Regeneratsiya qilingan adsorbent qaytadan ishlatiladi. Bu xildagi uzluksiz ishlaydigan bir kamerali adsorberlar bir qator kamchiliklarga ega. Bunday apparatda adsorbent zarrachalari yaxshi aralashadi, biroq ularning qatlamda bo‘lish vaqti har xil. Natijada zarrachalarning yutilayotgan modda bilan to‘yinish darajasi ham turlicha bo‘ladi. Bunday kamchiliklardan qutulish uchun sanoatda ishlatiladigan apparatlarning ko‘pchiligi ko‘p kamerali qilib tayyorlangan.
O‘zgarmas qatlamli adsorberni hisoblash.
Adsorbsiya jarayonining davom etish vaqti adsorbent qatlamini taxlil kilish yo‘li bilan topiladi. Yutiladigan moddaning adsorbentdagi miqdori qatlam balandligi va vakt bo‘yicha o‘zgaradi. s -adsorberntdagi moddaning y2ga to‘g‘ri kelgan konsentratsiyasi s biror vaqtdan so‘ng, adsorbentning H balandligida hosil bo‘ladi. Shu sababli H balandlikda amaliy jihatdan yutilishi kerak bo‘lgan modda adsorbentga to‘la yutilgan bo‘ladi.
0 -vaqtning boshlanishida adsorbentdagi moddaning konsentratsiyasi H bo‘ladi, p yesa yt bilan muvozanatda bo‘lgan konsentratsiyadir.
Adsorbsiya vaqti N.A.Shitov tenglamasidan aniqlanadi;
0 0) k- qatlamning yutish qobiliyatini harakterlovchi koeffitsient, s/m.
Bu koeffitsient 1 m adsorbent qatlamining to‘yinish vaqtini harakterlaydi va quyidagi moddiy balans tenglamasi orqali topiladi:
S⋅⍴a⋅ s= Gy⋅k
Bundan
bu yerda: S- adsorberning ko‘ndalang kesim yuzasi, m2:
⍴⍺ - adsorbentning zichligi, kg/m3,
G-gazning sarfi, kg/s.
Adsorber kesimining yuzasi quyidagi tenglama bilan topiladi:
Bu yerda: G - Gaz sarfi, kg/s;
w0 -gazninig mavhum (qurilma tula kesimiga nisbatan olingan ) tezligi, m/s; ⍴1 -gazning zichligi kg/m3.
Odatda w=0,08÷0,25 m/s qilib olinadi.
O‘zgaruvchan qatlamli uzliksiz ishlaydigan adsorberlarni hisoblash.
Bu qurilmalarda donador qatlamli adsorbent yukoridan pastga tomon spiralsimon harakat qilib, ketma –ket ravishda balandlikdagi sovitish, balandlikdagi desorbsiya va isitish sohalaridan o‘tadi (5-rasm) Qurilmaning umumiy ish balandligi yesa uchala balandlikning yigindisiga teng:
H=hc+h+hd
fazalarning bir-biriga tegib turgan yuzasi modda o‘tkazishning asosiy tenglamalaridan aniqlanadi:
bu yerda
M-adsorbsiya qilingan moddaning miqdori;
K-modda o‘tkazish koeffitsienti;
yb- gaz aralashmasidagi yutilayotgan moddaning boshlangich konsentratsiyasi; ya –gaz aralashmasidagi yutilayotgan moddaning oxirgi konsentratsiyasi;
ym- muvozanat konsentratsiyasi.
O‘zgaruvchan qatlamdagi donador qatlamli adsorbentning ko‘ndalang kesim yuzasi sarf tenglamasidan aniqlanadi:
Bu yerda VC -qurilmadagi gaz aralashmasining sarfi, m3/s
w-gaz oqimining tezligi, m/s.
Absorbsiya zonasini balandligi quyidagicha aniqlanadi.:
Bu yerda: f -absorbentning solishtirma yuzasi, m2/m3.
Qurilmaning qolgan ish qismining balandliklari quyidagi nisbatlar orqali aniqlanadi:
va
yoki
va
Bu yerda: τ, τs, τD - absorbsiya, sovitish va desorbsiya uchun ketgan vaktini kursatadi.
Adsorbsiya uchun ketgan vaqt quyidagicha aniqlanadi :
Bu yerda LC –adsorbentning sarfi, m/c
Do'stlaringiz bilan baham: |