5
I BOB. ASOSIY TUSHUNCHALAR
1.1.
Foydali qazilmalarni boyitishning xalq
xo‘jaligidagi ahamiyati
Foydali qazilmalarni boyitish qattiq foydali qazilmalarni boyitma, ya’ni sifati
dastlabki ruda sifatidan yuqori, xalq xo‘jaligida keyingi ishlatish uchun
qo‘yiladigan talablarga javob beruvchi mahsulot olish maqsadida qayta ishlovchi
sanoat tarmogi hisoblanadi.
Foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining
sifati ulardagi qimmatbaho
(foydali)
komponent,
qo‘shimchalar,
yo‘ldosh
elementlarning
miqdori,
shuningdek, mahsulotning yirikligi va namligi bilan aniqlanadi.
Qimmatbaxo komponent
deb shu qimmatbaxo komponentni ajratib olish
uchun foydali qazilma qazib olinayotgan element yoki tabiiy birikmaga aytiladi.
Masalan, mis, qo‘rq’oshin, temir, asbest misli, q’o‘rq’oshinli, temirli va asbestli
rudalarda tegishli ravishda qimmatbaxo komponentlar hisoblanadi. Qo‘shimchalar
foydali va zararl bo‘lishi mumkin.
Foydali qo‘shimcha
deb foydali qazilmada uncha ko‘p bo‘lmagan
miqdorda
mavjud bo‘luvchi, qimmatbaho komponentga ilashib uning sifatini yaxshilovchi va
ajralishini osonlashtiruvchi element yoki tabiiy birikmalarga aytiladi.
Zararli qo‘shimchalar
deb foydali qazilmada uncha ko‘p bo‘lmagan
miqdorda mavjud bo‘luvchi, qimmatbaxo komponentga ilashib uning sifatiga
salbiy ta’sir etuvchi va ajralishini qiyinlashtiruvchi elementlar yoki tabiiy
birikmalarga aytiladi.
Yo‘ldosh elementlar
deb foydali qazilma tarkibida uncha katta bo‘lmagan
miqdorda uchraydigan, foydali qazilma tarkibidan ajratish uni er qa’ridan
asosiy
qimmatbaxo komponent bilan birga qazib olinayotganligi uchungina iqtisodiy
jixatdan maqsadga muvofik bo‘lgan qimmatbaxo komponentlarga aytiladi.
Masalan, polimetal rudalardagi nodir metallar, temirli rudalardagi boshqa rangli
metallar, misli rudalardagi molibden va h.k. lar yo‘ldosh elementlarga kiradi.
Boyitishda yo‘ldosh elementlar yo alohida mahsulotlarga, yoki asosiy qimmatbaho
komponent bilan birga ajratilishi mumkin.
Foydali qazilmaning va boyitish mahsulotlarining sifati ularda qimmatbaho
komponentning miqdori qancha ko‘p va zararli qo‘shimchalarning miqdori qancha
kam bo‘lsa shuncha yuqori bo‘ladi. Mahsulotning sifati qancha yaxshi bo‘lsa, u
shuncha boy bo‘ladi, chunki ko‘p miqdorda qimmatbaxo komponent saqlaydi.
Shuning uchun dastlabki rudaga nisbatan boyroq mahsulot –
boyitma olish
6
maqsadida foydali qazilmani qayta ishlash jarayonlari foydali qazilmalarni boyitish
deyiladi.
Ba’zan, mahsulotda foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati
bo‘laklarning yirikligiga boq’liq.
Foydali qazilma tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning miqdori ularga
qo‘yiladigan talablardagidan past bo‘lmagan hollardagina ular to‘q’ridan-to‘q’ri
metallurgik yoki kimyoviy qayta ishlashga tushadi. Foydali qazilmalarning
ko‘pchiligi tabiiy holda bu shartlarga javob bermaydi. Foydali qazilmalarni qayta
ishlash tsikliga boyitish operatsiyalarining kiritish
qazib olinayotgan foydali
qazilma tarkibidan boy mahsulot – boyitmani ajratishga va xom - ashyoni yuqori
iqtisodiy samara bilan ishlatishga imkon beradi. Bu holda quyidagi afzalliklarga
erishish mumkin:
• foydali qazilmalarning sanoat zaxiralari ortadi, chunki kambaq’al rudalarni xam
qazib olish imkoniyati tuq’iladi; ishlab chiqarish unumdorligi ortadi va qazib olish
sistemasi
soddalashadi, ya’ni foydali qazilmani qazib olish ishlari arzonlashadi,
chunki rudani tanlab emas yaxlit holda qazib olish, kon ishlari to‘liqroq
mexanizatsiyalashga erishish mumkin bo‘ladi;
• foydali qazilmani metallurgik va kimyoviy qayta ishlash arzonlashadi, ishlab
chiqarish
unumdorligi ortadi, chunki bu korxonalarga tushayotgan mahsulot
tarkibidagi qimmatbaxo komponentning miqdori ortishi bilan yonilq’i, flyuslar,
koks, elektrenergiya, kimyoviy reaktivlar va h.k. lar sarfi kamayadi,
metallurgik
pechlar va kimyoviy apparatlarning ishlab chiqarish unumdorligi ortadi, oxirgi
mahsulotning sifati yaxshilanadi, qimmatbaxo komponentning chiqindi tarkibida
yo‘qolishi kamayadi;
• foydali qazilma
kompleks ravishda ishlatiladi, chunki boyitish ulardagi barcha
qimmatbaxo komponentlarni ham ajratishga imkon beradi;
• transport xarajatlari kamayadi, chunki ko‘pchilik boyitish fabrikalari konga yaqin
joyga quriladi va uzoq masofalarga qazib olingan rudaning butun xajmi emas,
balki faqat boyitma tashiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: