5️.Hozirgi zamon davom fe’li odatda quyidagi payt ravishlari bilan qoʻllaniladi:
▫️now ▫️today ▫️this month ▫️still
▫️at the moment▫️ this week ▫️this season ▫️for the time being ▫️nowadays ▫️these days ▫️day after day
🔸We are still waiting for the train.
🔸Tom is having a bath at the moment.
🔸I am meeting a lot of people today.
🔸We are learning Japanese this year.
📖 Dars #4 Present Simple tense
▪️Present Simple Tense – hozirgi oddiy zamon doimiy ravishda sodir boʻladigan, oʻzgarmas yoki takroriy ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi.
▪️Mazkur zamonda darak gaplarda asosiy fe’lning oʻzi, soʻroq va inkor gaplarda do/does yordamchi fe’llari va asosiy fe'l ishtirok etadi.
▪️Positive form:
🔸I work.
🔸He/she/it works.
🔸We/you/they work.
▪️ Negative form:
🔸I do not work.
🔸He/she/it does not work.
🔸We/you/they do not work.
▪️ Question form:
🔸Do I work?
🔸Does he/she/it work?
🔸Do we/you/they work?
💡Eslatma: Hozirgi oddiy zamon fe’lining tuslanishi shaxslarga qarab oʻzgaradi. III shaxs birlikda (he, she, it) asosiy fe’lga darak gaplarda -s harfi qoʻshiladi. Agar fe’l –o, -ch, -sh, -ss, -s, -x harflari bilan tugasa, fe’lga –es harflari qo’shilishi lozim.
🔸He works, she goes, it washes
▪️Soʻroq va inkor gaplarda III shaxs birlikda does yordamchi fe’li qoʻllanilganligi tufayli asosiy fe’lga hech qanday harf qoʻshilmaydi.
🔸He doesn’t work, she doesn’t go, it doesn’t wash.
🔸Does he work? Does she go? Does it wash?
📖 Dars #5 Present Simple Tense ning qoʻllanish holatlari:
1️.Doimiy yoki takroriy ravishda sodir boʻladigan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi. Ish-harakat kecha, bugun va ertaga ham shunday tarzda sodir boʻladi va oʻzgarmaydi.
🔸I go to work by bus every day.
🔸She always gets up at 6 oʻclock.
🔸Many people think that if a black cat crosses your way it is bad luck.
2️.Dunyoda har doim haqiqat boʻlgan voqea-hodisalar mavjud. Masalan, tabiat hodisalari boʻlgan quyosh chiqishi, yerning quyosh atrofida aylanishi, kuzda qushlarning issiq oʻlkalarga uchib ketishlari va hakozo. Undan tashqari, jamiyatda oʻrnatilgan umumiy qoidalar, kasblar, insonlar va boshqa voqea-hodisalar haqida umumiy fikr bildirilganda ham hozirgi oddiy zamon fe’li qoʻllaniladi.
🔸The sun rises in the east.
🔸Cats live on mice.
🔸Water boils at 100ᵒC.
🔸Carpenters make things of wood.
🔸When ladies enter the room, gentlemen stand up and greet them.
3️. Ingliz tilida fikrga qoʻshilish, va'da berish, tavsiya qilish uchun bir qancha fe’llar ishlatiladi. Bunday fe’llar “performative verbs” deb ataladi va nutqda juda keng qoʻllaniladi. Misol sifatida “to agree/think/ suggest/ recommend/ insist/ promise/ apologise/ refuse” fe’llarini keltirish mumkin. Mazkur fe’llar ham odatda hozirgi oddiy zamonda qoʻllaniladi.
🔸I promise I won’t be late.
🔸What do you suggest I do?
🔸He insists that we should come with him.
4️. Hozirgi oddiy zamon fe’li quyidagi payt ravishlari bilan qoʻllaniladi:
▫️always ▫️usually ▫️often ▫️sometimes▫️rarely
▫️never▫️hardly ever▫️frequently▫️occasionally▫️seldom
▫️all the time
▫️every+day/morning/night/Monday/week/month/other day/year
🔸Jim always gets up at 6 oʻclock.
🔸He never lies to his parents.
🔸We frequently see that man on the beach.
💡Ingliz tilida “Why don’t you…?” birikmasi tavsiya qilish, maslahat berish uchun qoʻllaniladi.
🔸 Why don’t you get a new job instead of lying all day?
💡Eslatma “never” payt ravishi qoʻllanilganda yordamchi fe’llardan 'don’t/doesn’t' qoʻllanilmaydi.
🔸He never lies to his parents. (U ota-onasiga hech qachon yolg’on gapirmaydi…toʻg’ri gap qurilmasi)
🔸He doesn’t never lie to his parents. (notoʻg’ri gap qurilmasi)
▪️Yuqoridagi holat 'no/nobody/no-one/nothing/nowhere/neither/seldom/rarely/hardly ever' kabi inkor ma’nodagi soʻzlarga ham taalluqlidir.
▪️Nobody believes a liar when he tells the truth. (Nobody doesn’t believe… emas)
📖 Dars #6 Present Simple Tense qo'llanishining maxsus holatlari:
1️.Biror ishni qilish uchun koʻrsatma (yoʻriqnoma) berish uchun:
🔸You mix the soup with some cream at the end to make it tastier.
🔸You take Bus 93 to get to the Kuyluk Market.
💡Yuqoridagi holatlarda oddiy buyruq gap ham qoʻllash mumkin.
🔸Take Bus 93 to get to the Kuyluq Market.
2️. Hozirgi zamonda oʻzlashtirma gapni ifodalash uchun:
🔸The book says that too much butter and milk is bad for your health.
🔸They say that the company is losing much of its market share.
3️. Gazeta, jurnal va internet nashrlarida yangiliklar sarlavhalarini yozishda:
🔸President Obama meets his Russian colleague.
🔸Rebels occupy the centre of Damascus.
4️.Sport musobaqalarida oʻyin jarayonini sharhlashda:
🔸Ozil takes the ball and passes it to Ronaldo. Ronaldo is with the ball and he makes a fantastic shot!!! GOOOAL!!!! Good job Cristiano!
📖 Dars #7 Present Continuous va Present Simple Tense qo'llanishidagi o'ziga xosliklar
💡Mazkur dars umuman olganda barcha oddiy va davomiy zamonlarga taalluqli bo'lib, ularda ba'zi fe'llarning qo'llanishiga bag'ishlanadi.
▪️Mazkur ikkala zamonda fe’llarni holat va harakat fe’llariga ajratib olish juda muhim.
▪️Harakat fe’llari, oʻz nomi bilan koʻrsatilganidek, biron harakatni ifodalashda qoʻllanadigan fe’llardir (to play/to read/to run..).
▪️Holat fe’llari esa his-tuyg’uni, fikrni yoki biror holatni tasvirlashda ishlatiladigan fe’llar (to feel/to love/to want/to think…) hisoblanadi.
💡Harakat fe’llari ingliz tilida - 'dynamic verbs', holat fe’llari esa - 'stative verbs' deb yuritiladi.
▪️Umumiy qoidaga koʻra harakat fe’llari barcha zamonlarda (davomiy va oddiy) zamonlarda qoʻllanishi mumkin.
🔸Tom is playing football in the yard now. (oʻynayapdi… davomiy)
🔸Tom plays football in the yard every evening. (oʻynaydi… oddiy)
▪️Holat fe’llari esa faqatgina oddiy yoki oddiy tugallangan (simple yoki simple perfect) zamonlarda qoʻllana oladi.
🔸I know that you are wrong. (Men bilamanki, siz nohaqsiz.…oddiy zamonda)
🔸He loves flowers. (U gullarni sevadi…oddiy zamonda)
📖 Dars #8 Ingliz tilida eng keng tarqalgan holat fe'llari:
💡Quyidagi fe'llarni juda yaxshi esda saqlab qolish lozim, chunki ingliz tilida holat va harakat fe'llarini farqlay olish, barcha zamonlarni to'g'ri qo'llashda asqotadi.
▫️be - bo'lmoq ▫️want - xohlamoq ▫️need -muhtoj bo'lmoq ▫️prefer - afzal ko'rmoq ▫️like - yoqtirmoq ▫️love - sevmoq ▫️hate - nafratlanmoq ▫️belong - tegishli bo'lmoq ▫️❗️appear - ko'rinmoq ▫️imagine - tasavvur qilmoq ▫️exist - mavjud bo'lmoq ▫️❗️look - ko'rinmoq ▫️❗️see - ko'rmoq ▫️hear - eshitmoq ▫️resemble - o'xshamoq ▫️❗️fit - to'g'ri kelmoq▫️own -egalik qilmoq ▫️possess - egalik qilmoq ▫️owe - qarz bo'lmoq ▫️depend - bog'liq bo'lmoq ▫️adore - qattiq sevmoq ▫️dislike - yomon ko'rmoq ▫️suit - mos kelmoq ▫️involve - o'z ichiga olmoq ▫️know - bilmoq ▫️believe - ishonmoq ▫️suppose - taxmin qilmoq ▫️mean - ma'no anglatmoq ▫️understand - tushunmoq ▫️remember - eslamoq ▫️notice - sezmoq, payqamoq ▫️❗️smell - hid taratmoq ▫️sound - eshitilmoq, tuyulmoq ▫️❗️taste - ta'mga ega bo'lmoq ▫️consist - tashkil topmoq ▫️❗️feel - his qilmoq ▫️admire - havas qilmoq ▫️lack - yetishmaslik ▫️wish - tilamoq ▫️forget - esdan chiqarmoq ▫️seem - ko'rinmoq, tuyulmoq ▫️❗️have - ega bo'lmoq ▫️❗️think - o'ylamoq ▫️realise - tushunib yetmoq ▫️doubt - shubhalanmoq ▫️suspect - gumonlanmoq ▫️comprise - tashkil topmoq ▫️contain - ichiga olmoq ▫️include - ichiga olmoq ▫️come from - kelib chiqmoq ▫️concern - tegishli bo'lmoq ▫️appreciate - tushunmoq, yuqori baholamoq
💡Yuqoridagi fe'llarni davomiy zamonlarda qo'llash grammatik xato hisoblanadi.
🔸I am knowing the rule. (noto'g'ri)
🔸I know the rule. (to'g'ri)
💡Yuqorida ba'zi fe'llarga ❗️belgisi qo'yilgan bo'lib, mazkur fe'llarning ma'nosi o'zgarganda davomiy zamonlarda ham qo'llanishi mumkinligini bildiradi. Bu haqda keyingi darsda batafsil to'xtalib o'tamiz.
📖 Dars #9 Ba'zi fe'llarning ham oddiy ham davomiy zamonlarda qo'llanishi:
▪️Oldingi darsda ta'kidlaganimizdek, holat fe'llarining ba'zilari boshqa ma'nolarda davomiy zamonlarda ishlatilishi mumkin.
▪️feel - 1. his qilmoq, sez(il)moq (holat fe’li)
2. paypaslamoq, ushlab koʻrmoq (harakat fe’li)
🔸The cloth feels rough. (Mato dag’al…holat fe’li)
🔸The doctor is feeling Nick’s leg. (Doktor Nikning oyog’ini ushlab koʻrmoqda…harakat fe’li)
▪️smell – 1. hid taratmoq, hidga ega boʻlmoq (holat fe’li) 2. hidlab koʻrmoq (harakat fe’li)
🔸The food smells awful. (Ovqatning hidi yomon…holat fe’li)
🔸The girl is smelling the flowers. (Qizcha gullarni hidlamoqda…harakat fe’li)
▪️taste – 1. ta’mga ega boʻlmoq (holat fe’li) 2. ta’mini totib koʻrmoq (harakat fe’li)
🔸The food tastes salty. (Ovqatning ta'mi shoʻr…holat fe’li)
🔸The cook is tasting the food. (Oshpaz ovqatning ta’mini tatib koʻrmoqda…harakat fe’li)
▪️fit – 1. mos kelmoq, toʻg’ri kelmoq (holat fe’li) 2. oʻrnatmoq, joylashtirmoq (harakat fe’li)
🔸My shoes fit me perfectly. (Tufligim menga juda mos keldi…holat fe’li)
🔸The workman is fitting the new engine. (Ishchi yangi motorni oʻrnatmoqda…harakat fe'li)
▪️look – 1. koʻrinmoq (holat fe’li) 2. qaramoq (harakat fe’li)
🔸You look tired. (Siz charchagan koʻrinasiz…holat fe’li)
🔸I am looking for my keys. (Men kalitlarimni qidiryapman…harakat fe’li)
▪️“to have” fe’li “ega boʻlmoq” ma’nosida faqatgina oddiy zamonlarda, ya’ni Present Simple Tense’da qoʻllaniladi.
🔸We have six houses, five cars and one ship now. (are having… emas)
💡'to have' fe’li boshqa soʻzlar bilan birikib harakatni bildirib kelishi mumkin. Misol uchun to have a bath, to have dinner, to have a chat, to have a rest shunday birikmalar hisoblanadi. Bu holatda ular ham davomiy, ham oddiy zamonlarda qo'llanishi mumkin.
🔸Tom is having a bath at the moment. (Tom ayni paytda vanna qabul qilmoqda)
🔸Tom has a bath every morning. (Tom har kuni ertalab vanna qabul qiladi)
▪️'to think' fe'li fikr bildirmoq' degan ma’nosida faqat oddiy zamonlarda qoʻllaniladi.
🔸I think your idea is the best. (Fikrimcha, sizning g’oyangiz eng zoʻri.)
▪️to think fe'li oʻylamoq, fikr yuritmoq degan ma’noda har ikkala zamonda qoʻllana oladi.
🔸I am thinking of your suggestion but I can’t make up my mind. (…oʻylayapman)
🔸I think about the future a lot. (…oʻylayman)
▪️to see fe'li koʻrmoq ma’nosida hozirgi zamonda faqat oddiy zamonda qoʻllaniladi.
🔸Do you see that man over there? (Anavi yerdagi odamni koʻryapsanmi?)
🔸I see that girl every morning. (…har kun koʻraman)
▪️to see- uchrashmoq, koʻrishmoq degan ma’noda hozirgi davomiy zamonda, kelajakdagi rejalar uchun qoʻllaniladi.
🔸I am seeing the manager tomorrow. (Men ertaga menejer bilan uchrashyapman.)
💡Yuqoridagi izohlarni cheksiz davom ettirish mumkin, lekin yaxshi lug’at yordamida fe’llarning qaysi ma’noda ishlatilishini, holat yoki harakat fe’li ekanligini bilib olish mumkin. 🔆Masalan, 'to weigh fe'li tosh bosmoq, vaznga ega boʻlmoq degan ma’noda holat, oʻlchamoq, taroziga tortmoq degan ma’nolarda harakatni bildiradi.
▪️to be-boʻlmoq fe’li holat fe’li boʻlganligi tufayli faqat oddiy zamonlarda qoʻllanishini bilamiz.
🔸Peter is very helpful. He always helps his mother to do the housework. (doimo shunday yordam berishga tayyor…)
💡'to be' fe’li ba’zibir sifatlar bilan (generous, helpful, selfish, kind…) qoʻllanganda shaxsning oʻzini boshqacha tutayotganligni koʻrsatish uchun hozirgi davomiy zamon (Present Continuous Tense) da qoʻllaniladi.
🔸Sam is being very helpful today. He has done all the housework alone! (Sem bugun juda yordam beryapti. U bir o’zi barcha uy ishlarini bajarib tashladi.)
📖 Dars #10 Ingliz tilida fe'l shakllari
▪️Keyingi mavzularga oʻtishdan oldin ingliz tilidagi asosiy fe’l shakllarini koʻrib chiqish lozim, chunki keyingi mavzularda fe'lning turli shakllari qo'llaniladi. Grammatik qoidalarda fe’lning ❗️4 ta shakli qoʻllaniladi.
1️. Fe'lning noaniq shakli (Infinitive) fe’lning asosiy shakli boʻlib, zamonni va shaxsni koʻrsatmaydi, ya'ni hech qanday o'zgarish yoki qo'shimcha bo'lmaydi.
🔸to play, to eat, to go, to think, to work
2️. Past simple (verb II) fe’l shakli faqat oʻtgan zamonda qoʻllaniladi.
🔸played, ate, went, thought, worked
3️. Past participle (verb III) - fe’lning oʻtgan zamon sifatdosh shakli hisoblanadi va qoʻllanadigan zamonlar va vaziyatlar juda koʻp.
🔸played, eaten, gone, thought, worked
4️. Present participle - fe’lining hozirgi zamon sifatdosh shakli hisoblanadi va davomiy zamonlarda qoʻllaniladi.
🔸playing, eating, going, thinking, working
💡Endi ingliz tilida eng muhim qoidalardan biri - fe'llarning to'g'ri (Regular) yoki noto'g'ri (Irregular) fe'llarga bo'linishini ko'rib chiqamiz.
▪️Umumiy qoidaga koʻra, toʻg’ri fe’llar zamonlarda shu zamonga xos boʻlgan qoʻshimchalarni oladi, ya'ni❗️ ularga qo'shimcha qo'shilishning bitta to'g'ri shakli bor. Masalan, oʻtgan (Past Simple) va hozirgi tugallangan zamonlarda (Present Perfect Simple) toʻg’ri fe’llarga “–ed” qoʻshimchasi qoʻshiladi. (worked, played, washed, wanted, dusted)
▪️Notoʻg’ri fellar esa qaysi zamonda qoʻllanishiga qarab shakli oʻzgarib turadigan fe’llardir. Bu fe’llarning qanday qo'shimcha yoki shakl olishining ❗️yagona qoidasi yoʻq. Ularni faqatgina yodlash yoʻli🤪 bilan oʻzlashtirish mumkin. (drive - drove - driven, eat - ate - eaten, do - did - done)
Kanalimizni kuzatib boring, yaqin kunlarda ingliz tilida eng mashhur noto'g'ri fe'llarning ro'yxatini 📜sizga yetkazamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |