Asosiy qoidalar


-modda. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining ko‘rsatuvlarini baholash



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

112-modda. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining ko‘rsatuvlarini baholash
Gumon qilinuvchining u sodir etgan jinoyat haqidagi ko‘rsatuvlari va ayblanuvchining o‘z
aybiga iqror bo‘lishi, bu iqror bo‘lish mavjud dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina, uni
ayblash uchun asos qilib olinishi mumkin.
Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining bergan ko‘rsatuvlari bilan aniqlangan holatlar,
ayblanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lgan taqdirda ham, o‘zining aybdor ekanligini inkor qilgan taqdirda
ham ishning hamma holatlari bilan bog‘langan holda boshqa dalillar kabi tekshirib chiqilishi va
baholanishi lozim.
113-modda. Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz
Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz — ariza beruvchining o‘zi sodir etgan jinoyati to‘g‘risida u
shu jinoyatni sodir etishda gumon qilinmasdan va unga ayblov e’lon etilmasdan oldin bergan
xabaridir.
Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz og‘zaki yoki yozma bo‘lishi mumkin. Surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror yoki sud og‘zaki xabarni bayonnomada aks ettiradi, unga arz qiluvchining


shaxsiga doir ma’lumotlar kiritiladi va unda arzning mazmuni birinchi shaxs nomidan bayon
qilinadi. Bayonnomaga arz qiluvchi va surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya imzo chekadi.
Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan
ushbu Kodeksning 
112-moddasida 
ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiq baholanadi.
12-bob. GUVOH VA JABRLANUVChINI SO‘ROQ QILISh
114-modda. Guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilish tartibi
Guvoh va jabrlanuvchini so‘roq qilish ushbu Kodeksning 
96 — 108-moddalarida 
nazarda
tutilgan umumiy qoidalarga, shuningdek ushbu bobning quyidagi moddalariga rioya qilgan holda
olib boriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
So‘roqqa o‘z advokati bilan hozir bo‘lgan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish advokat
ishtirokida amalga oshiriladi. So‘roq tugaganidan so‘ng advokat guvohning yoki jabrlanuvchining
huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi, so‘roq bayonnomasiga kiritilishi
lozim bo‘lgan arzlarini bayon etishga haqli.
(114-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-198-sonli 
Qonuni
asosida
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddaning
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslar uzrli sabablarga ko‘ra sudga
kelmagan taqdirda, sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining
iltimosnomasiga ko‘ra videokonferensaloqa vositasida so‘roq qilinishi mumkin.
(114-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli 
Qonuniga 
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-
son)

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish