144
XI bob. CHANGSIZLANTIRISH JARAYONI
11.1. Changsizlantirish jarayonining nazariy asoslari
Changsizlantirish – qattiq zarrachali changlarni
ventilyator yordamida
surib ushlash jarayoniga aytiladi. Chang deb o‘z tarkibida qattiq moddaning mayda
zarrachalarini tutgan gaz sistemalariga aytiladi, chang odatda qattiq moddalarni
mexanik
usullar bilan maydalash, yanchish va bir joydan ikkinchi joyga uzatish
vaqtida hosil bo‘ladi. Sanoat changlarining o‘lchami 0,001 dan 0,1 gacha bo‘ladi.
Tutunlar tarkibida o‘lchami 0,3 - 5mkm ga teng bo‘lgan qattiq modda
zarrachalari bo‘ladi. Tutunlar bug‘ yoki gazlarning
suyuq yoki qattiq xolatiga,
kondensatsiyalanish jarayoni orqali o‘tishdan hosil bo‘ladi. Bundan tashqari
tutunlar qattiq yoqilg‘ilarning yonishi paytida hosil bo‘ladi. Chang tutun, tumanlar,
aerodispers sistemalar yoki aerozollar deb yuritiladi.
Boyitish fabrikalari bo‘limlarida asosan tayyorlash jarayonida texnologik
changlar paydo bo‘ladi, ular asosan shu qazilma boyliklarining juda kichik
zarrachalari hisoblanib, havoda muallaq xarakatlanadi.
Changlar birlamchi va ikkilamchi changlarga bo‘linadi.
Birlamchi chang
bu texnologik va transport dastgohlarida ish vaqtida ajraladigan chang bo‘lsa,
ikkilamchi changlar bo‘lsa dastgohlarda o‘tirib qolgan changlardir. Ko‘pchilik
fabrikalarda, ayniqsa quruq usulda boyitish fabrikalarida foydali qazilmalarni qayta
ishlashning xamma jarayonlari katta miqdorda chang ajralishi bilan olib boriladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida changlar asosan derazalarda, pollarda,
metall
konstruktsiyalarda va dastgohlarda o‘tirib qoladi, bu esa dastgohlarni xizmat
ko‘rsatish muddatini qisqarishiga hamda moylarning ko‘p miqdorda sarflanishiga
olib keladi, shuningdek derazaga o‘tirgan changlar ishchi o‘rinlarga
tushayotgan
yorug‘likni to‘sadi. Ba’zi mayda dispers zarrachalarda tashkil topgan changlarni
havo bilan aralashishi natijasida portlovchi aralashma hosil bo‘lishi mumkin.
Uning hosil bo‘lishi shu aralashmadagi changlarni kontsentratsiyasiga, chang
zarrachalarining yirikligiga, havodagi kislorodning miqdoriga va boshqa omillarga
bog‘liq. Shuningdek yirikligi 0,07 – 0,1 mm changli havo portlashdan havli
hisoblanadi.
Masalan:
bunday
yiriklikdagi
toshko‘mirning
havo
bilan
aralashmasida changning mikdori 35 – 500 gr / m
3
bulganda portlashga moyilligi
yuqori bo‘ladi va harorati 700 – 750
0
S bo‘lganda
ham portlash hodisasi yuz
berishi mumkin.
Quyidagi jadvalda ayrim foydali qazilmalarni portlashdan xavfsiz bo‘lgan
kontsentratsiyasi miqdori keltirilgan.