📣assalom alaykum, hurmatli ingliz tili o'rganuvchilari!
▪️Bugundan boshlab, men ingliz tili grammatikasi bo'yicha kursimni boshlayman.
▪️Mazkur kurs mening ingliz tilini o'rgatish davomida yozgan "Grammar Notes"🔰 nomli kitobimga asoslanadi. Kitob o'zbek tilida yozilganligi tufayli mazkur kursda ham barcha qoidalar o'zbek tilida beriladi.
▪️Mazkur kurs ingliz tilini o'rta, ya'ni Intermediate darajada biluvchi shaxslarga mo'ljallangan.
💡Mazkur kurs CEFR va IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko'rayotganga ham foydali bo'ladi degan umiddaman.
▪️Kurs davomida siz ingliz tili grammatikasining barcha asosiy mavzulari bo'yicha ta'lim olasiz va o'z bilimlaringizni baholab borasiz.
⚡️Har 10 ta darsdan keyin eng saralab olingan testlardan tuzilgan imtihon tashkil etiladi.
👉Kurs davomida ingliz tili grammatikasining quyidagi 1️7 ta mavzulari bo'yicha darslar (qoidalar), ma'lumotlar, maslahatlar, testlar va qo'shimcha o'qish uchun materiallar berib boraman.
🔸Ingliz tilida zamonlar (Tenses)
🔸Ingliz tilida modal fe'llar (Modal verbs)
🔸Ingliz tilida shart ergash gaplar (Conditionals)
🔸Ingliz tilida aniq va majhul nisbat (Active and Passive Voice)
🔸Ingliz tilida ko'chirma va o'zlashtirma gaplar (Direct and Indirect Speech)
🔸Ingliz tilida savollar (Questions)
🔸Ingliz tilida yordamchi fe'llarning qo'llanishi (Auxiliary verbs)
🔸Ingliz tilida fe'lning xoslangan shakllari (Gerund and Infinitive)
🔸Ingliz tilida otlar, ko'plik va birlik masalalari (Nouns, singular and plural)
🔸Ingliz tilida artikllar (Article)
🔸Ingliz tilida olmoshlar (Pronouns)
🔸Ingliz tilida sifat va ravishlar (Adjectives and Adverbs)
🔸Ingliz tilida sifat va ravish darajalari (Comparisons)
🔸 Ingliz tilida ko'makchilar (Prepositions)
🔸 Ingliz tilida bog'lovchilar (Conjunctions)
🔸Ingliz tilida o'xshash so'zlar (Confused words)
🔸Ingliz tilida so'zlarni qo'llash (Word Usage).
📖Dars #1 Ingliz tilida zamon tushunchasi
🔸Dunyodagi deyarli barcha tillarda zamon kategoriyasi mavjud.
🔸Ingliz tilida zamon tushunchasi “tense” atamasi bilan ifodalanadi.
🔸Macmillian English Dictionary for Advanced Learners lug'atida zamon quyidagicha izohlangan:
▪️tense – a form of verb used for showing when something happens. For example, ‘I goʻ is the present tense and ‘I went’ is the past tense.
ℹ️Ya'ni, zamon- bu biror ish-harakatning qachon sodir boʻlganligini koʻrsatadigan fe’l shaklidir, Masalan “Men boraman” - bu hozirgi zamon, “Men bordim” esa oʻtgan zamondir.
💡Demak, zamon ish-harakatning qachon bajaril(ayot)ganligi nazarda tutadi.
▶️Xulosa: Ish-harakat qachon bajarilayotganligi yoki bajarilganligiga qarab oʻzimizga kerak boʻlgan grammatik qoliplarni (zamonlar shakli) tanlaymiz.
💡Ingliz tilida zamonlar 4 ta katta guruhga boʻlinib oʻrganiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |