Asqad Muxtor (1920–1997)
Asqad Muxtor — XX asr o‘zbek-turk dunyosini butun fojialari-la, butun parvozlari-la mujassam qilgan buyuk adibdir. Bu asr ne ekanini, uni idrok etmak ne qadarligini biz — ertaga ko‘miladiganlar bilmaymiz, Yaratganning o‘zi biladi…
XX asr… Taqriban, chamalab, xomcho‘t qilib ko‘raylik-chi: Askad Muxtorning yigirma jildlik asarlari ko‘z o‘ngimizda yorqin namoyon bo‘ladi. Millatimizning bu muhtasham merosini yana millatga bir butun holda yetkazmak uchun bukungi adabiyot sardorlari masuldirlar.
Asqad Muxtor ijodiyoti ko‘zgusida avliyo Zardo‘shtiy, Konfutsiy, Dao, Muhammad alayhissalom, Iso alayhissalom, Bahovuddin Naqshband ta’limotlarining badiiy savlati yuz ko‘rsatadi. Bu in’ikos u yoki bu darajada bo‘lishidan qat’i nazar, Inson va insoniylik, Inson baxti uchun kurash g‘oyasi bilan sug‘orilgandir. Biz o‘zimizning mayda, ikir-chikir tirikchilik girdobimizga qorishtirib fikr qilmaylik. Chunki bu girdob yuz yillar iztirob chekib tergan ma’naviy marjonlarimizni yutib yuborishga ham qodir…
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor “Opa-singillar”, “Tugʻilish”, “Davr mening taqdirimda”, “Chinor” romanlari, bir qator qissa, hikoya va dramalari, kuzatuvlarga asoslangan falsafiy lirikasi, jahon adabiyoti namunalaridan badiiy yuksak tarjimalari bilan XX asr oʻzbek adabiyotiga katta hissa qoʻshgan soʻz sanʼatkoridir.
Atoqli shoir, nosir va dramaturg, tarjimon Asqad Muxtor 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida temir yoʻl ishchisi oilasida tugʻildi. Oʻn bir yoshida otasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalandi. Maktabni tugatgach, Oʻrta Osiyo Davlat universitetida tahsil oldi. Soʻng Andijon pedagogika institutida oʻzbek adabiyoti kafedrasining mudiri boʻlib xizmat qildi.
Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi shaxsiy hayotida hamda ijodiy faoliyatida yangi sahifa ochdi. U respublikamiz markaziy gazeta-jurnallari tahririyatlarida boʻlim mudiri, masʼul kotib, “Sharq yulduzi” jurnalida (1960–1965) bosh muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1957) singari masʼul lavozimlarda faoliyat yuritdi. “Guliston” jurnali hamda “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida bosh muharrirlik qildi.
Asqad Muxtor “Tilak”, “Tong edi”, “Totli damlar” singari ilk sheʼrlarida (1935–1938) sheʼriyatning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oldidagi burchini aniklab olishga intiladi. U sheʼriyatga “qalbga qanot”, “dardga davo” beruvchi deb qaraydi.
Shoir Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan “Gʻalaba ishonchi”, “Jangchining bayram kechasi”, “Tugʻishganlar qaytdi”, “Sogʻinish”, singari qator sheʼriy asarlarini yaratib, xalqni fashist bosqinchilariga qarshi kurashga undadi. Tinchlik yillarida yurtimiz tabiiy boyliklarini, xalq hayotidagi oʻzgarishlarni tasvirlovchi “Poʻlat quyuvchi” (1947), “Hamshaharlarim” (1949), “Rahmat, mehribonim” (1954), “Chin yurakdan” (1956) sheʼriy kitoblarini yozdi.
Yozuvchining “Daryolar tutashgan joyda” (1950), “Qoraqalpoq qissasi” (1958), “Buxoroning jin koʻchalari” kabi qissalarida, “Opa-singillar” (1955), “Tugʻilish” (1963), “Davr mening taqdirimda” (1964), “Chinor” (1973) “Amu” kabi romanlarida zamonamizning muhim muammolari oʻz ifodasini topgan. “Chin yurakdan” (1956) sheʼriy kitobi, “Hayotga chaqiriq” (1956), “Dunyo bolalari” (1962) hikoyalar toʻplami oʻzbek bolalar adabiyoti xazinasini boyitdi. Asqad Muxtorning “Mardlik choʻqqisi” (1948), “Yaxshilikka yaxshilik” (1949), “Samandar” kabi pyesalari tomoshabinlar va oʻquvchilar qalbidan chuqur joy oldi.
Sofokl, A. Pushkin, M. Lermontov, R. Tagor, M. Gorkiy, T. Shevchenko, A. Blok, V. Mayakovskiy, A. Korneychuk asarlari Asqad Muxtor tarjimasida oʻzbek kitobxonlarining maʼnaviy mulkiga aylangan.
Asqad Muxtor lirik shoir, taniqli adib, mohir tarjimon sifatida oʻzbek madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi. U “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” unvoni va Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.
Asqad Muxtor oxirgi paytda ko‘p bemor yotdi. Haqiqiy do‘stlaridan biri Vahob Ro‘zimatovning gapiga qaraganda, ancha qiynalgan. Ammo bekor yotmagan-da! «Uyqu qochganda» deb nomlangan xazina, haqiqiy xazina bitib ketgan. Uni «Tundaliklar» deb atagan. O‘sha xazinadan bir-ikki misol keltiray.
«Chinakam badiiy asar hamma vaqt javobsiz savoldir. Bordiyu adib unda biror muammo ko‘targan bo‘lsa ham, bu — amalda hal qilib bo‘lmaydigan muammodir. Agar muallif amalda hal qilinadigan vazifa qo‘ysa, bu, asosan, ocherk yoki maqola bo‘ladi. Yozuvchi esa tashviqotchi emas, shoir bo‘lishi kerak».
«Ichimda nola bor. Goho shu nolani eshitib, Maksim Gorkiyning gapi esimga tushadi. Undan «Ahvolingiz qalay?» deb so‘raganlarida «Maksimalno gorko!» deb javob bergan ekan».
«O‘zimizda bo‘lgan tuyg‘ularni yashirish qiyinmi yoki o‘zimizda bo‘lmagan tuyg‘ularni ifodalashmi? Shukur Burhon mening bu savolimga shunday deb javob bergan edi: «Ikkalasigayam artistizm kerak!»
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor “Opa-singillar”, “Tugʻilish”, “Davr mening taqdirimda”, “Chinor” romanlari, bir qator qissa, hikoya va dramalari, kuzatuvlarga asoslangan falsafiy lirikasi, jahon adabiyoti namunalaridan badiiy yuksak tarjimalari bilan XX asr oʻzbek adabiyotiga katta hissa qoʻshgan soʻz sanʼatkoridir.
Atoqli shoir, nosir va dramaturg, tarjimon Asqad Muxtor 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida temir yoʻl ishchisi oilasida tugʻildi. Oʻn bir yoshida otasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalandi. Maktabni tugatgach, Oʻrta Osiyo Davlat universitetida tahsil oldi. Soʻng Andijon pedagogika institutida oʻzbek adabiyoti kafedrasining mudiri boʻlib xizmat qildi.
Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi shaxsiy hayotida hamda ijodiy faoliyatida yangi sahifa ochdi. U respublikamiz markaziy gazeta-jurnallari tahririyatlarida boʻlim mudiri, masʼul kotib, “Sharq yulduzi” jurnalida (1960–1965) bosh muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1957) singari masʼul lavozimlarda faoliyat yuritdi. “Guliston” jurnali hamda “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida bosh muharrirlik qildi.
Asqad Muxtor “Tilak”, “Tong edi”, “Totli damlar” singari ilk sheʼrlarida (1935–1938) sheʼriyatning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oldidagi burchini aniklab olishga intiladi. U sheʼriyatga “qalbga qanot”, “dardga davo” beruvchi deb qaraydi. Shoir Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan “Gʻalaba ishonchi”, “Jangchining bayram kechasi”, “Tugʻishganlar qaytdi”, “Sogʻinish”, singari qator sheʼriy asarlarini yaratib, xalqni fashist bosqinchilariga qarshi kurashga undadi.
Tinchlik yillarida yurtimiz tabiiy boyliklarini, xalq hayotidagi oʻzgarishlarni tasvirlovchi “Poʻlat quyuvchi” (1947), “Hamshaharlarim” (1949), “Rahmat, mehribonim” (1954), “Chin yurakdan” (1956) sheʼriy kitoblarini yozdi. Yozuvchining “Daryolar tutashgan joyda” (1950), “Qoraqalpoq qissasi” (1958), “Buxoroning jin koʻchalari” kabi qissalarida, “Opa-singillar” (1955), “Tugʻilish” (1963), “Davr mening taqdirimda” (1964), “Chinor” (1973) “Amu” kabi romanlarida zamonamizning muhim muammolari oʻz ifodasini topgan. “Chin yurakdan” (1956) sheʼriy kitobi, “Hayotga chaqiriq” (1956), “Dunyo bolalari” (1962) hikoyalar toʻplami oʻzbek bolalar adabiyoti xazinasini boyitdi. Asqad Muxtorning “Mardlik choʻqqisi” (1948), “Yaxshilikka yaxshilik” (1949), “Samandar” kabi pyesalari tomoshabinlar va oʻquvchilar qalbidan chuqur joy oldi. Sofokl, A. Pushkin, M. Lermontov, R. Tagor, M. Gorkiy, T. Shevchenko, A. Blok, V. Mayakovskiy, A. Korneychuk asarlari Asqad Muxtor tarjimasida oʻzbek kitobxonlarining maʼnaviy mulkiga aylangan.
Asqad Muxtor lirik shoir, taniqli adib, mohir tarjimon sifatida oʻzbek madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi. U “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” unvoni va Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.
Dastlabki dostoni – „Bizning avlodlar“ (1939) Buxoro mehnatkashlarining oʻtmish hayoti haqida. Adib ijodida oʻzbek xalqining maʼnaviy kamolotini koʻrsatish masalasi muhim oʻrin egallagan. Bu niyatini u oʻzbek ishchi sinfi hayotini tasvirlash orqali amalga oshirishga intiladi.
„Poʻlat quyuvchi“ (1947) poemasi bilan „Daryolar tutashgan joyda“ (1950), „Opa-singillar“ (1954), „Tugʻilish“ (1961) asarlari oʻrtasida mushtaraklik bor. „Davr mening taqdirimda“ (1964).
„Chinor“ (1969) romanlarida mehnat kishisining yuksak insoniy fazilatlari tasvirlangan. „Chinor“ romani mazmun va shakliga koʻra oʻziga xos asar boʻlib, unda oʻzbek xalqi bosib oʻtgan tarixiy yoʻl, kishilar ruhiyati ifoda etiladi.
Mehnat kishisi obrazi, uning yaratuvchilik faoliyati „Boʻronlarda bordek halovat“ (1976) qissasida yangi qirralari bilan aks etdi. „Amudaryo“ (1986) romani Afgʻonistondagi voqealar haqida hikoya qiladi. Adib qahramonlari fikrlovchi, mushohada yurituvchi, bahslashuvchi kishilardir. Bu hol uning lirikasi uchun ham xosdir.
„99 miniatyura“ (1962), „Sheʼrlar“ (1966), „Sirli nido“ (1984) va boshqa kitoblariga kirgan nazmlari bilan oʻzbek poeziyasining boy imkoniyatlarini namoyish qildi. Uning poetik ijodi hayotiy mazmunga toʻla, koʻproq voqeaband, hajviyotga moyil. Ularda inson hayotining oʻtkinchiligi va haqiqati haqidagi oʻylar, inson va tabiat munosabatlariga oid murakkab savdolar aks etgan.
Soʻngra u „Yosh leninchi“, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetalari, „Sharq yulduzi“, „Guliston“ jurnallarida ishladi. Oʻzbekistondagi birinchi haftalik gazeta – „Oʻzbekiston adabiyoti va san'ati“ning tashkilotchilaridan biri. Yozuvchilar uyushmasida kotiblik qildi.
„Poʻlat quyuvchi“ (1947), „Hamshaharlarim“ (1949), „Rahmat, mehribonlarim“ (1954), „Chin yurakdan“ (1956), „99 miniatyura“ (1962), „Karvon qoʻngʻirogʻi“ (1964), „Sheʼrlar“ (1966), „Quyosh belanchagi“ (1971), „Sizga aytar soʻzim“ (1978) singari sheʼriy kitoblar yozdi. Oʻzbek sheʼriyatiga chuqur tafakkur va murakkab tuygʻular tasvirini olib kirdi.
Prozaik sifatida „Daryolar tutashgan joyda“ (1950), „Qoraqalpoq qissasi“ (1958), „Buxoroning jin koʻchalari“ (1980), „Jar yoqasidagi chaqmoq“ (1982), „Kumush tola“ (1987) qissalari, „Opa-singillar“ (1955), „Tugʻilish“ (1960), „Davr mening taqdirimda“ (1964), „Chinor“ (1969), „Amu“ (1984) romanlarini yozdi. Bu asarlarida inson maʼnaviyatining qadri, odamning bosh fazilati har qanday holatda ham insoniylik ekanligini samimiy tasvirladi.
Sofokl, Tagor, Pushkin, Lermontov, Blok, Mayakovskiy singari adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
O‘rta Osiyo universitetining filol. fakultetini tugat-gan (1942). Andijon pedagogika institutida kafedra mudiri (1942— 45). "Yosh leninchi", "Qizil O‘zbekiston" gaz.larida mas’ul kotib, bo‘lim mudi-ri (1945—48). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi (1957-69, 1985-88), uyushma boshqaruvi raisining o‘rinbosari (1965), "Sharq yulduzi" (1960—65), "Guliston" (1969—80) jur.lari, "O‘zbekiston adabiyoti va san’ati" gaz.si bosh muharriri (1981-82).Dastlabki dostoni — "Bizning avlod-lar" (1939) Buxoro mehnatkashlarining o‘tmish hayoti haqida. Adib ijodida o‘zbek xalqining ma’naviy kamolotini ko‘rsatish masalasi muhim o‘rin egal-lagan. Bu niyatini u o‘zbek ishchi sinfi hayotini tasvirlash orqali amalga oshi-rishga intiladi. Shu jihatdan "Po‘lat quyuvchi" (1947) poemasi bilan "Daryolar tutashgan joyda" (1950), "Opa-singil-lar" (1954), "Tug‘ilish" (1961) asarla-ri o‘rtasida mushtaraklik bor. "Davr mening taqdirimda" (1964), "Chinor" (1969) romanlarida mehnat kishisining yuksak insoniy fazilatlari tasvir-langan. "Chinor" romani mazmun va sha-kliga ko‘ra o‘ziga xos asar bo‘lib, unda o‘zbek xalqi bosib o‘tgan tarixiy yo‘l, kishilar ruhiyati ifoda etiladi. Mehnat kishisi obrazi, uning yaratuvchilik fa-oliyati "Bo‘ronlarda bordek halovat" (1976) qissasida yangi qirralari bilan aks etdi. "Amudaryo" (1986) romani Afg‘onistondagi voqealar haqida hikoya qiladi. Adib qahramonlari fikrlovchi, mushohada yurituvchi, bahslashuvchi ki-shilardir. Bu hol uning lirikasi uchun ham xosdir. "99 miniatyura" (1962), "She’rlar" (1966), "Sirli nido" (1984) va boshqa kitoblariga kirgan nazmlari bilan o‘zbek poeziyasining boy imkoniyatla-rini namoyish qildi. Uning poetik ijodi hayotiy mazmunga to‘la, ko‘proq voqeaband, hajviyotga moyil. Ularda in-son hayotining o‘tkinchiligi va haqiqati haqidagi o‘ylar, inson va tabiat muno-sabatlariga oid mu-rakkab savdolar aks etgan. "Mardlik cho‘qqisi" (1948), "Yax-shilikka-yaxshilik" (1949), "Chin yurak-dan" (1956), "Dunyo bolalari" (1962), "Ildizlar", "Jar yoqasidagi chaqmoq" (1984), "Kumush tola" (1988) va boshqa asar-lari bolalarga bag‘ishlangan. "Tong bilan uchrashuv" (1987) pesalar to‘plami nashr etilgan. "Uyqu qochganda" (1997) kitobi hozirgi hayot, ma’naviyat, madaniyat va ijod masalalariga bag‘ishlangan.Sofokl, Shekspir, shuningdek jahon adabiyoti yirik namoyandalarining ay-rim asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Asarlari bir qancha xorijiy tillarda bosilgan. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1972). "Do‘stlik" ordeni bilan mukofot-langan (1995).
Asqad Muхtor o‘zbek bolalar adabiyoti tariхida ham o‘z o‘rn iga ega adib edi. «Chin yurakdan» nomli she’rlar to‘plami, «hay otga chaqiriq», «dunyo bolalari» hikoyalar to‘plamlari ellik yill ar avval nashr bo‘lganiga qaramay o‘sha vaqtda ham, hozirgi davr- da ham o‘z o‘quvchilariga ega kitoblardir. Shoir, yozuvchi, drama turg, tarjimon Asqad Muхtor 1974-yilda «Chinor» romani uchun davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Unga «o‘zbekiston хalq yozuvchisi» unvoni berilgan edi. o‘zbekistonning ana shunday atoqli va ardoqli vakili Asqad Muхtor 1997-yil 17-aprelda vafot etdi.
Yuqorida adibning siz bolalarga atab yozilgan she’riy va hikoyalar to‘plamlari nashr etilganini aytdik. bu asarlar turli mavzularga bag‘ishlangan, qiziq-qiziq voqealardan, ibratli hodisalardan iborat kichik-kichik asarlar to‘plamlaridir. keling, yaхshisi, Asq ad Muхtorning aynan sizlarning yoshingizga mos ma’rifiy she’rlaridan ayrimlarini mutolaa qilaylik.
Hafta
«Haft» degani – yettidir,
Oilada – yettimiz.
Oyga, yilga nisbatan
Biz, albatta, mittimiz.
Ammo-lekin biz bo‘lmasak,
Na oy bor-u, na yil bor.
Bizdagi mazmun bilan
Odamning umri dilbar.
Yettovlonmiz, yetti o‘g‘lon,
Yetti og‘ayni botir.
Ana, birinchi bo‘lib
Yakshanba kelayotir.
Do'stlaringiz bilan baham: |