Asosiy qoidalar


-modda. Taraflarning ayblovning mohiyati yuzasidan takliflari



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

450-modda. Taraflarning ayblovning mohiyati yuzasidan takliflari
Muzokara tamom bo‘lganidan keyin taraflar ushbu Kodeks 457-moddasining birinchi
qismidagi 
1 — 6-bandlarda
nazarda tutilgan masalalar yuzasidan chiqariladigan qarorning o‘zlari
taklif etadigan mazmunini sudga yozma ravishda taqdim etishlari mumkin. Davlat ayblovchisi va
himoyachi uchun qarorning bunday mazmunini sudga taqdim etish majburiydir.
451-modda. Sudlanuvchining oxirgi so‘zi
Taraflarning muzokarasi tamom bo‘lganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga oxirgi so‘z
beradi. Sudlanuvchining oxirgi so‘zi vaqtida unga hech qanday savol berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sud sudlanuvchining oxirgi so‘zini muayyan muddat bilan cheklab qo‘yishi mumkin emas,
lekin raislik qiluvchi sudlanuvchining so‘zini, u ishga mutlaqo aloqasi yo‘q holatlarni bayon qila
boshlagan hollarda, to‘xtatishga haqlidir.
452-modda. Sud tergovini yangidan boshlash
Basharti taraflar muzokaradagi nutqlarida yoki sudlanuvchi oxirgi so‘zida ish uchun muhim
ahamiyatga molik yangi holatlar to‘g‘risida gapirsalar yoki muqaddam tekshirilmagan, lekin ishga
aloqador dalillarni keltirsalar, sud taraflarning iltimoslariga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan sud
tergovini yangidan boshlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Yangidan boshlangan sud tergovi tamom
bo‘lganidan keyin sud taraflarning muzokarasini yangitdan ochadi va sudlanuvchiga oxirgi so‘z
beradi.
453-modda. Sudning qaror qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishi
Sudlanuvchining oxirgi so‘zini eshitib bo‘lganidan so‘ng sud hukm chiqarish yoki ajrim
chiqarish uchun darhol alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi. Bu haqda raislik qiluvchi sud
majlisi zalida hozir bo‘lganlarga e’lon qiladi.
54-bob. HUKM
454-modda. Hukm chiqarish
Sud hukmni O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqaradi.
455-modda. Hukmning qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishi
Hukm qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishi shart.


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
168/232
Hukm qonunning barcha talablariga amal qilingan holda va qonun asosida chiqarilgan bo‘lsa,
qonuniy deb e’tirof etiladi.
Hukm ishning haqiqiy holatlari unda kerakligicha to‘la va yuz berganiga haqiqatan monand
tarzda aniqlangan bo‘lsa, asosli deb e’tirof etiladi.
Hukm aybdorga nisbatan jazo yoki boshqa ta’sir chorasi u sodir etgan jinoyatning ijtimoiy
xavflilik darajasi va uning shaxsi e’tiborga olinib tayinlangan bo‘lsa, aybsiz shaxs esa oqlangan va
reabilitatsiya etilgan bo‘lsa, adolatli deb e’tirof etiladi.
Sud hukmni faqat sud muhokamasida tekshirilgan dalillar bilan asoslaydi.
Sudning hukmda ifodalangan barcha xulosalari asoslantirilgan bo‘lishi lozim.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish