Asosiy vazifalari



Download 5,72 Mb.
bet144/146
Sana11.01.2022
Hajmi5,72 Mb.
#343602
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146
Bog'liq
KASBIY tarqatma

profkonsultatsiya rolini alohida ta’kidlaydi.67

Chunki uning ta’kidlashicha, konsultatsiya yoki maslahat – tavsiyaviy xarakterga ega, ya’ni, shaxsga u yoki bu kasbni majburan egallashini talab etmaydi, balki uning afzalliklari, qiyinchiliklari va insondan talab qiladigan sifatlarini ochiq bildirib, tanlash tavsiya etiladi. Bunda shaxsning bu kasbga qanchalik ruhan tayyorligi, undagi mavjud sifatlar va kutishlar bilan kasb talab qiladigan professional sifatlarning qanchalik mos, mutanosibligi masalasi aniqlashtiriladi. Uning oqibati sifatida profesional tanlov ro‘y berishi mumkin.

Psixologiyada professional saralash tushunchasi mavjudki, uning ma’nosi – odamning u yoki bu kasb turiga yoki ish o‘rniga undagi insoniy sifatlarning yaroqligi darajasi, kasbga taalluqli professional normalarning egallashi mumkin bo‘lgan lavozimga to‘g‘ri kelishidir.

Bunday saralashning 4 hil jihati farqlanadi:



    • tibbiy;

    • fiziologik;

    • pedagogik;

    • psixologik.






67 Батаршев А.В. Психодиагностика в управлении: Практическое руководство: Учеб.- практич. пособие.-М.: Дело, 2005.- С.154-157.

Tibbiy professional saralash tibbiy asbob-uskunalar, tekshirish anjomlari yordamida odam organizmidagi ayrim alohida olingan funksional tizimlarining shakllanganligi, rivojlanganligi darajasini aniqlaydi.

Fiziologik saralash – insonning konkret fiziologik holatlarining ishga namoyon bo‘lishi darajalarini belgilaydi, masalan, charchoqlarga berilishi va ishga layoqati; stressogen omillarga qanchalik berilishi mumkinligi, og‘ir ish sharoitlari, kuchli tavakkal qilish sharoitiga chidamliligi, tunlari ishlaganda yoki favqulotda holatlarda ishlay olishi imkoniyatlarini inobatga oladi.

Pedagogik professional saralash shaxsdagi kasb bilan aloqador maxsus bilimlar ko‘lamini, ko‘nikma va professional malakalarning rivojlanganligini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

Nihoyat, eng muhimi – psixologik saralash – verbal testlar hamda so‘rovnomalar, proektiv metodikalar, maxsus apparatlar, so‘hbatlar vositasida amalga oshiriladi. Ular yordamida shaxsning layoqatlari va qobiliyati, qadriyatlari tizimi.

Profesional intilishlari, motivlari, qiziqish va intilishlari aniqlanadi.

Professional saralashning maqsadi va muddaosi professional tanlovdir.


    1. rasm


Amaliyotda professional saralashning natijasi sifatida amalga oshirilgan professional tanlov odamning individual psixologik xususiyatlari hamda shaxsiy fazilatlarining tanlagan yoki tavsiya etilayotgan kasbga nechoqlik mosligini bildiradiki, endi shular asosida shaxs o‘zining butun qobiyatinini amalda namoyon etishga hozir bo‘lishi lozim bo‘ladi.

Turli bosqichlardagi ta’lim massasalarida amalga oshirilgan professional saralash hamda tanlov o‘ziga hos mehnat ekspertizasi rolini o‘ynaydi. Ikkala shakldagi tadbirlarda namoyon bo‘ladigan mehnat eksperptizasi ishlab chiqarish amaliyotida quyidagilarning oldini olishga imkon beradi:



    • imkoniyati nuqtai nazaridan odamga mutloq to‘g‘ri kelmaydigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishiga chek qo‘yadi (masalan, u yoki bu mehnat turi bilan shug‘ullanishiga yoshi to‘g‘ri kelmaydi, salomatligi ko‘tarmaydi, ma’lumoti mos emas, psixofiziologik tomondan mos emas);

    • u yoki bu mutaxassislikka har tomonlama to‘g‘ri keladigan, yuklatilgan vazifalarni salomatligiga ziyon etkazmagan xolda maromida bajara oladigan insonlarni shu kasb uchun tanlash;

    • qaysi mehnat faoliyati turiga shu shaxsning qobiliyati ko‘proq mos ekanligini bilgan xolda unga tavsiyalar berish uchun.

Yuqoridagilarning dastlabki ikkitasi muvaffaqiyat bilan ado etilgan taqdirda uchinchisi o‘z o‘zidan yuqori saviyada bajariladi.

Psixologik nuqtai nazardan profesional tanlov amalga oshirilishi uchun quyidagi omillar va shartlar inobatga olinishi kerak:



  1. jadval


1

U yoki bu kasbga nisbatan ob’ektiv ijtimoiy – iqtisodiy zaruratning mavjudligi (masalan, professional vakansiyalar, ya’ni, bo‘sh ishchi o‘rinlari mavjud

Bo‘lgan sharoitda).



2

Mehnat samaradorligi yuqori bo‘lishi uchun kasbga layoqatlilikni aniqlashni Taqozo etuvchi kasblar doirasi mavjud bo‘lganda (masalan, turli stresslarga berilish xavfi bo‘lgan sharoitda maxsus psixologik tayyorgarlikni taqozo

etuvchi operator mehnatiga ehtiyojning borligi).



3

Ilgari tajribada sinab ko‘rilgan tanlovga mo‘ljallangan tanlov tizimining mavjudligi (validlilik, ishonchlilik, bir birini to‘ldirish va o‘rnini bosishga imkon beradigan diagnostik metodikalar batareyasining borligi).

4

SHunday tanlovlar tizimini tushunadigan, professional malaka va tajribaga bo‘lgan mutaxassislarning mavjudligi.

Yuqorida bayon etilgan tadbirlar, jumladan, professional yo‘nalganlikni aniqlashdan ko‘zlangan asosiy maqsad – kasbiy adaptatsiyani ta’minlash va shaxsning o‘zi faoliyat yuritayotgan sohadagi faoliyatining samaralorligiga erishishdir.



SHunday qilib, profesional hamda ijtimoiy adaptatsiya – bu shunday tadbirlar majmuasiki, u avvalo ishchi va xodimning professional jihatdan shakllanishi, kasbiga monand keladigan ishlab chiqarish va kasbiy sifatlar, ko‘nikmalar, ustanovkalar, ehtiyojlarning takomillashuvi orqali uning faol mehnat faoliyatiga kirishib ketishi va mehnatda yuqori ko‘rsatgichlarga ega bo‘lishini ta’minlaydi.

Necha asrlardan buyon psixologlar hamda pedagoglar intellegentlikni yaxdil bir qobiliyat yoki ko’p qirrali shaklga ega bir qobiliyat deb munozara yuritib kelishadi. Ko’plab mulojazaga boy izoxlar intellegentlikni umumiy qobiliyat – insonga turli xil topshiriqlarni bajarishda, yoki akademik vazifalarni (o’qish, yozish, so’z boyligini oshirish) ifodalashda ishlatiladi. (Garlick, 2002). Shu o’rinda ushbu umumiy qobiliyatning bir necha dalillarini ko’rishimiz mumkin hamda ular jamiyatning har kungi intellegentli qarashlari bilan ustma-ust tushadi. Bu kuzatishlarni yanada aniqroq tasvirlash maqsadida mini industriya markazlari intellegentlik, akademik qobiliyat va yutuqlar borasida testlar ishlab chiqdilar,

Intellegentlikni umumiy qobiliyat sifatida talqin etishda bir qancha muammolarga duch kelamiz. Muammolar ustida xulosa chiqarishning bir yo’li shuki, intellegentlikni o’qituvchilarga ta’sir o’tkazuvchi umumiy fikr nazarida ko’rish kerak. Agar uni yagona qobiliyat sifatida ko’radigan bo’lsak, o’quvchilarning intellect salohiyatini oshirish dolzarb muammoga aylanib qoladi,


Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish