572-modda. Ishni sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror
Oldingi
tahrirga qarang.
Surishtiruvchi, tergovchi protsess ishtirokchilarini ish materiallari bilan tanishtirgach va
iltimosnomalarni hal qilgach, ishni sudga yuborish to‘g‘risida qaror tuzadi.
(572-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Surishtiruvchi, tergovchi qarorning tavsif-asoslash qismida ushbu Kodeksning
566-moddasida
nazarda tutilgan holatlarni, shuningdek ishni sudga yuborish asoslariga norozi bo‘lgan
himoyachining va boshqa shaxslarning vajlarini, agar shunday vajlar bildirilgan bo‘lsa, bayon qiladi
va ish sahifalariga havola qilib, uning fikricha, ishni sudga yuborish uchun asoslar borligini
tasdiqlovchi dalillar keltiradi.
(572-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ishni sudga yuborish to‘g‘risidagi qarorga sud majlisiga chaqirilishi lozim bo‘lgan shaxslarning
ro‘yxati, shuningdek surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilgan muddat, ustidan tergov o‘tkazilgan
shaxsning qamoqda, uy qamog‘ida va tibbiy muassasada bo‘lgan muddati, ashyoviy dalillar,
fuqaroviy da’vo va uni ta’minlash choralari, protsessual chiqimlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar
ilova qilinadi.
(572-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
573-modda. Ishni prokurorga o‘tkazish va sudga oshirish
Oldingi
tahrirga qarang.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishni surishtiruvchi, tergovchi uni
sudga oshirish to‘g‘risidagi qaror bilan birga prokurorga o‘tkazadi.
(573-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Prokuror ish bilan tanishib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Oldingi
tahrirga qarang.
1) ushbu Kodeksning
83
va
84-moddalarida
, (84-moddaning birinchi qismi
2-bandi
bundan
mustasno) nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra ishni tugatish;
(573-modda ikkinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-
193-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
2) qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun ishni surishtiruvchiga, tergovchiga qaytarish;
(573-modda ikkinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-
442-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
3) qarorni tasdiqlab ishni sudga oshirish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish
to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritish.
(573-modda ikkinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-
193-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 509-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |