Navoiy: Ne vajdin fuqaro ajib bir majlis qurmish?
Ushbu anjumanning boisi nedur?
1- o‘quvchi: Sizdek dono ruhin shod etmak har on,
Bukun yurtda har bir o‘zbek navoiyxon.
Navoiy:
Nahotki shul damgacha xotirim yod eturlar?
2- o‘quvchi: Navoiy nazmi, bo‘lmish, xalqning dilbandi,
Siz birla faxr etar, har bir o‘zbek farzandi.
Navoiy:
A’sholarimni hozir ham yod eturlarmi?
3- o‘quvchi: Qur’ondek tavof etsa, arzir sizning "Xamsa”ngiz
«Chor devon» kirmagan uy yo‘q, bobojonim bilsangiz!
Navoiy:
Bugun sizga havas bilan boqib yiroqdan,
Farhodlarim, Bahromlarim ko'rarman bot-bot.
Men istagan va izlagan zamonlar kelmish,
Sizga bo'lsin bu hur zamon mangu, umrbod.
Asli qalbning qaynog'idir ilm va urfon,
Ko'rdim bu kun fanlar siri qalbingizda jo.
Bilim bilan ravshan eting hayotingizni,
Kamolingiz tilab ko'kda aylayin duo.
6. 10 “G” - sinf o‘quvchilari:
Do'stlaringiz bilan baham: |