ASBOBLARNI STERILLASH
Operatsiya uchun asboblarni 2 % li soda eritmasida yoki suvda uning qaynash paytidan boshlab 45 min davomida qaynatish bilan sterillanadi. Sterilizatsiyaning bu usuli eng oddiy va keng tarqalgan. Asboblar qopqog'i zich yopiladigan, tubiga to'r to'shalgan turli metall sterilizatorlarda sterillanadi (5rasm, a, b, v). Suyuqlik qaynab chiqqach, har bir asbob qismlarga ajratilgan holda sterilizator to'ri bilan tushiriladi. Suvning qayta kaynash vaqti sterilizatsiyaning boshlanish vaqti hisoblanadi. Hozirgi kunda sterilizatorlar avtomatik rejimda ishlaydi. Sterillash tugagandan keyin asboblar solingan to'r sterilizatordan chiqarib olinadi (undagi suv oqib ketguncha kutib turish lozim), keyin asboblarni steril stolga terib qo'yiladi.
Ishlatilgan asboblar esa issiq suvda 30 sek davomida cho'tka bilan yuviladi va yuvish eritmasi bo'lgan maxsus idishda (yuvish suyuqligi harorati 50°S bo'lishi kerak) 15 min davomida ivitib qo'yiladi, keyin asboblarni yorsh, paxta, doka tampon bilan yuvish suyuqligida 30 sek davomida tozalab, oqib turgan suvda chayiladi, keyin 5 min distillangan suvda qaynatiladi va harorati 85°S issiq havo bilan quritiladi.
Asboblarning tozalik darajasini amidopirin, benzidin va fenolftalein sinovlari bilan tekshiriladi. Bu sinovlar qoniqarsiz bo'lsa, asboblarni qayta yuqumsizlantiriladi.
Yiringli operatsiyalarda jarrohlik usullari qo'llanilishi lozim bo'lsa, hamma tibbiyot asbobuskunalari dezinfeksiya qilinishi kerak. Qorroziyaga uchraydigan asboblar 30 min davomida 2 % soda eritmasida qaynatiladi, anaerob infeksiya bo'lganda qaynatish muddati 90 min ga uzaytiriladi. Siydik yo'llari kateterlari, sistoskoplar va tibbiyot anjomlari 1 % xloramin eritmasida 30 min, 0,5 % li yuvish vositalari bilan vodorod peroksidda 80 min, 0,1 % dezoksonda 15 min dezinfeksiya qilinadi. Bu holda havo sterilizatorlarida tegishli haroratni saqlash va sterilizatsiya 60 min davom etishi kerak. Qyesadigan uchli asboblarni (skalpel, nina, qaychi, ustara pichog'i) havo bilan sterilizatsiya qilinsa, ular o'tmas bo'lmaydi. Asbobto'plamlari ham 1,1 atm bosimida avtoklavda 45 min yoki 2 atm da 20 min sterilizatsiya qilinadi. Sterilizatsiya qilingan asboblar 3 sutkagacha sterilligini yo'qotmaydi.
Korroziyaga uchraydigan xirurgik asboblar va plastmassa (rezina) ashyolar 18°S temperaturada 6 % vodorod peroksid eritmasida 360 min va 50 % da esa 10 min saklab turilsa bas. Rezina va plastik moddalardan yasalgan tibbiyot ashyolari, 1 % dezokson1 eritmasida 4550 min dezinfeksiya qilinadi. Shuningdek asboblarni 45 min davomida uch tarkibli suyuqlikda (2 % formalin, 1,5 % soda, 0,3 % fenol) 30 min davomida 0,1 % li sulfaxlorantin yoki 1 % li dixloram 1 suyuqliklarida dezinfeksiya qilsa bo'ladi.
Shpritslar qismlarga ajratilgan holda sterillanadi, chunki shisha (silindr) va metallning (porshen) kengayish koeffitsiyenti har xil bo'lganligidan ajratilmasdan qaynatilganda ular ko'pincha yoriladi. Ularni 180°S temperaturada 60 min davomida har birini ayrimayrim o'rab havo sterilizatorida markaziy sterilizatsiya xonasida sterillanadi. Gamma nurlari yoki etilen oksid yordamida sterilizatsiya qilingan bir marta ishlatiladigan shpritslardan foydalanish maksadga muvofiqdir. Ambulatoriya sharoitida shpritslarni sterilizatsiya qilish 45 min qaynatish yo'li bilan bajariladi.
Keyingi paytlarda optik qismlari bo'lgan asboblar, kateterlar va boshqa ashyolar, 2 % li glutar aldegidi va natriy gipoxlorid (korroziya ingibitori) aralashmasi saydeks bilan 45180 min da sterilizatsiya qilinadi. Shuningdek ularni 3060 min davomida 0,1 % li tergitsid suyuqligida ham sterilizatsiya qilish mumkin.
Siydik yo'li kateterlari, endoskoplar kuyidagi usullar bilan sterilizatsiya kilinadi: 1) tubiga formaldegidning tabletkalari solingan, germetik bekiladigan naysimon bankalar osib qo'yiladi. 48 soat davomida formalin bug'lari ta'sirida ular yaxshi sterillanadi; 2) avval 10 minutcha etanolga (okulyari botirilmaydi), keyin esa 5 minutga simob sianid eritmasiga (1:1000) solinadi. Ishlatishdan oldin asbob yoki kateter etanol bilan artiladi.
Asboblarga tuz yig'ilib qolishi qaynatib sterillanganda ancha noqulayliklar tug'diradi. Uning oldini olish uchun dokaga siyraklashtirilgan paxtani o'rab ko'yiladi, unda cho'kayotgan tuz paxtaga cho'kadi.
Sun'iy qon aylanish apparatlarini, sun'iy buyrak, respirator va boshqa priborlarning ayrim kismlarini havo sterilizatorida qaynatiladi yoki kationanion eritmalarida, etilen oksid bilan sterilizatsiya kilinadi. Etilen oksid bilan sterilizatsiya 616 soat davom qiladi. Ishlatishdan oldin apparatlarning qismlari distillangan suv bilan yuvib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |