BUG' BILAN STERILIZATSIYA QILISH
Ma'lumki, qaynoq suv bug'i issiqlik o'tkazish qobiliyatiga ega. U qaynoq havoga nisbatan yuqori issiqlik darajasiga ega bo'lgani uchun sterilizatsiya qilinayotgan jismga issiqlikni tez yetkazadi.
Shuningdek bug' oqsillarni gidratatsiya, koagulyatsiya va gidrolizga uchratib, to'rridanto'g'ri sterilizatsiya qiladigan omil hisoblanadi. Oquvchi bug' bilan sterillash avtoklavda bajariladi.
QURUQ ISSIQLIK BILAN STERILIZATSIYA QILISH
Quruq issiqlik bilan sterilizatsiya qilish sterilizatsiya kilinadigan obyektlarni qizdirishga asoslangan va unda sterilizatsiya qilinayotgan jismlardagi harorat 170°S — 200°S ga yetishi kerak. Qizdirilgan havo oqimi maxsus klapan orqali havoli sterilizatorning kuyi qismidan o'tib, yuqoridagi klapani orqali chiqib ketadi. Quruq issiqlik bilan yuqori temperaturaga chidamli yonmaydigan, issiqka bardoshli jismlarni, shishalarni, metall yoki farforni sterilizatsiya qilish mumkin. Bu usul bog'lov materiallarini, rezina kateterlarni, qog'oz va plastinkadan tayyorlangan ashyolarni sterilizatsiya qilishga yaramaydi. Sterilizatsiya qilinadigan obyektlar, masalan, shpritslar sovuq apparatga toza va kuruq qilib joylashtiriladi. Bu holda boshka jismlarni qo'yib bo'lmaydi. Sterilizatsiyadan keyin havo sterilizator o'chiriladi, uning issiqligini 80°S gacha pasaytirib, so'ngra ochiladi. Agar sterilizator harorati pasaytirilmasdan ochilsa, harorati kuchli bo'lganligidan kislorod ta'sirida yong'in chiqadi, uning oldini olish uchun elektr tokiga ulangan sterilizatorni ochish mumkin emas. Avtoklavni xodimlar tomonidan qarovsiz qoldirib bo'lmaydi. 180°S temperaturada sterilizatsiya qilish vaqti 15 minutga teng.
STERILIZATSIYA SIFATINI TEKSHIRISH
Modda va buyumlar maxsus o'ralgan bo'lib, sterillash indikatori ta'sirlangan bo'lsagina sterillangan hisoblanadi. Havo va bug' sterilizatorlari maksimal termometrlar va ximiyaviy testindikatorlar yordamida nazorat qilinadi. Sterilizatorlarning sifatli ishlash ko'rsatkichlari ximiyaviy testindikatorlar (rangi, agregat holati) bilan tekshiriladi. Havo sterilizatorlari ishining ko'rsatkichi bo'lib rangli termoindikator, TIK6 va gidroxinon hisoblanadi. Qog'ozga tushirilgan ochsalat rangli TIQ6 markali termoindikator 175°S 180°S temperaturada to'q qo'ng'ir rangga kiradi. Gidroxinon 0,3 g miqdorida shisha flaqonlarga solinadi.170° 175°S da sarg'ish qo'ng'ir rangdagi kukun erib, qora rangli massaga aylanadi.
Bug' sterilizatorlarini esa har kuni mochevina va fuksinli benzoat kislota test indikatori yordamida nazorat qilib turiladi.
Oq kukunli mochevina 132°S da 2 atm bosimda erib, shu rangli eritma hosil kiladi (bikslarga 0,3 g mochevina flaqonlarda quyiladi). 120°S va 1 1,1 atm bosimida sterilizatsiya nazoratini fuksin, benzoat kislota bajarishi mumk«n. Ularni shisha naychaga to'ldirib, sterilizatsiyadan oldin bikslarga ko'yiladi. Harorat yetarli bo'lganda fuksin erib, benzoat kislota bilan qizil rang, achchiq turi esa, ishqoriy fuksin bilan ko'k amorf massani hosil qiladi. Avvallari test indikator sifatida qo'llanilgan kukunsimon oltingugurt, antipirin, piramidon (110°S 120°S da eriydi) hozirgi kunda kam ishlatiladi. Shuningdek, Mikulich sinovi bo'lib, bunda qog'ozga «steril» so'zi yozilib, unga kraxmalning 3 % li eritmasi surtiladi va ustidan Lyugol eritmasi (yod 1,0, kaliy ybd 2,0, distillangan suv 97,0) yuritilganda yod kraxmal bilan birikib qog'oz ko'karadi va yozuvlar ko'rinmaydi. Uni sterilizatsiya qilinadigan materiallar bilan bikslarga solinadi. Yuqori harorat ta'sirida yod bug'lanib ketib, kog'oz usti rangsizlanadi va undagi harflar yana ko'rinadigan («steril» so'zi) bo'lib qoladi. Keyingi ko'rsatilgan ikki usul hozir qo'llanilmaydi va tarixiy ahamiyatga ega. Etilen oksid bilan sterilizatsiya qilinganda testindikator sifatida etilen bilan glitserin eritmasi (1suyuklik) va bromid litiy, bromkreazol purpuri bilan etanol (II suyuqlik) eritmasi ko'llaniladi.
Sterilizatsiya sifatini har kuni tekshirishdan tashqari, tanlash yo'li bilan har 610 kunda sterilizatsiya kilingan materiallar bakteriologik analizdan o'tkazilishi zarur. Bakteriologik nazorat o'ta aniq bo'lib, uning kamchiligi uzoq vaqtda javobi ma'lum bo'ladi va bajarilishi kiyindir. Shuning uchun klinik amaliyotda ekspressmetodlar keng qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |