Asosiy savollar



Download 16,61 Kb.
Sana07.07.2021
Hajmi16,61 Kb.
#111893
Bog'liq
Document


Mavzu:Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi.

Asosiy savollar.

1. Iqtisodiy islohotlar nima?

2. O’zbekistonda bozor munosabati qandey?

3. Xususiy mulkchilik shakillari qandey?

1. Iqtisodiy islohotlar - xoʻjalik yuritish tizimida, iqtisodiyotni boshqarishda, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yoʻllari va usullarida yirik qayta qurishlar, oʻzgartirishlar samaradorligi past muayyan iqtisodiy tizimni takomillashtirish yoki eski tizimdan yangisiga oʻtish maqsadlarida amalga oshiriladi. Iqtisodiy tizimning samaradorligi qoniqarsiz boʻlgan, iqtisodiy tangliklar yuz bergan, iqtisodiyot kishilarning ehtiyojlarini yetarli qondirmagan hollarda, mamlakat oʻz taraqqiyotida boshqa mamlakatlardan orqada qolgan sharoitlarda oʻtkaziladi. I.i. larzalarsiz, aniq maqsadlar koʻzlangan holda, parlament qabul qilgan qonunlarga bi-noan va davlat raxbarligida oʻtkaziladi. I.i. evolyusion rivojlanishni taʼminlaydi. 20-asr oxiri va 21-asr boshlaridagi I.i. umumbashariy boʻlib, de-yarli hamma mamlakatlarda oʻtkazildi. Bozor iqtisodiyoti qaror topgan mamlakatlarda I.i. iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilgan boʻlib, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash, iqtisodiyot subʼyektlari mustaqilligini kuchaytirish, monopoliyalar faoliyatini nazorat qilish, erkin narxlarga yoʻl berish, xullas bozor mexanizmining toʻlaroq amal qilishiga sharoit yaratib berishga qaratildi. Yangidan mustaqil boʻlgan yosh mamlakatlarda (sobiqsotsialistik mamlakatlar va SSSR tarkibidagi respublikalar) I.i. 2 yoʻnalishda bordi: 1) milliy mustaqillikni iqtisodiy jihatdan taʼminlashni koʻzlagan islohotlar; 2) rejali iqtisodiyotdan bozor tizimiga oʻtishga qaratilgan, yaʼni bozor islohotlari yoʻnalishlarida amalga oshirildi. Birinchi yoʻnalish boʻyicha milliy pulni muomalaga kiritish, mustaqil bank, byudjet va soliq ti-zimlarini joriy etish, bojxona xizmatini tashkil qilish va milliy iqtisodiy chegaralarni oʻrnatish, i.ch. tuzilmasini oʻzgartirish kabilar amalga oshirildi. Ikkinchi yoʻnalish boʻyicha mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, bozor in-fratuzilmasini yaratish, rejali davlat narxlaridan erkin bozor narxlarga oʻtish, agrar sohadagi oʻzgarishlar, tashki iqtisodiy faoliyatni bozor talablariga mos ravishda qayta qurish, monopoliyalarni cheklash, chetdan kapital kiritishni ragʻbatlantirish kabi choratadbirlar joriy etildi.

I.i. bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va davom etadi, iqtisodiyotni erkinlashtirishni taʼminlaydi. I.i.ga umumiylik va milliylik xos. Ularning umumiyligi — I.i. yoʻnalishlarining bir xil boʻlishi va yagona bozor tizimining karor topishidir. Milliylik har bir mamlakatning oʻziga xos sharoitini hisobga olish va shunga qarab islohot tamoyillarini qoʻllashdan iborat. Oʻzbekistonda 1991—2002 y.lar davomida amalga oshirilgan I.i. tanlangan milliy modelga binoan oʻtka-zildi va bu jarayon davom etmoqda (qarang Bozor iqtisodiyoti, Bozor islohotlari, Bozor shtisodiyotiga oʻtish).

2. O’zbekistonda bozor munosabati. Aslida mustaqil O`zbekiston , aniqrog`i ko`hna Turon zaminida bozor munosabatlari yangilik emas. Qadimdan ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan turfa xil mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini xorijiy mamlakatlarga olib chiqib savdo qilganlar, mol ayirboshlaganlar. Faqatgina so`nggi mustamlaka yillarida chor Rossiyasining, sho`rolar hokimiyatining iqtisodiy islohotlar o`tkazadigan laboratoriyasiga aylanib qolgan edik xolos. Endi bunday tajriba maydoni rolini o`ynovchilikdan qutildik, o`zimizning milliy an`analarimizni tiklab yana iqtisodiyotni rivojlantirishga kirishdik. O`zbekiston tanlagan yo`l bozor iqtisodini shakllantirishdir.

Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, bu tamoyillar mazmuni quyidagicha:

-iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy tayziqlarsiz, o`ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog`i kerak:

-davlat bosh islohotchi o`rnida bo`lib, uning yo`nalishlarini belgilab beradi va amalga oshiradi:

-bozor munosabatlariga o`tish qonun ustivorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitusiya va qonunlarga amal qilinishi shart:

-bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini kuchli himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o`tkazish;

-bozor iqtisodiyotiga o`tish evolyusion yo`l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilmog`i zarur.

Bozor munosabatlariga o`tishda iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqilib, uning tub maqsadi-markazlashtirilagan, ma`muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o`tishdan iboratdir.

Bozor munosabati bu jihatdan klassik kapitalistik va sosialistik iqtisodiy tizimdan farq qiladi.

Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko`ra ustivor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi.

Birinchi bosqichda birdaniga ikki vazifani hal qilish kerak:

Ma`muriy buyruqbozlik tizimini og`ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va yangisini qurmay, eskisini buzmaslik qabilida ish ko`rish kerak. Bu o`tish jarayonida asosiy e`tiborni yangi bozor munosabatlarining huquqiy bazasini vujudga keltirish, ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berishga qaratmog`i kerak.

Bozor munosabatlariga o`tishning asosiy sharoitlaridan biri sifatida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshiriladi. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma`muriy buyruqbozlik buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, mulkdorlar sinfi shakllandi, xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligi oshdi.

Mulkni xususiylashtirish va ko`p ukladli iqtisodni shakllantirish O`zbekistonda ikki bosqichda amalga oshirildi.

Birinchi bosqich 1992-1993 yillari amalga oshirildi. Bu davrda asosan maishiy xizmat, savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, qayta ishlash korxonalari mulk shakli o`zgartirilib, mulkning ijara, jamoa, aksiadorlik shakllari vujudga keldi. Uy-joylar xususiylashtirildi.

Qishloq xo`jaligida 770 kolxoz va sovxozlar xususiylashtirilib, jamoa va ijara xo`jaliklariga aylantirildi. Birinchi bosqichda mulk davlat tasarrufidan chiqishi jarayonida mulkdorlar sinfi shakllandi.

Ikkinchi bosqich O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori asosida olib borildi. Bu davrda ochiq aksiadorlik jamiyatlari tashqil etilib,, korxonalar aksialarini chiqardilar, auksion savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, xususiylashtirishni yoppasiga olib borish ko`zda tutildi.

Aloqa, transport, geologoqidiruv, yoqilg`i-energetika komplekslari xususiylashtirilmadi. Ayrim sohalarda-kimyo, oltin qazish, paxta tozalash, tog`-kon sanoatida 51 % aksiya davlat ixtiyorida qoladigan bo`ldi.

1994 yil oxirigacha 54 ming korxona mulk shaklini o`zgartirdi (xususiy, aksiadorlik, jamoa, ijara va x.k.).

Natijada respublikada nodavlat sektorning iqtisodiyotdagi ulushi ortib bordi. 1995 yili sanoat mahsulotining 97 %i nodavlat sektorga to`g`ri keldi.

Yurtboshimiz I.A. Karimov bu boradagi ishlarni tahlil qilib, quyidagi fikrni bildirdi:

«...iqtisodiy munosabatlarda, ayniqsa mulk masalalarida tub o`zgarishlar amalga oshirildi. Mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturini amalga oshirish natijasida, mamlakatimizda xaqiqiy ko`p tarmoqli iqtisodiyot shakllantirildi, nodavlat sektor mustahkamlandi va iqtisodiyotimizda faol rol o`ynay boshladi»(I.A.Karimov. Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari. Toshkent. «O`zbekiston», 1996, 13- bet.).

Prezidentimiz O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasidagi nutqida yana shu masalaga to`xtalib, shunday dedi:

«Biz-xususiy mulkning miqyosi va ulushi uzluksiz o`sib boradigan ko`p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirish tarafdorimiz. Dunyo tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyatda tom ma`nodagi mulkdorlar sinfining ko`pchilikni tashqil etishi ijtimoiy hayotdagi barqarorlik va farovonlikning kafolati bo`lib xizmat qiladi»(I.A. Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot- pirovard maqsadimiz.-Namangan haqiqati,-2000.-26 yanv.).

3. Xususiy mulkchilik shakillari.

Xususiy mulk - ayrim kishilar yoki xonadonlar ixtiyoridagi mulk; bozor iqtisodiyotidagi xilmaxil mulklar orasida yetakchi mulk shakli. Xususiy mulkning obʼyekti moddiy va moliyaviy boyliklar, ish kuchi, intellektual mehnat mahsuli, yer, suv, yer osti boyliklari, korxonalar, xoʻjaliklar, aksiya va obligatsiyalar, pul mablagʻlari, transport vositalari, turar joy, isteʼmol tovarlari, mehnat qobiliyati, ishbilarmonlik mahorati, ilmiy kashfiyotlar, texnikaviy ixtirolar, sanʼat va adabiyot asarlari va boshqalar boʻlishi mumkin. Xususiy mulk subʼyekti unga egalik qiluvchi kishilar, ayrim shaxslar va xonadon axli xisoblanadi.

Xususiy mulk mulkchilikning eng koʻhna shakli, bundan bir necha ming yillar oldin qabila, urugʻaymoklarning jamoa mulkidan oʻsib chiqqan jamoa mulki ayrim kishilar qoʻliga oʻtib Xususiy mulkga aylangan. Xususiy mulk anʼanaviy va bozor tizimida asosiy mulk hisoblangan. Rejali iqgisodiy tizim xususiy mulkni yoʻqotib davlat mulkini oʻrnatgan, isteʼmolga xizmat qiluvchi mulkni, jumladan uyroʻzgor buyumlari va tomorqa xoʻjaligini shaxsiy mulk, deb eʼlon qilgan. Rejali tizimdan bozor iqgisodiyotiga qaytilgach, Xususiy mulk yangidan tiklanadi. Bunga quyidagi yoʻl bilan erishiladi: 1) davlat mulki Xususiy mulkga aylantiriladi; 2) uz mablaga xisobidan xususiy mulkni yaratishga ruxsat beriladi; 3) jamoa (kolxoz) mulkidan xususiy mulk ajralib chiqadi; 4) shaxsiy mulk xisoblangan tomorka va xonadon molmulkiga Xususiy mulk maqomi beriladi; 5) Xususiy mulk chet eldan kirib keladi, mavjud mulkchilik tizimiga qoʻshiladi.

Bozor iqtisodiyotiga xos mulkiy poliformizmni Xususiy mulk transformatsiyasi yuzaga keltiradi. Xususiy mulk oʻz sohiblari ixtiyori bilan birlashganda jamoa mulki hosil boʻladi. Xususiy mulk milliylashtirilganda u davlat mulkiga aylanadi.

Xususiy mulk bozor iqtisodiyotining tayanchi sifatida bir qator belgilar bilan tavsiflanadi: Xususiy mulk iqtisodiy resurslar, yaratilgan mahsulot va xizmatlarni, umuman boylikni yakka tartibda ayrim kishilar yoki oilalar tomonidan oʻzlashtirilishini taʼminlaydi. Xususiy mulk sohiblari turli toifadagi kishilar, chunonchi tadbirkorlar, ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, yer egalari va rantyelar boʻlishi mumkin. Xususiy mulk oʻz egasiga iqtisodiy hokimiyat beradi, yaʼni uni boshqarish funksiyasi bilan taʼminlaydi. Mulk obʼyektini mulqdorning oʻzi yoki uning nomidan menejerlar boshqaradi. Xususiy mulk oʻz soxibiga naf keltirishi shart. Xususiy mulk oʻz soxibiga iqgasodiy mustaqillik beradi, yaʼni mulk soxibi uni uz bilganicha ishlatadi. Mulk egasi muqobil iktisodiy tanlov qoidasiga binoan, nima ish qilishini belgilab oladi, u mulkini biznesga qoʻyadi, sotadi, garovga beradi yoki merosga qoldiradi.

Xususiy mulk iqtisodiy roʻyobga chiqishi — oʻz egasiga mulkiy daromad keltirishi yoki uning isteʼmol ehtiyojini qondirishi kerak. Davlat qabul qilgan qonunlar va yozilmagan qoidalar, yaʼni shakllangan anʼanalar va mulkiy udumlar Xususiy mulkga egalik qilishni, mulkiy huquqni taʼminlaydi. Oʻzbekistonda Xususiy mulk daxlsizligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va mulk toʻgʻrisidagi qonunlarda eʼtirof etilgan.

Oʻzbekistonda Xususiy mulk davlat mulkini xususiylashtirish, uni hosil etishga ruxsat berilishi natijasida yuzaga keldi va xususiy korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklari, xususiy banklar, tomorqa, xonadondagi molmulk va pul jamgʻarmalari, qimmatli qogʻozlar Xususiy mulk obʼyektiga aylandi.



Xususiy mulk, uni iqtisodiy roʻyobga chiqarish usuli jihatidan 2 turga boʻlinadi; 1) ayrim kishilarga qarashli boʻlgan tanho individual Xususiy mulk Bu mulkka egalik mulkdorning oʻzining faoliyati orqali yuz beradi, yakka tartibda egasi tomonidan boshqariladi, u keltirgan daromad ulushlarga ajralmagan holda toʻlatoʻkis egasiga tegadi; 2) korporativ, guruxiy Xususiy mulk Bu ulushbay, sherikchilikka asoslangan mulk bulib, aksiyadorlik jamiyatiga xos. Uning egalari aksiyadorlar hisoblanadi, ularning mulkiy ulushi qoʻlidagi aksiyalar qiymati bilan oʻlchanadi.

Xususiy mulkning bu turida mulkning iqtisodiy roʻyobga chiqishi alohida emas, balki mulkdorlar guruhi doirasida yuz beradi. Bu mulkni aksiyadorlarning oʻzlari emas, balki yollangan menejerlar boshqaradi, undan kelgan daromad aksiyadorlar urtasida ulushbaychilik qoidasiga binoan taqsimlanib dividend shakliga kiradi. Mayda Xususiy mulk individual bulsa, yirik Xususiy mulk korporativ Xususiy mulk tavsifiga ega.
Download 16,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish