Asosiy qoidalar



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

577-modda. Sud ajrimi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Keyinchalik ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs sodir etgan jinoyat to‘g‘risidagi yoki
aqli norasolik holatida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish haqidagi ish bo‘yicha sud majlisida
chiqarilgan sud ajrimi quyidagi qoidalar asosida tuziladi.
(577-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud ajrimning kirish qismida sud ishining raqamini, ishi ko‘rilayotgan shaxsning familiyasi,
ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, oyi, kuni va joyi, turar joyi, ish joyi, mashg‘ulot turi, ma’lumotini va
shaxsi to‘g‘risidagi ish uchun ahamiyatga molik boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatadi.
(577-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
Ajrimning tavsif-asoslash qismida sud tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash yoki
qo‘llamaslik uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarni bayon qiladi, shu chorani qo‘llashni taqozo
qiladigan, shubha ostiga qo‘yadigan yoki unga monelik qiladigan dalillar keltiradi. Shundan so‘ng


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
212/232
ajrimda sud ushbu Kodeksning 
576-moddasida 
sanab o‘tilgan masalalarga o‘zining javoblarini
ifodalaydi.
Ajrimning xulosa qismida sud quyidagi qarorlardan birini bayon qiladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1) shaxsni jinoyat sodir etgan, keyinchalik unda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan deb
e’tirof etish yoxud uni ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan deb topish to‘g‘risida,
shuningdek bu shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash yoki qo‘llamaslik
to‘g‘risida;
(577-moddaning to‘rtinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi
O‘RQ-567-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-
son)
2) ishi ko‘rilayotgan shaxs qilgan deb hisoblanayotgan jinoyat hodisasi yoki ijtimoiy xavfli
qilmish yo‘qligi sababli ishni tugatish to‘g‘risida;
Oldingi
 tahrirga qarang.
3) shaxsning daxldor emasligi tufayli tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash
to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish haqida va ushbu shaxsni aniqlash hamda uni ayblanuvchi
tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish choralarini ko‘rish uchun ishni prokurorga yuborish
to‘g‘risida;
(577-moddaning to‘rtinchi qismi 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-
sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
4) tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishni yuritishni tugatish va
mazkur shaxsga nisbatan ish bo‘yicha ushbu Kodeksning 
579-moddasiga 
asosan sud ishi yurituvini
qo‘zg‘atish haqida.
(577-moddaning to‘rtinchi qismi 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-
421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Keyinchalik ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs sodir etgan jinoyat yoki aqli
norasolik holatida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish tufayli mulkiy ziyon yetkazilgan bo‘lsa,
ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi masala fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida hal etiladi.
(577-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ruhiy holati buzilgan va umumiy asosda davolanishga muhtoj bo‘lgan shaxsga nisbatan
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishni yuritish tugatilgan taqdirda, sud bu
haqda shaxsning turar joyidagi sog‘liqni saqlash organiga darhol xabar qiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish