Mustaqil yechish uchun masalalar
3.8. Chastotasi f=50 gs bo‘lgan o‘zgaruvchan tokning davri T va burchak chastotasi aniqlansin.
3.9. Ta’sir etuvchi qiymati 10 A bo’lgan sinusoidal tokning maksimal va o’rtacha qiymatini aniqlang.
3.10. Generator tomonidan hosil qilinayotgan EYUK maksimal qiymati 120 V. Faza bo’lsa oniy qiymatni aniqlang.
3.11. Kuchlanishi U=220 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga P=600 Vt bo‘lgan elektr isitkich ulangan. Elektr isitkich iste’mol qilayotgan tok, spiralning qarshiligi va t=3 soat ishlash mobaynida sarf qilgan energiya miqdori aniqlansin.
3.12. Kuchlanishi U=220V va chastotasi f=50gs bo‘lgan elektr tarmog‘iga ulangan elektromagnit chulg‘amidan I=1,5A tok o‘tkazilgandagi g‘altak induktivligi aniqlansin.
3.13. Zanjirdagi kuchlanish va tokning oniy qiymatlari ifodasi quyidagi kurinishda bo‘lsa
Yuklama xarakteri va uning parametrlari aniqlansin.
3.14. Chastotasi f=50 gs bo‘lgan o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga kondensator va reostat hamda o‘lchash asboblari ulangan (3.5-rasm).
Ampermetr, voltmetr va vattmetrlarning ko‘rsatishi quyidagilarga teng:
Tarmoqning aktiv qarshiligi r va sig‘imi C, reaktiv va to‘la quvvati, shuningdek, quvvat koeffisienti aniqlansin. Tok va kuchlanishning vektor diagrammasi qurilsin.
3.15. Zavod sexida P=12 kVt quvvat iste’mol qiladigan, quvvat koeffisienti cos=0,8 ga teng bo‘lgan bir fazali payvandlash apparati urnatilgan. Ta’minlovchi tarmoqning kuchlanishi U=380 V, chastotasi f=50 gs. Payvandlash apparati iste’mol qiladigan to‘la va reaktiv quvvat, shuningdek, uzatgich simlardagi tokning qiymati aniqlansin.
3.16. Sxemasi 3.6-rasmda ko‘rsatilgan elektr zanjirining berilganlari quyidagilarga teng: I1=6 A, r1=10 om, r2=8 om, xL3 =16 om, xL4=15 om, r0=2 om,
Barcha tarmoqlardagi toklar va zanjirning qismlaridagi kuchlanish aniqlansin.
3.17. Har birining sig‘imi 4 mikrofaradan bo‘lgan 10 elementli kondensatorlar batareyasi parallel biriktirilgan bulib, kuchlanishi U=36 V li o‘zgaruvchan tok manbaiga ulangan.
Chastotalari f=0; 50 va 1000 gs bo‘lganda tarmoqdan iste’mol qilinadigan toki aniqlansin.
3.18. Chastotasi f=50 gs va kuchlanishi U=220 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga sig‘imi C=5 mkf da bo‘lgan kondensator ulangan. Zanjirdagi tok va kondensatorning elektr maydonida yig‘ilgan energiyaning maksimal qiymati aniqlansin.
3.19. Induktiv g‘altakning parametrlarini aniqlash uchun u avval o‘zgarmas tok manbaiga, so‘ngra o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ulandi. O‘zgarmas tokda o‘lchov asboblarining ko‘rsatishlari I=4A, U=12V, o‘zgaruvchan tokda I2=5A, U2=25V ni ko‘rsatdi. G‘altakning aktiv qarshiligini va induktivligini, o‘zgaruvchan tok zanjirida g‘altakning aktiv, reaktiv va to‘liq quvvatini aniqlang.
3.20. Induktivligi L=0,3 gn bo’lgan induktiv g’altakdan chastotasi f=3000 gs bo’lgan tok oqmoqda. XL induktiv qarshilikni aniqlang.
Yechish. XL=2πfL = 6,28·3000·0,3 = 5652 ом.
3.21. Induktivligi L = 0,15 gn va qarshiligi XL =942 om bo’lgan g’altakdan oqayotgan tok chastotasi f ni aniqlang.
Javob: 1000 Gs
Do'stlaringiz bilan baham: |