Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobini tashkil etish, uning maqsadi va vazifalari.
Asosiy vositalarni balansga qabul qilinishi, eskirish hisoblash va balansdan chiqarish hisobi.
Nomoddiy aktivlar kirimini hisobga olish, ularni baholash hamda balansdan chiqarilishi hisobi.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish. Kursishimavzusining dolzarbligi. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar va nommodiy aktivlar hisobini to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish maqsadida,O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini oshirish, budjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Moliya vazirligi, Hisob palatasi hamda Bosh prokuraturaning Moliya vazirligi tarkibidagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari negizida Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi1 qaror ishlab chiqildi.
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi bo‘yicha quyidagilari asosiylardir2:
nomoddiy aktivlarga qaysi buxgalteriya ob’ektlari kirishi;
nomoddiy aktivlarni balansga kirim va chiqim qilish tartibi;
nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish tartibini;
Respublika byudjetidan moliyalashtirilgan byudjet tashkilotlaridagi asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobini to‘g‘ri olib borish maqsadida ichki audit tizimini joriy qilingan.
Ma’lumki nomoddiy aktivlar moddiy ashyoviy ko‘rinishga ega bo‘lmagan mablag‘larning bir turi bo‘lib byudjet tashkilotlari faoliyatida asosiy vazifalarni bajaradi. Shuning uchun budjet tashkilotlarida ham nomoddiy aktivlar hisobi alohida yuritiladi va ular bo‘yicha tegishli buxgalteriya axborotlari shakllantiriladi.
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi ob’ektlari hisobini yuritishning uslubiy asoslari shu jumladan nomoddiy aktivlar hisobi buxgalteriya hisobi xalqaro standartlar talablari asosida takomillashtirilmoqda.