiv (kuch, vaqt, resurs yo’qotishga olib keladigan samarasiz) asosdan ko’ra intensiv (jadal), mumkin qadar, ilmiy asosda ko’rish;

  • talab etilgan natijalarni kafolatlaydigan fan va tajriba yutuqlaridan foydalanish;

  • o’qitish davomida tuzatishlar ehtimolini loyihalash metodiga tayangan holda yo’qotish;

  • ta’lim jarayonini yuqori darajada axborotlashtirish va zaruriy harakatlarni algoritmlash;

  • texnik vositalarni yaratish, ulardan foydalanish metodikasini o’zlashtirish va boshqalar.

Tarixiy manbalarga ko’ra, “Texnologiya” fani ham qadimgi yunonistonda 19 asr o’rtalarida paydo bo’lgan. Ushbu davrda, bu hunarmandning buyumlarni tayyorlash san’atiga, ustozi rahbarligi ostida (mashqlar tufayli) o’zining tirishqoqligi va tabiiy iqtidori orqali erishishini anglatgan.
Pedagog ishidagi muvoffaqiyatning siri nafaqat u qo’llayotgan ta’lim texnologiyalarida emas, balki pedagog sifatidagi mahoratida, o’quvchi qalbiga yo’l topa olishida namoyon bo’ladi. Har bir o’qituvchi qanday texnologiyani qo’llamasin, uning o’quvchiga muomalasi muhim ahamiyatga ega. CHunki, har qanday texnologiya jonli, hissiyotlarga boy insoniy fazilatlar va munosabatlar, pedagogik muamola va mahoratning o’rnini bosa olmaydi.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish