Assalomu alaykum Hurmatli Yig‘ilish qatnashchilari



Download 20,12 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi20,12 Kb.
#16112
Assalomu alaykum Hurmatli

Yig‘ilish qatnashchilari.

2015 yil I-yarim yilligi davomida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ish-reja asosida “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan:



1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil

25 sentyabrdagi “Milliy geografik axborot tizimini yaratish to‘g‘risidagi” 2014 yilning 4 choragida Respublika Idoralararo tender komissiyasiga ushbu loyihani amalga oshiruvchi Koreyanig ikkita konsalting kompanisidan to‘liq xujjatlar tender savdoda ishtirok etish uchun taqdim qilingan edi.

O‘tkazilagn tender savdolari natijasiga ko‘ra ANSE technology konsalting kompaniyasi g‘olib deb topildi.

Joriy yilning iyunь oyida g‘olib kompaniya bilan kontrakt tuzish maqsadida bajariladigan ishlar, texnik va moliyaviy shartlar bo‘yicha muzokarolar olib borildi natijada 10 iyul kuni ANSE technology konsalting kompaniyasi bilan konsalting xizmatlar ko‘rsatish buyicha ikki tomonlama kontrakt imzolandi.

Ushbu kontrakt Koreya Eksimbankidan tegishli xujjat kelishish (ish boshlashga) va Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vazirligidan ruyixatdan o‘tkazilishi bilan kuchga kiradi va asosiy ish jarayoni boshlanadi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-sonli qarori

2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsion tizimini rivojlantirish bo‘yicha Kompleks dasturini amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining 2013 yil 9 iyuldagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan Grafikga muvofiq “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan 2013-2015 yillarda “Ma‘lumotlarni yig‘ish va ularga ishlov berish mexanizmlarini standartlashtirilgan holda Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish axborot tizimini yaratish” loyihasini amalga oshirish doirasida qo‘yidagi ishlar bajarildi:

1) Loyihadan oldingi o‘rganish ishlari amalga oshirildi, buning natijasida amaldagi ko‘chmas mulkni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish mexanizmini optimizatsiya qilish takliflarini ichiga olgan Analitik hisobot tayyorlandi;

2) “Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish Integrallashgan axborot tizimini yaratish” loyihasining Kontseptsiyasi, Texnik topshirig‘i ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

3) Loyihaning PTERi ishlab chiыildi, Aloqa vazirligi va Arxitektura qo‘mitasi tomonidan ekspertizadan o‘tkazilib xulosalar olindi. Hozirgi kunda Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (MVESIT) tomonidan berilgan takliflar asosida ishlar olib borilmoqda.

Loyihani moliyalashtirish manbai aniq bo‘lmaganligi sababli, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ushbu Loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki bilan kreditga (zayem) mablag‘ olish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Hozirda Jahon banki missiyasining mutaxassislari bilan birgalikda Loyihaning texnik masalalari ko‘rib chiqildi, komponentlar bo‘yicha xarajatlar aniqlandi va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etildi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta‘minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Pf-4725-sonli Farmoni ijrosini ta‘minlash maqsadida:

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda ushbu Farmonning mazmun-mohiyati, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish va noqonuniy aralashgani uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlar mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish bo‘yicha joylarda “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari rahbar xodimlari hamda bevosita tadbirkorlar ishtirokida regional uchrashuvlar o‘tkazildi.

- Qo‘mitaning 2015 yil 25 maydagi 101-sonli buyrug‘iga asosan “Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini tekshirishning yillik muvofiqlashtirilgan reja-jadvallarini shakllantirishning aniq asoslangan tamoyillari to‘g‘risida“gi Nizom tasdiqlandi.

Nizomga asosan kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarida - to‘rt yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda va boshqa sub‘ektlarda - uch yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda faqatgina Respublika Kengashining qaroriga asosan tekshiruvlar o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi.

Tadbirkorlik sub‘ektlarining huquqiy savodxonligini oshirish va ularning faoliyatini tekshirishdan oldin qonunbuzilishlarni oldini olish maqsadida Adliya va Iqtisodiyot vazirliklari hamda Kengash bilan birgalikda “Tadbirkorlik sub‘ektlarida o‘tkaziladigan profilaktika ishlari samaradorligi asosida qo‘mitaning quyi tizimlarini faoliyatini baholash mezonlari to‘g‘risida”gi Nizomi ishlab chiqilib tasdiqlandi.

Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan sodir etilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etishlariga imkoniyatlar berish to‘g‘risida va ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilish, rejadan tashqari tekshirishlarning ko‘payishining oldini olish hamda hujjatlar asosida aniq isbotini topmagan holatlar yuzasidan choralar ko‘rish hamda “kamchiliklarni kovlash” amaliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

- ushbu farmondan kelib chiqib Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 65, 68 va 266-1 moddalariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-sonli qarorii bilan tasdiqlangan 2-ilovadagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK-2340 sonli qarorining 1,2,3,4-ilovalariga asosan davlat mulk ob‘ektlariga tegishli bo‘lgan 1217 ta ob‘ektlarning kadastr hujjatlari rasmiylashtirildi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib belgilangan tartibda mulkdorlar va korxona tashkilotlarga taqdim qilindi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil

19 apreldagi “2013 — 2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1958-sonli qaroriga asosan respublikaning Zarbdor (34097,1 ga), Mirzacho‘l (31182,8 ga), Arnasoy (31966,0 ga), Koson (63726,5 ga), Qamashi (30053 ga), Qarshi (43360 ga) tumanlaridagi jami 234 385 ga sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini sho‘rlanish darajalari aniqlandi hamda ushbu holatlarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib viloyat, tuman xokimliklariga taqdim etildi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 7 yanvardagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori ijosini ta‘minlash maqsadida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ma‘lumotlar bazasini shakillantirishda foydalaniladigan amaldagi dasturiy ta‘minot ushbu qaror talablariga moslashtirildi hamda bugungi kunda dasturning bazasiga 4,2 mln.dan ortiq ko‘chmas mulk obektlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar yuklandi.

Bundan tashqari Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasida tajriba uchastka sifatida ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni “bir oyna” printspi orqali Soliq organlari va Sud departamentlari bilan o‘zaro elektron ma‘lumot almashinish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

7. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 avgustdagi “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish to‘g‘rsida”gi 235-sonli qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida yerlarning normativ qiymatini aniqlash bo‘yicha

yangi Dasturiy ta‘minot ishlab chiqildi. Ushbu dasturiy ta‘minotga asosan 2015 yilning 1 iyun holatiga respublikaning 161 ta tumanlaridagi

88 491 ta qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarning qishloq xo‘jalik yerlarining normativ qiymati hisoblab chiqildi hamda natijasi bo‘yicha ma‘lumotlar Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etildi. 3-jadval

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi PF-4478-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining

2013 yil 22 martdagi “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 03/17-9-sonli topshirig‘iga asosan tuman hokimligi ixtiyorida (zaxirada)gi qishloq xo‘jalik yerlari hatlovdan o‘tkazildi.

Hatlov natijalariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 241 754 gektar ekin yerlar, 24 771 gektar ko‘p yillik daraxatzorlar va 26 775 gektar bo‘z yerlar fermer xo‘jaliklariga va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga berilmasdan, tuman xokimliklari ixtiyorida turganligi aniqlanib, ushbu zaxirada turgan yer maydonlarini tarqatish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar xokimliklariga taqdimnomalar kiritildi.

4-jadval

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi 295-sonli qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida geografik ob‘ektlar nomlarini markazlashgan hisobini yuritish bo‘yicha dasturiy ta‘minot ishlab chiqildi hamda joriy yilning 6 oyi davomida jami 32 600 ta geografik ob‘ektlar nomlari ekspertizadan o‘tkazilib davlat reyestriga kiritildi. 5-jadval

10. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 apreldagi “2015 yilning

I-choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilgi iqtisodiy dasturining eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari bajarilishini baholash to‘g‘risida”gi 2-sonli yig‘ilish bayonining 15-bandi ijrosini ta‘minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarning tuman (shahar) Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarida tadbirkorlik subьektlari bilan faoliyat yuritadigan 207 ta rahbar va xodimlar attestatsiya (suhbat)dan o‘tkazildi.

Attestatsiya (suhbat) natijasida, 16 ta rahbar va xodimlar shartli o‘tkazilgan bo‘lsa, 9 ta rahbarlar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

11. Tuman (shahar) Yer resurslari va davlat kadastri bo‘lim boshliqlarining bilim saviyasi, malakasi va tajribasini yanada oshirish hamda qonunchilikdagi yangiliklarni, sohaga oid me‘yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘qitish shuningdek, Yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, uni muhofaza qilishni tashkil etish, yer munosabatlarini tartibga solish, yer tuzish ishlari, yerlardan maqsadli va samarali foydalanish ustidan nazorat o‘tkazish borasida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti bilan hamkorlikda haftalik o‘quv kurslari tashkil etildi.

Bundan tashqari joriy yilning 2-yarim yilligida tuman (shahar) “Ermulkkadastr” davlat korxonasi rahbarlari va “Bir oyna” mutahassis hodimlarini tadbirkorlik sub‘ektlariga xizmat ko‘rsatishda, xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta‘minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi hamda tadbirkorlik sohasiga oid boshqa qonun va qonunosti hujjatlari yo‘nalishida malakasini oshirish maqsadida o‘quv kurslarini tashkil etish rejalashtirib olindi.

12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil

9 yanvardagi EDO-03-13-1-sonli “Respublikada 2015 yil meva-sabzavot, poliz, uzum va kartoshka ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qayta ishlash hamda oziq-ovqat loyihalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni 8-bandi topshiriqlari ijrosini ta‘minlash maqsadida, 2717 ta fermer xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlarga yangi intensiv mevali bog‘-tokzorlarni barpo etish uchun, jami 12369,8 gektar yer maydonlari ajratildi.

13. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining qarori bilan tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan 169 ta xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning 459,8 ming gektar yer maydonida yerdan foydalanish yuzasidan rejali va qisqa muddatli tekshirishlar o‘tkazildi. Natijada 196 ta holatda (jami tekshirishga nisbatan 95 foiz) fermer xo‘jaliklari, korxona va tashkilotlar tomonidan 30.7 ming gektar maydonda turli yer qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Yer qonunbuzilish holatlarini sodir etgan 169 ta xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt rahbarlari 45,9 mln. so‘m miqdorida ma‘muriy jarimaga tortildi,

27 ta holatda esa aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rish maqsadida tegishli xujjatlar tayyorlanib zaruriy choralar ko‘rish bo‘yicha Hududiy kengashga taqdim etildi. 8-jadval.

14. Umumiy maydoni 45 278 gektarni tashkil etgan 49 319 ta ob‘ekt bo‘yicha kadastr s‘yomkasi ishlari amalga oshirildi.

Respublika bo‘yicha 63 106 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar, 162 825 ta bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar, 14077 ta ipoteka shartnomalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

15. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan davlat kadastrlari yagona tizimi geoaxborot bazasini shakllantirish maqsadida 21 ta davlat kadastrlarini yuritishga mas‘ul vakolatli vazirlik va idoralar tomonidan davlat kadastrlari to‘g‘risida taqdim etilgan ma‘lumotlar tahlil qilindi natijada 120 700 ta ob‘ekt bo‘yicha kadastr ma‘lumotlar tahlil qilinib, Davlat kadastrlari yagona tizimi geoaxborot bazasiga kiritildi.

Hozirgi kunda Davlat kadastrlari yagona tizimining talabi bo‘yicha ma‘lumotlarni yagona tizim, elektron dasturiy format hamda texnologik printsiplar bo‘yicha taqdim etish ishlarini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishida:

- davlat yer kadastri - 62%

- davlat suv kadastri - 57%

- bino-inshootlar davlat kadastri - 43%

- kartografiya-geodeziya davlat kadastri - 76%

- energetika ob‘ektlari davlat kadastri - 45%

- davlat o‘rmon kadastri - 45%

- shaharsozlik davlat kadastri - 40%

- aloqa ob‘ektlari davlat kadastri - 72%

- texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri- 30%

- gidrotexnika inshootlar davlat kadastri - 24%

- madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri - 15%

- avtomobil yo‘llari davlat kadastri - 16%

- temir yo‘llari davlat kadastri - 20%

- yetkazib berish quvurlari davlat kadastri - 17%

- chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat

kadastri - 25%

- tabiiy xavfi yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri - 35%

- qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri - 12%

- o‘simlik dunyosi ob‘ektlari davlat kadastri - 15%

- hayvonot dunyosi davlat kadastri - 20%



- konlar, foydali qazilmalar va texnogen xosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri - 65% da vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar asosida geoaxborot tizimini ArcGIS dasturiy ta‘minotiga o‘tkazish va geoaxborot bazasini shakllantirish ishlari tashkil etilgan.
Download 20,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish