Asosiy vazifalari



Download 5,72 Mb.
bet141/146
Sana11.01.2022
Hajmi5,72 Mb.
#343602
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146
Bog'liq
KASBIY tarqatma

«readaptatsiya» tushunchasidan ham foydalaniladi. Insonning turmush tarzi va faoliyati mazmuni shart-sharoitlarida tub o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi tufayli uning shaxsiyatida, xarakterologik xususiyatlarida qayta qurilishlar, yangilanishlar jarayonining kechishi readaptatsiya deb ataladi. Jumladan, tinchlik, osoyishtalik holatidan harbiy vaziyatga, o‘z vatanini tark etib, o‘zga yurtda qo‘nim topish, yakkay-u yolg‘iz turmush kechirish, oilaviy hayotiga ko‘nikish va hokazo. Odatda, adaptatsiya bilan readaptatsiya tushunchalari o‘zaro bir-biridan shaxs psixikasida qayta qurilishlar, yangilanishlar kechishining darajasi bilan farqlanadi. Adaptatsiya jarayoni psixokorreksiya, ruhiy qayta qurilishni tugallash, takroriy shakllanish, shaxs psixikasining ba’zi funksional sistemasini qisman qayta qurish bilan bevosita bogliq. Readaptatsiya qaerda shaxsning qadriyatlari, ma’noviy darajasi, maqsadi, xulq normalari, extiyojiy-motivatsion doirasi mazmunan, usluban qarama-qarshilikka duch kelsa, sodir bo‘ladiki, u holda muayyan darajada o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Mabodo readaptatsiya jarayoiida shaxsning hayoti va faoliyatida oldingi sharoitlarga o‘tish, qaytish ehtimoli yuzaga kelsa, u taqdirda sub’ekt o‘zida adaptatsiyaga nisbatan muhtojlikni his etishi mumkin. Masalan, odamning tinch-osoyishta, hotirjam fuqarolik hayoti va faoliyatidan harbiy sharoit, ekstremal vaziyatlarga o‘tishi odatiy adaptatsiyaning ro‘yobga chiqishidan tashqari, uning psixikasida qayta moslashuvning amalga oshishini taqozo etadi. Harbiy xizmatchilarning, turli qurolli tuzilmalarning askarlari iste’foga chiqib, o‘zaro tenglik asosida qurilgan fuqarolik hayotiga qaytishida ko‘pincha jiddiy psixologik asoratlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi readaptatsiya jarayoni kechadi. Psixologiya fanida etnomadaniy adaptatsiya termini ham mavjud bo‘lib, begona madaniyat, ma’naviyat, millatlararo munosabatlarga elatlar va etnoslarni moslashishining o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, mexanizmlari mohiyati to‘g‘risida bahs yuritadi. Etnomadaniy adaptatsiya – bu ijtimoiy-psixologik adaptatsiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, odamlarning yangi madaniyatga ijtimoiy-psixologik jihatdan odatlanishi, moslashishi va ko‘nikishni o‘zida mujassamlashtirishi, shuningdek, begona, notanish milliy an’analar, qadriyatlar, turmush tarzi, xulq-atvori etnoslararo ta’sir, ta’sir o‘tkazish qatnashchilarining kutilmasi, talablari va normalariga rioya qilishlikni muvofiqlashtirishdir. Odatda, inson uch bosqichni bosib o‘tgandan keyin etnomadaniy adaptatsiya jarayoniga kirib boradi, uning xulqi, qadriyati, ijtimoiy ko‘rsatmasi (attityud), psixikasi muayyan transformatsiyalar yordami bilan kuzatib boriladi. Birinchi bosqichda shaxsda ko‘tarinki kayfiyat va tashabbuskorlik emotsional-hissiy kechinmalar vujudga keladi. Ikkinchi bosqichda esa frustratsiya, depressiya, parokandalik hislari ishtirok etadi, uchinchisida bo‘lsa, o‘z kuch-quvvatiga ishonch, o‘zining kechinmalarini qondirish hissi ro‘yobga chiqadi.


Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish