Asosiy qoidalar


-modda. Yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini va tergov harakatlari



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

443-modda. Yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini va tergov harakatlari
bayonnomalarini tekshirish
Taraflarning iltimoslariga yoki sudning tashabbusiga ko‘ra raislik qiluvchi, xalq
maslahatchilaridan biri yoki sud majlisining kotibi surishtiruvda va dastlabki tergovda ishga qo‘shib
qo‘yilgan, ish uchun ahamiyatli bo‘lishi ehtimol tutilgan yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini
va tergov harakatlari bayonnomalarini o‘qib eshittiradi.
Sudning talabiga ko‘ra yoki boshqa shaxslarning tashabbuslari bilan taqdim qilingan
hujjatlarni sud o‘qib eshittiradi va taraflarga taqdim qiladi, ular esa shu hujjatlarning ishga
ahamiyati bor-yo‘qligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon qiladilar. So‘ngra sud hujjatlarni ishga qo‘shish
yoki tegishliligiga qarab qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
444-modda. Ko‘zdan kechirish
Sud ko‘zdan kechirishni ushbu Kodeksning 
135 — 141-moddalarida
nazarda tutilgan talablarga
va quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda o‘tkazadi.
Sud surishtiruvda va dastlabki tergovda ishga qo‘shilgan ashyoviy dalillarni, shuningdek
taraflar va boshqa shaxslar bevosita sud muhokamasida taqdim etgan narsalarni sud majlisi zalida
taraflarning ishtirokida ko‘zdan kechiradi. Sud ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga ekspertlarni,
mutaxassislarni, guvohlarni ham jalb etishi mumkin.
Sud joy, binolar, inshootlar, xonalarni, shuningdek sud majlisi zaliga keltirib bo‘lmaydigan
transport vositalari va boshqa obyektlarni ular turgan joyga borib ushbu moddaning 
ikkinchi
qismida 
nazarda tutilgan shaxslar ishtirokida ko‘zdan kechiradi.
445-modda. Guvohlantirish
Sud tergovida guvohlantirishni sud ushbu Kodeksning 
142 — 147-moddalarida 
nazarda
tutilgan talablarga hamda quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda o‘tkazadi.
Guvohlantirish yechintirib yalang‘ochlash bilan bog‘liq bo‘lsa, alohida xonada shifokor yoki
boshqa mutaxassis tomonidan, guvohlantirilayotgan shaxsning jinsidagi xolislar ishtirokida
o‘tkaziladi. Guvohlantirish o‘tkazib bo‘linganidan so‘ng protsessning mazkur ishtirokchilari sud
majlisi zaliga qaytib kiradilar va u erda taraflarning, guvohlantirilgan shaxsning va xolislarning
ishtirokida shifokor yoki boshqa mutaxassis guvohlantirilgan shaxsning badanida izlar yoki belgilar
aniqlangan bo‘lsa, shu xususda axborot beradi hamda taraflarning, sudyalarning savollariga javob


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
166/232
beradi. Bu ma’lumotlar, shuningdek guvohlantirilgan shaxsning hamda xolislarning mulohaza va
tushuntirishlari sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yiladi va ular shifokorning, boshqa
mutaxassisning, guvohlantirilgan shaxsning va xolislarning imzolari bilan tasdiqlanadi.

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish