Asosiy vazifalari



Download 5,72 Mb.
bet143/146
Sana11.01.2022
Hajmi5,72 Mb.
#343602
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146
Bog'liq
KASBIY tarqatma

Assimilyasiya – tashqi muhitning o‘zgarishi hisobiga shaxsning bu muhit talablariga moslashuvi hisoblanadi.

Akkamodatsiya – shaxsning o‘zidagi o‘zgarishlar hisobiga muhitga moslashuvdir.

To‘laqonli adaptatsiya shu ikki jarayonning mutanosibligidan kelib chiqadi. Agar ijtimoiy adaptatsiyada akkomadatsiya ustun kelsa, u xolda bu shaxsning konformliligini belgilaydi, tashqi muhitning assimilyasiyasi esa shaxsning agressivligi va negativizm xolatlarini keltirib chiqaradi. SHaxs xususiyatlari nuqtai nazaridan tahlil qilirganda, akkomodatsiyaning ustivorligi shaxs o‘zini o‘zi baholashining pastligi, undagi xavotirlikning yuqoriligi, o‘zini o‘zi qabul qilmaslik, yoqtirmaslikni keltirib chiqarsa, assimilyasion jarayonlarning qaytarilaverishi o‘ziga nisbatan bahoni yuqoriligini ta’minlab, o‘ziga nisbatan tanqidning pastlab borishi bilan tavsiflanadi.



    1. rasm


Interaksionistik yo‘nalish ushbu masalaga shaxsning tashqi ijtimoiy muhit bilan bevosita aloqasi, hamkorligi tarzida yondashadi. Ushbu yo‘nalish vakillari shaxs adaptiv xulqining ikki ko‘rinishi va ularga mos ravishda adaptivlik – noadaptivlikning namoyon bo‘lish jabhalarini ajratadi.

Masalan, T. SHibutani64 ijtimoiy adaptatsiyani shaxsning etukligi masalasi bilan bog‘lab, adaptiv xulqning dastlabki ko‘rinishi sifatida shaxs tomonidan jamiyat normalari hamda qadriyatlarini konform tarzda qabul qilinishini e’tirof etadi. Uning yozishicha, “SHaxs konvensial normalar asosida uyg‘unlashgan xulq normalarini qabul qilgan taqdirdagina ijtimoiylashgan bo‘ladi”.

Boshqa psixolog-olimlar O.I.Zotova va I.K.Kryajevalar ishlarida esa “ijtimoiy psixologik adaptatsiya jarayonlarini shaxsning shakllanishi hamda taraqqiyotidan ajratib tasavvur qilib bo‘lmaydi. Aksincha, ushbu jarayon shaxsning garmonik rivojlanishining ajralmas bo‘lagidir”65, deb ta’kidlanadi. I.K.Kryajevaning66 fikricha, ijtimoiy adaptatsiya shaxsning faol hayotiy pozitsiyasini, real hayotiy vaziyatlardagi


64 Шибутани Т. Социальная психология. - Ростов-на Дону, 1998. 397-б.

65 Зотова О.И., Кряжева И.К. Некоторые аспекты социально-психологической адаптации личности \\ Психологичекские механизмы регуляции социального поведения.- М., 1979.- С. 219-233.

66 Кряжева И.К. Социально-психологические факторы адаптированности личности: автореф.канд.дисс. – М., 1980.C.99.

tashqi muhit bilan biror narsaga qodir inson sifatida amalga oshiradigan o‘zaro hamkorligini bildiradi.

Shunday qilib, ijtimoiy adaptatsiya – insonning uni o‘rab turgan ijtimoiy muhit bilan amalga oshiradigan murakkab o‘zaro munosabatlarini bildiradi va uning ko‘rinishlari turfa xil bo‘lishi mumkin:


  • odamning hayot faoliyati o‘tadigan ijtimoiy muhitga ongli moslashuvi sifatida uning shu muhitda muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritishi va turli ijtimoiy vaziyatlarga moslashuvini ta’minlovchi jarayon tarzida;

  • ijtimoiy muhitda odamning o‘zini faol ko‘rsatishi, o‘zaro muloqat va faoliyatda muvaffaqiyat qozonishining omili sifatida;

  • turli tanglik holatlarda uning tashqi olam bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nizolari va dezaptatsiyaning oqibati sifatida.

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, ta’kidlash mumkinki, ijtimoiy adaptatsiya aslida o‘z mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra ijtimoiylashuv jarayonlaridan ham kengroq, chunki adaptatsiya faqat shaxsning ijtimoiy muhit normlariga moslashuvinigina kafolatlab qolmay, balki uning taraqqiyotini ham belgilovchi muhim psixologik jarayondir.

    1. rasm


Ijtimoiy psixologik adaptatsiyaning muhim ko‘rinishidan biri uning shaxsdagi kasbga oid sifatlarini to‘la namoyon etishiga imkoniyat ekanligidir. SHu ma’noda shaxs yo‘nalishlari va shaxs orientatsiyasi, shaxsiy adaptatsiya va kasbiy adaptatsion sifatlar bir-biri bilan bog‘liqdir.

Chunki kasbiy adaptatsiya shaxsning ijtimoiy muhitga adaptatsiyasining uzviy qismi, bo‘lagidir. Ayniqsa, hozirgi ochiq informatsion oqim, global o‘zgarishlar sharoitida shaxsning ongiga etib kelayotgan ma’lumotlar orasida u yoki bu kasb to‘g‘risidagi, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini idrok etgan insonda muayyan munosabatlar tizimi shakllanadi. Shaxs ular orasidan mehnat bozorida dolzarb bo‘lgan kasbni inobatga oladimi yoki o‘ziga yoqqan kasbni tanlaydimi, bu uning individaul psixologik xususiyatlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

Ta’lim muassasalarida olib boriladigan professional orientatsiya ishlarining ko‘lami va mazmuni qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, yoshlar o‘rtasida “ahamiyatli, salohiyatli kasb” tushunchasi borasida tub o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi aniq.

Masalan, ishlab chiqarishning turli tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan, ilgari anchagina ommalashib ketgan stanokchi, payvandlovchi, quruvchi, montajchi, slesar kabilar bora-bora o‘rnini boshqa zamonaviy kasblarga bo‘shatib bermoqda. Ishlab chiqarishning o‘zida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi, ilgari minglab odamlar bajaradigan ishlarni endilikda bir yoki bir nechta operatorlar bajarmoqda. Oxirgi holat ishlab chiqarish tizimida ishlaydigan, o‘zini u yoki bu sohada ko‘rsatish istagida bo‘lgan yoshlardan, ularning ustozlari va o‘qituvchilardan, birinchi navbatda kasb-hunar kollejlaridagi o‘qituvchilar oldiga talay talablarni qo‘ymoqda.

Psixologik kuzatishlardan hamda olib borilgan tadqiqotlardan shu narsa ma’lumki, shaxsning o‘z iqtidori hamda imkoniyatlarida mos keladigan kasbni tanlashida yoshlar orasida olib boriladigan psixologik professional tushuntirishlar va targ‘ibotning roli kattadir. Chunki unga alternativ hisoblangan jarayon yoki ta’sir kuchi borki, bu hoziirgi zamondagi reklama mahsulotlaridir. Biz quyida shu masala bo’yicha psixolog olimlarning qarashlarini, o’tkazgan tadqiqotlarini tahlil qilamiz. Ko‘pgina reklama kompaniyalari zo‘r berib u yoki bu kasb turini bo‘rttirib targ‘ib etishi oqibatida bola ongida oilasi, yaqinlari ta’sirida shaklanib kelayotgan kasb to‘g‘risdagi tushunchalar birdan o‘zgarib ketishi mumkin. U reklamaning qurboni bo‘lib, aslida uning shaxsiy sifatlariga nomutanosib kasbga nisbatan ijobiy tasavvurga ega bo‘lib qolishi, amalda esa unga ichki ruhiy imkoniyati bo‘lmasligi mumkin.

Bu o‘rinda A.V.Batarshev professional maslahatlarning ya’ni,




Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish