Asosiy qoidalar


-bob. SUD MUHOKAMASINING UMUMIY ShARTLARI



Download 6,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/335
Sana29.05.2022
Hajmi6,36 Mb.
#615419
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   335
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

50-bob. SUD MUHOKAMASINING UMUMIY ShARTLARI
406-modda. Jinoyat ishini muhokama qilish chog‘ida sud tarkibining o‘zgarmasligi
Har bir jinoyat ishi bir tarkibdagi sud yoki bir sudya tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.
407-modda. Zaxiradagi xalq maslahatchisi
Basharti ishni muhokama qilish uzoq vaqt talab qiladigan bo‘lsa, ishda zaxiradagi xalq
maslahatchisi qatnashishi mumkin bo‘lib, u ishni muhokama qilish boshlangan paytdan e’tiboran
sud majlisi zalida hozir bo‘ladi va sudyaning huquqlaridan foydalanadi, sud maslahatlashuvlarida va
ish bo‘yicha qaror chiqarish vaqtida qatnashish huquqi bundan mustasno.
Xalq maslahatchisi sud tarkibidan chiqib ketgan taqdirda zaxiradagi xalq maslahatchisi uning
o‘rnini egallaydi va ishni muhokama qilish davom etadi.
408-modda. Sud majlisida raislik qiluvchi
Sud majlisida shu sudning raisi, uning o‘rinbosari yoki sudya raislik qiladi.
Raislik qiluvchi sud majlisiga rahbarlik qiladi, ishning barcha holatlarini sinchkovlik bilan, har
tomonlama, to‘la va xolisona tekshirish hamda haqiqatni aniqlash uchun ushbu Kodeksda nazarda
tutilgan hamma choralarni ko‘radi, ko‘rilayotgan ishga aloqasi bo‘lmagan holatlarni sud
muhokamasiga kiritmaydi.
Raislik qiluvchi sud majlisi zalida tartibga rioya qilinishini ta’minlaydi. Uning farmoyishlari
taraflar va barcha hozir bo‘lganlar uchun majburiydir.
Taraflardan yoki boshqa shaxslardan birortasi raislik qiluvchining harakatlariga e’tiroz
bildirgan taqdirda bu e’tirozlar sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yiladi.
15
1


08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
155/232
409-modda. Sud muhokamasida prokurorning ishtiroki
Prokuror birinchi instansiya sudlarida jinoyatlarga doir ishlarni ko‘rishda ishtirok etib, davlat
ayblovini quvvatlaydi, dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, sudlanuvchilarga, jabrlanuvchilar,
guvohlar, ekspertlar va sudga taklif etilgan boshqa shaxslarga savollar beradi, Jinoyat 
kodeksining
normalarini qo‘llash, sudlanuvchining harakatlarini tavsiflash, unga jazo turini va me’yorini tayinlash
to‘g‘risida hamda sud hal etishi lozim bo‘lgan boshqa masalalar yuzasidan o‘z fikrini bayon qiladi,
jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar haqida hamda ularni
bartaraf etishga qaratilgan choralar xususida o‘z fikrini bildiradi.
Prokuror davlat ayblovini quvvatlar ekan, ushbu Kodeksning, O‘zbekiston Respublikasi boshqa
qonunlarining talablariga va ishning barcha holatlarini qarab chiqishga asoslangan o‘z ishonchiga
amal qiladi.
Sud tergovi ma’lumotlari asosida prokuror sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblovni o‘zgartirish zarur
degan xulosaga kelsa, u bu haqda sudga asoslantirilgan bayonot berishi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud muhokamasi natijasida prokuror sud tergovi ma’lumotlari sudlanuvchining aybsizligidan
dalolat beradi degan ishonchga kelsa, u ayblovdan voz kechishi va voz kechish sabablarini sudga
bayon qilishi shart. Prokurorning ayblovdan voz kechishi sud tomonidan jinoyat ishini reabilitatsiya
asoslariga ko‘ra tugatishga sabab bo‘ladi.
(409-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Prokuror ayblovning mazmunini o‘zgartirish yoki ayblovdan voz kechish sabablari xususidagi
fikrini sudga yozma ravishda taqdim etishi shart.
Prokuror, basharti fuqarolarning huquqlarini va jamiyat manfaatlarini muhofaza etish
maqsadlari talab qilsa, da’vo qo‘zg‘atadi yoki jabrlanuvchi tomonidan qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da’voni
quvvatlaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Prokuror jinoyat ishlarini ko‘rishda yoki hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni yoxud
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda boshqa masalalarni hal etishda apellatsiya, kassatsiya
instansiyasi sudida ishtirok etadi.
(409-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)

Download 6,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish