Аsoslari Darslik



Download 28,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/110
Sana07.07.2022
Hajmi28,33 Mb.
#752321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
2 5422711955720765725

Konditsiyalar -
bu
 
kontsentrat sifatiga qo‘yiladigan talab (ularni berilgan 
foydali qazilmaning xususiyatlari va boyitish imkoniyatlarini hisobga olgan holda 
belgilanishidir).
Boyitish texnikasining zamonaviy xolatida erishish mumkin bo‘lmagan 
konditsiyalarni o‘rnatish mumkin emas. Qimmatbaho komponent miqdorining quyi 
chegarasiga, hamda zararli qo‘shimchalar miqdorining yuqori chegarasiga, 
shuningdek boyitmaning yirikligi va namligiga ham konditsiyalar belgilanadi.
 
 
 



1.2. Boyitish usullari, jarayonlari va operatsiyalari. 
 
Foydali qazilma turli minerallarning murakkab kompleksi hisoblanadi. 
Foydali qazilmada qimmatbaho komponent ko‘pincha tegishli mineralning 
tarkibida uchraydi. Masalan, mis misli rudalarda mis saqlaydigan minerallar: 
xalkopirit, bornit, kovellin va h.k. lar tarkibiga kiradi. Kamdan – kam hollarda 
qimmatbaho komponent toza (tug‘ma) holda uchraydi, masalan, nodir metallar
olmos, grafit va h.k. Qimmatbaho komponent saqlovchi minerallar 
foydali 
minerallar
deyiladi. Qimmatbaho komponent yoki foydali qo‘shimcha 
saqlamaydigan minerallar 
puch tog‘ jinslari
deyiladi.
Bu erda foydali mineral, zararli yoki foydali qo‘shimcha, puch tog‘ jinslari 
tushunchalarining 
nisbiyligini 
ta’kidlab 
o‘tish 
lozim. 
Mineralning 
bu 
tushunchalarning qaysi biriga mansubligi faqat foydali qazilmani berilgan 
turigagina boq’liq. Bitta mineralning o‘zi dastlabki mahsulotda foydali, boshqasida 
esa puch tog‘ jinsi bo‘lishi mumkin. Masalan, kvarts keramika sanoati uchun 
foydali mineral hisoblanadi, rangli va qora metal rudalarida esa puch tog‘ jinsi va 
xatto zararli qo‘shimcha hisoblanadi.
Boyitish texnikasi va texnologiyasining rivojlanishi, shuningdek xalq 
xo‘jaligining ma’lum hom-ashyoga bo‘lgan ehtiyoji ortib borishi bilan u yoki bu 
foydali qazilmada mavjud bo‘lgan minerallar puch tog‘ jinslari razryadidan foydali 
mineral razryadiga o‘tishi mumkin.
Foydali qazilmadan qimmatbaho mineralni ajratib olish uni tashkil qiluvchi 
mineralarning kimyoviy o‘zgartirishlarga uchratish natijasida sodir bo‘ladi: 
minerallardan metallar qo‘yiladi, apatit super-fosfatga aylanadi va h.k. Foydali 
qazilma va boyitish mahsulotlarining bunday qayta ishlanishi metallurgik, kimyo, 
keramika, shisha, tsement, lak – bo‘yoq va boshqa sanoat korxonalarida amalga 
oshiriladi.
Foydali qazilmalarni boyitish – minerallarning kimyoviy o‘zgarishlari bilan 
bog‘liq bo‘lmagan mexanik qayta ishlashdir. Minerallarning kimyoviy tarkibi 
boyitishgacha va boyitishdan keyin ham o‘zgarishsiz qoladi. Boyitishda foydali 
qazilma sifatining yaxshilanishi 
minerallarni ajratish
orqali amalga oshiriladi.
Boyitma 
deb ataluvchi mahsulotlarga foydali mineral va foydali 
qo‘shimchalarning asosiy qismi, 
chiqindi 
deb ataluvchi mahsulotlarga esa puch 
tog‘ jinslari va zararli qo‘shimchalarning katta qismi ajratiladi. Chiqindi boyitish 
jarayonidan chiqarib tashlanadi va chiqindilar maydonida yig‘iladi, boyitma esa 
keyingi qayta ishlash va ishlatishga jo‘natiladi.
Boyitishda foydali qazilma sifatining yaxshilanishiga puch tog‘ jinslarini 
ajratish va foydali minerallarni kamroq hajmga yig‘ish orqali erishiladi. Bunda 



qimmatbaxo komponentning miqdori ortadi, chunki uning deyarli barcha miqdori 
boyitmada jamlanadi.
Boyitishda ajratiluvchi minerallarning fizik va fizik-kimyoviy xossalaridagi 
farq ishlatiladi. 1- jadvalda minerallarning boyitishda ishlatiladigan xossalari va 
ularga muvofik boyitish usullari keltirilgan.

Download 28,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish