Asosiy terminlar Xavo- tomchi va kontakt infeksiya profilaktikasi



Download 49,93 Kb.
bet1/4
Sana26.02.2022
Hajmi49,93 Kb.
#468542
  1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu Referat


Reja:

  1. Asosiy terminlar

  2. Xavo- tomchi va kontakt infeksiya profilaktikasi.

  3. Asbob uskunalarni yuvish uchun eritmalar.

  4. Qaynatish usuli bilan sterillash texnikasi. Bug‘ yordamida sterillash.

  5. Avtoklav xaqida tushincha. Shimmelbush biksi.

  6. Bog‘lov materiallarini bug‘li stereilizatsiya qilish texnikasi. Gazli Sterilizatsiya

Aseptika – jarohatga, yaraga infeksiya tushishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar mahsulidir. Yara bilan kontaktda bo‘ladigan har bir narsa-ob’ekt infeksiyadan holi bo‘lishi, ya’ni sterillangan bo‘lishi shart.


Aseptika (yunoncha a — inkor qoʻshimchasi va septicos — yiringli) — mikrobsizlik holatini taʼminlaydigan usullar; fizik (kuydirish, nur, qaynatish, muzlatish), kimyoviy (antiseptik moddalar bilan taʼsir etish), mexanik, biologik va b. usullar bilan amalga oshiriladi. Aseptikaga nemis olimi E. Bergman asos solgan. Aseptika turli murakkab jarroxlik operatsiyalarini hech qanday asoratsiz va xavf-xatarsiz bajarishga imkon beradi. Aseptikaga quyidagilar kiradi: a) jarrohlik asboblari, bogʻlov materiallari va b.ni sterillash; b) jarroh qoʻlini maxsus usullarda yuvish va tozalash; v) operatsiya va b. tekshirish ishlarini bajarish vaqtida koʻrsatilgan qonun-qoidalarga qatʼiy amal qilish; g) davolash muassasalarida maxsus tashkiliy va sanitariya-gigiyena chora-tadbirlarni toʻgʻri amalga oshirish. Aseptika antiseptika usuli bilan birga olib boriladi. Uy sharoitida kuygan yoki b. jarohatlarni bogʻlash vaqtida ham Aseptika qonunqoidalariga amal qilish lozim. Aseptika tibbiyotning barcha sohalarida qoʻllaniladi. Kishini o'rab turgan atrof muhitda, havoda, asbob-uskunalarda, teri sathida, ichki organlarda va shunga o'xshash joylarda ko'p miqdorda bakteriyalar mavjud. 60-yillarda stafilokokk infeksiyasi keng tarqalgan bo'lsa, hozirgi kunda grammanfiy mikroblar, zamburu?lar va mikroblar, viruslar alohida o'rin egallaydi. Bu infeksiyalar jarohatga ekzogen va endogen yo'llar bilan tushadi. Jarohatga bemor atrofidagi tashqi muhitdan tushadigan infeksiya ekzogen hisoblanadi va uning manbalari kuyidagilar: 1) havodan -havo infeksiyasi, 2) so'lak va boshqa suyuqlik tomchilaridan - tomchi infeksiyasi, 3) jarohatga tegib turadigan narsalardan kelib chiqadigan qontakt infeksiya, 4) jaroxatda qoldiriladigan narsalardan (drenaj, chok iplari, yurakning sun'iy klapanlari, sintetik tomir protezlari, elektrokardiostimulyatorlar, metaldan yasalgan sterjen va b.) bo'ladigan implantatsion infeksiya. Havoning toza bo'lishi ayniqsa operatsiya, reanimatsiya xamda intensiv terapiya bo'limlari uchun katta ahamiyatga ega. Kasallik paydo kiluvchi mikroorganizmlarning bir bemordan ikkinchisiga o'tishi chorraxa (kesishma) infeksiya deyiladi. Bemorning davolash muassasasida uzoq muddat yotishi uning kesishma infeksiyaga tez uchrashiga sabab bo'ladi. Shuning uchun operatsiyadan oldingi va undan keyingi davr iloji boricha qiska bo'lishi kerak. Bemordan-bemorga yuqish ehtimoli bo'lgan havo-tomchi infeksiya o'choqlari, operatsiya va intensiv terapiya bo'limlari, sterilizatsiya xonasi, diagnostik kabinetlar, dush, vannalar ham qattiq nazorat ostida bo'lishi lozim. Odatda qontakt va implantatsion infeksiya ko'pincha o?ir oqibatlarga sabab bo'ladi va septitsemiya, septik shokni keltirib chiqaradi. Ekzogen infeksiya profilaktikasida mikroorganizmlarning rivojlanish joylarini ham hisobga olish kerak. Masalan, ko'k yiringlatuvchi tayoqcha zax muhitni yoqtirgani uchun uni ko'pincha qo'l yuvishda, vannada, siydikdonlarda, sochik, latta, gul tuvakchalarida topiladi. Qlostridiylar esa (koqshol va gazli gangrena qo'z?atuvchilari) odatda chang va iflos joylarda rivojlanadi. Shuning uchun ko'rpa, yostiq, matraslarni dezinfikatsiya kilish, har bir yangi kelgan bemorga dezinfeksiyadan o'tgan ko'rpa, choyshab, yostiqlar berilishi kerak.
Xirurgiyada infitsirlangan asoratlar eng ko‘p uchraydi va samarali bajarilgan operatsiyaga qaramay, bu asoratlar nogironlikga yoki o‘lim hollariga olib kelishi mumkin. Bu asoratlarning oldini olish xirurgiyaning asosiy qonun-qoidalari hisoblanadi va u aseptika va antiseptikaga asoslanadi. Jarohatga tegadigan hamma narsa steril, ya’ni mikroorganizmlardan holi bo‘lishni talab qiladi. Aseptika jarohatga infeksiya tushishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar yig‘indisidir
Ekzogen infeksiyaning 4 turi bir-biridan farq qiladi: qontakt, implantatsion,
havo-tomchi turlari.

  1. Kontakt infeksiya bevosita tashqi omillar bilan aloqada bo‘lish natijasida yuzaga keladi. Ko‘chada yoki daladagi bo‘lgan jarohat kontakt infeksiyaga tipik misol bo‘lib xizmat qiladi. Bunday hollarda jarohatni keltirib chiqaruvchi yoki jarohat bilan aloqada bo‘luvchi jismlar (avtomashina g‘ildiragi, belkurak, tuproq, tosh va boshq.) ko‘p miqdorda mikroorganizmlar, jumladan, qoqshol tayoqchasi yoki gazli gangrena bakteriyalari singari xavfli mikroorganizmlarni saqlaydi. Jarohatga tushgan mikroblar uning eng chuqur qismlariga kiradi va jarohatning yiringlashiga sabab bo‘ladi. Mikroblar operatsion jarohatlarga xirurg qo‘lidan, sterillanmagan instrumentlardan va bog‘lov materiallaridan tushishi mumkin. Hozirgi vaqtda kontakt infeksiya profilaktikasi operatsion hamshiralar va xirurglarning asosiy vazifasi hisoblanadi.

2. Implantatsion infeksiya to‘qimalar ichkarisiga infeksiyalardan yoki yot
jismlar (parchalar, cho‘plar, kiyimbosh bo‘laklar kabi) bilan birga tushadi. Tinchlik davrida implantatsion infeksiya aksariyat choklar, protezlar, sun’iy organni ko‘chirib o‘tkazishda (implantatlar), drenajlar qo‘yishda yoki tasodifan, masalan,
instrumentlar uchib chiqkan metall parchalari, operatsiyadan keyin qolib ketgan
tamponlar, salfetkalar, sharchalar va xirurgik instrumentlar bilan bog‘liq.
Implantatsion infeksiya operatsiyadan keyin uzoq vaqt o‘tgach, organizmning
immun tizimi zaiflashishi yoki organizmdagi boshqa infeksiyaning qo‘zg‘alishi
natijasida yuzaga chiqishi mumkin.
3. Havo-tomchi infeksiyasi – operatsiya xonasi havosidan, tashqaridan yoki
so‘zlashish, yo‘talish vaqtida mikroorganizmlarning jarohatga tushib
zararlanishidir. Uning oldini olishga quyidagi puxta o‘ylangan tadbir sistemasidan
iborat operatsion blok rejimiga qattiq rioya qilish yo‘li bilan muvaffaq bo‘linadi.
A’zo va to‘qimalarni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyalari (buyrak, yurak)kabilarni
aseptikaga bo‘lgan talablarni oshiradi, bunday hollarda xirurglar operatsiya xonasi havosini tamoman steril bo‘lishini ta’minlashga harakat qiladilar.
Zamonaviy operatsiya bloki qator funksional bo‘limlardan, bir nechta zonalardan iborat bo‘lib, u davolash muassasasining ish hajmi va binoning tuzilishiga ko‘ra, qisman qo‘shilgan bo‘lishi yoki alohida xonalarda joylashishi mumkin.
I zona - steril zonaga bevosita operatsiyalar o‘tkazish va ularga tayyorgarlik ko‘rishda mo‘ljallangan xonalar kiritiladi:
1. Operatsiya xonalari.
2. Operatsiyadan oldingi xona – bu erda xirurg qo‘lini tozalab yuvadi.
3. Sterilizatsiya xonasi – bu erda takroran ishlatiladigan yoki operatsiya vaqtida keragida ishlatiladigan, faqat operatsiya xonasi xodimlari foydalanadigan instrumentlar yuviladi, qaynatiladi yoki bug‘ quruq issiklik beradigan shkafda sterillanadi.
II zona – qattiq rejim zonasiga operatsiya bloki jihozlarini saqlash uchun mo‘ljallangan xonalar kiradi. Ular operatsiya vaqtida to‘satdan va operatsiya bloki xodimlarini joylashtirish uchun kerak bo‘lib qolishi mumkin.
III zona - umumiy rejim zonasiga ishlab chiqarish xonalari kiradi. Bular
quyidagilar:
1. Havoni almashtirish uchun apparatlar bo‘lgan xona.
2. Avariya bo‘lganda yoritish uchun akkumlyator xonasi.
3. Fotolaboratoriya va boshqalar.
Operatsiya bloki xonalarini yig‘ishtirib tozalash va dezinfeksiya qilish.
Operatsiya bloki xonalari, xususan, birinchi zonasi ozodalik va tartib saqlashni imkon boricha osonlashtiradigan qilib ko‘yiladi, devorlari shiftgacha plitkalar bilan qoplangan yoki moyli bo‘yoq bilan bo‘yalgan bo‘lishi kerak.
Operatsiya bloki 1 - zonasining xonalarini yig‘ishtirib tozalashning 5 turi
tavofut qilinadi: dastlabki tozalash, kundalik yoki joriy operatsiyadan keyingi, yakunlovchi va mukammal tozalash aniqrog‘i dezinfeksiya.
Dastlabki tozalash – mebel yuzasida derazalar ostida operatsiya xonasining asbob-anjomlari va polida sterilizatsiya va operatsiya oldi xonalarida tuni bilan yig‘ilgan changni tozalash maqsad qilib qo‘yiladi. Avvaliga quruq latta bilan nikellangan va pardozlangan yuzalar, so‘ngra esa nam latta bilan mebel, derazalar, pol kabilar artib chiqiladi
2. Joriy (kundalik) tozalash – operatsiya vaqtida bajariladi. Polga tasodifan tushib ketgan doka-sharchalar, salfetkalar va boshqa buyumlar yig‘ishtirib olinadi. To‘qilgan suyuqlik shu zaxotiyok artiladi.
3. Operatsiyadan keyingi tozalash (aniqrog‘i operatsiyalar orasidagi vaqtida yig‘ishtirib tozalash). Poldan salfetka sharchalar, operatsiyada ishlatilgan materiallar yig‘ishtirib olingandan keyin polni nam latta bilan artish.
4. Yakunlovchi tozalash. Shu kuni operatsiya o‘tkaziladimi yoki yo‘qmi bundan kat’iy nazar shu kunning oxirida bajariladi. U pol, devorlar, derazalar oldi, mebel va boshqa narsalarni yuvish va nam usulda artishdan iborat. Bunday tozalash vaqtida ishlatiladigan eritmalar ham yuvadigan, ham dezinfeksiya qiladigan xossalarga ega bo‘lishi kerak. Yig‘ishtirish jarayonida muayyan izchillikka amal qilish lozim: avval shift va devorlar, so‘ngra oyna va derazalar oldi, isitgich sistemasi quvurlari va apparatlar artiladi, pol yuvish bilan tugallanadi.
5. Butun operatsiya blokini mukammal (to‘liq) tozalash – haftada bir marotaba o‘tkaziladi. Bunda pol, devor, shift, yoritkichlar va apparatlar to‘liq tozalanadi. Bu maqsadda muvaffaqiyatli qo‘llaniladigan – pervomur, rokkal yaxshi dezinfeksiya qiladigan ta’sirga ega. Havoni tozalash uchun kvars lampalaridan foydalanamiz, ular 2 soat davomida 30m2 havoni tozalaydi. Bu lampalar nafaqat operatsiya blokida, operatsiyadan keyingi va reanimatsiya palatalarida, yiringli kasalliklari bor bemorlar yotadigan palatalarda, muolaja va bog‘lov xonalarida ham bo‘lishi kerak. Ushbu lampalar ishlatilganda, tibbiyot xodimlari va bemorlar palatalarda yoki operatsiya xonasida bo‘lmasliklari kerak, agarda qattiq yotoq tartibida davolanayotgan bemorlar bo‘lsa, ular yoqilganda bemorlar ustiga prostina yopib qo‘yish kerak bo‘ladi.
Operatsion bloklarda havoni tozalash yo‘llariga ham katta ahamiyat
beriladi. Hozirgi kunda yangidan-yangi apparatura chiqmokda. Masalan, filtr ventlyasion qurilmalar (FVQ-1, FVQ -2). Natijada, havo doimiy ravishda toza bo‘lib turadi va aseptikaga javob beradi. Bu mexanizmlar juda ixchamlashib, portativ ko‘rinishga ega bo‘lib bormoqda.
Tibbiy anjom, material va asbob uskunalarni sterilligini nazorat qilish
albatta amalga oshirilib borilishi shart!. Bundan tashqari, asbob- uskunalarga sterilizatsiya oldi ishlov berish ham nazorat qilib boriladi. Sterillikni bakteriologik tekshirish aniq usullardan biri hisoblanadi. Surtma olingandan keyin bakteriologik laboratoriyada olingan surtmalar turli xil muhitlarda o‘stiriladi va 3-5 kundan keyin bakteriologik zararlanganlik natijasi ko‘riladi. Sterillikni bakteriologik nazorat qilish har 7-10 kunda bir marta olib boriladi.
Sterilizatsiya fizik va kimyoviy usullar bilan amalga oshiriladi. Fizik usullarga termik va nur bilan sterilizatsiya qilish (kaynatish, bosim ostida bug' bilan sterilizatsiya qilish, kuruk issiqlik bilan sterilizatsiya qilish, u nurlantirish) kiradi. Kimyoviy metodlar esa etilen oksid, paratsetat kislota bilan tozalash hamda kimyotermik tozalashlarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, operatsiyaxona yoki izolatorlarda aseptik sharoitni tashkil qilish uchun havoni fizioterapevtik usulda tozalaydilar. Aytib o'tilgan metodlar ichida eng qulayi va puxtasi termik, nur va etilen oksid yordamida sterilizatsiya qilishdir.
Termik usulda sterilizatsiya 110140°S haroratda avtoklavda suv bug'i bilan yoki 160200°S quruq issiqlik yordamida quruq issiklik sterilizatorlarida (shkaflarda) bajariladi. Bu usulda kuyidagi fazalar hisobga olinadi: 1) qizitish fazasi kizdirish boshlanishidan to kerak bo'lgan harorat hosil bo'lguncha davom ettiriladi. U ishchi kameradagi termometr bilan nazorat qilib turiladi; 2) tenglashtirish vaqti sterilizatsiya qilinadigan ishchi kamerada sterilizatsiya uchun kerak bo'lgan harorat (har xil materiallar uchun har xil bo'ladi). Shu harorat paydo bo'lguncha o'tgan davr. Bu vaqt sterilizator tipi, sterilizatsiya qilinayotgan jism va uning soni hamda kerak bo'lgan haroratga bog'liq bo'ladi, u termometr ko'rsatkichi, ba'zan sterilizator indikatori bo'yicha nazorat qilinadi; 3) kuruq issiqlik shkafida instruksiyasi bo'yicha ko'rsatilgan mikroblarni o'ldirishga lozim bo'lgan vaqt. Puxta sterillash mikroblarni yo'kotish Vaqtini 50 % uzaytirganda ro'yobga keladi; 4) sovutish vaqti qizitish vaqti tugagandan so'ng to quruq issiqlik 80°S gacha, avtoklavda sterilazatsiya qilinganda 60°S gacha tushirish uchun ketgan davr. Ko'rsatilgan vaqtlarning birida sterilizatsiya to'xtatilsa yoki kerakli temperatura parametriga yetmasa, qayta sterilizatsiya qilish kerak.

Download 49,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish