Professiografiya deganda kasblar va ularning bir-biridan farqlanuvchi ixtisoslar tomonidan inson oldiga qo‘yiladigan talablarni bayon qilish majmuasi tushuniladi. Kasb-hunar oldiga qo‘yiladigan talablarni asoslash va ularni bayon qilish o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, u o‘zida umumiy hamda xususiy jabhalarni aks ettiradi. Bizning ta’rifimizcha, professiogramma - u yoki bu kasbga qo‘yiladigan
94 A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm. pp: 153-b.
95 Psixologiya. Uchebnik. / Pod. red. A.A. Krilov. – M.: “PROSPEKT”, 1998. C. 471.
talablardan kelib chiquvchi shaxsga xos bilim, malaka va ko‘nikmalarning uyg‘unlashgan yig‘indisidir. Boshqacha qilib aytganda, professiogramma - biror kasbning ijtimoiy-iqtisodiy, ishlab chiqarish va texnik, sanitariya-gigiena, psixologik va boshqa xususiyatlarini bayon etish usuli, kasbning turli ob’ektiv xarakteristikalari tasnifidir. Professiografiyada ma‘lum mehnat jarayonini tashkil etuvchi ob‘ektlar belgilari, mehnat sub‘ekti, mehnat predmeti vazifalari, vositalari va sharoitlari o‘rganiladi. Professiografiyaning asosiy tamoyillaridan biri - kasbiy faoliyatni o‘rganishda differensial yondashuv tamoyili hisoblanadi. Bu tamoyilning mohiyati professiografiyaning aniq amaliy masalalarini yechishga bo‘ysunishidir. Masalan, kasbiy konsultasiya va kasbiy tanlov uchun shunday kasbiy muhim belgilarni ajratish kerakki, ular sinovdagilarning kasbiy layoqatiga ko‘ra farqlanishi lozim. Malaka darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari, kasbiy bilim, malaka, ko‘nikma tavsifi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni o‘rganish uchun shunday belgilardan foydalanildiki, ular yordamida kasbiy toliqishning keltirib chiqaradigan omillarini aniqlaydi. Shunday qilib, profesiografiyaning differensial tamoyili kasbning o‘rganish usullarini uning tavsif, mazmuni, shuningdek, qo‘llanilish sohasi ya‘ni professiografiya o‘tkazish xususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi. Maqsadlari quyidagi faoliyat sohalari bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin:
51-rasm
Professiografiya natijalari professiogrammada aks etadi, u mehnat sharoitlari tasviri, ishchi huquq va majburiyatlari, muhim kasbiy sifatlari shuningdek, sog‘lig‘iga qarshi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.
Buyuk Britaniyada ilmiy izlanish bosqichida qilingan asosiy o‘zgarishlardan biri boshqaruv apparatining yangilanishidir. 1990-yillarning oxiriga qadar, bu bosqichdagi talabalar universitetda ishlashgan, Tekshiruv mussasalari tashqi muhitda faoliyat yuritilgan ularning asosan bilim olish malakasi universitet dasturi, urf-odatlari, qonun-qoidalari va mahalliy amaliyoti yordamida belgilangan. Ba’zi bir qo‘llab quvvatlash bo‘limlari(masalan PPARC{hozirgi Fan va Texnologiya ta’minoti Kengashi }ESRC rahbarlik amaliyoti haqida yo‘riqnomalar chop etdilar, boshqa bo‘limlar singari (masalan: Milliy Bakalavrlik Kengashi, Marhabo Ishonch) va yuqoridagilar rahbarlik qilish jarayonida ikkala tomon ham rahbar ham talaba
kutadigan asosiy natijalarni yoritib bergan,shunga qaramay, talabaning malaka sifati turlicha, har doim ham bir xil natijali bo‘lmagan.96
Do'stlaringiz bilan baham: |