458-modda. Sudlanuvchining ruhiy holati buzilganligi va aqli norasoligi masalasini
muhokama qilish
Surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi vaqtida sudlanuvchining ruhiy holati
buzilganligi va aqli norasoligi haqidagi masala yuzaga kelgan hollarda sud hukm chiqarish chog‘ida
bu masalani yana bir bor muhokama qilishi shart. Sud sudlanuvchi ijtimoiy xavfli qilmishni sodir
etish vaqtida aqli norasolik holatda bo‘lgan yoki uni sodir etganidan keyin o‘z harakatlarining
ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan darajada ruhiy holatining buzilishi
yuzaga kelgan deb topgan taqdirda, ushbu Kodeksning
577-moddasida
nazarda tutilgan ajrimni
chiqaradi.
(458-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
459-modda. Shartli hukm qilingan shaxs ustidan kuzatuv olib borish masalasini
muhokama qilish
Shartli hukm qo‘llanilganda sud shartli hukm qilingan shaxs ustidan kuzatuv olib borishni
kimga yuklatish lozimligini hal qiladi.
Shartli hukm qilish to‘g‘risida jamoat birlashmasi yoki jamoaning iltimosnomasi bo‘lsa, sud
shartli hukm qilingan shaxsning xulq-atvorini kuzatish uchun uni shu birlashma yoki jamoaga
topshirishi mumkin.
460-modda. Sudyalarning maslahatlashuv tartibi
Ish sud tarkibi tomonidan ko‘rilayotgan bo‘lsa, hukm chiqarish oldidan raislik qiluvchi
boshchiligida sudyalarning maslahatlashuvi o‘tkazilib, raislik qiluvchi sud hal qilishi lozim bo‘lgan
savollarni ushbu Kodeksning
457-moddasida
ko‘rsatilgan izchillikda qo‘yadi. Har bir savol shunday
shaklda qo‘yilishi kerakki, toki bu savolga ma’qullovchi, yoki rad etuvchi javob qaytariladigan bo‘lsin.
Javob qaytarganidan so‘ng sudya javobning sabab-asoslarini ifodalashi mumkin.
Har bir savolni hal qilishda sudyalardan hech biri ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas.
Barcha masalalar ovozlarning oddiy ko‘pchiligi bilan hal qilinadi. Raislik qiluvchi hammadan keyin
ovoz beradi.
Birinchi navbatda sudlanuvchining manfaatiga to‘laroq mos keladigan fikr ovozga qo‘yiladi.
Basharti oqlash to‘g‘risida ovoz bergan sudya yoki sudyalar ozchilikni tashkil qilib, boshqa sudyalar
esa jinoyatning tavsifi yoki jazo chorasi to‘g‘risida har xil fikrda bo‘lsalar, oqlash uchun berilgan ovoz
yoki ovozlar Jinoyat
kodeksining
yengilroq jazo chorasini nazarda tutgan tegishli moddasi bo‘yicha
tavsif qilish uchun berilgan ovozga qo‘shiladi.
Ishni sudya ko‘rayotgan bo‘lsa, ushbu Kodeksning
457 — 459-moddalarida
ko‘rsatilgan
masalalarni yakka o‘zi hal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |