424-modda. Sud majlisining tartibi
Sudyalar kirib kelayotganda sud majlisi zalida hozir bo‘lganlarning hammasi o‘rinlaridan
turadilar.
Sud protsessining barcha ishtirokchilari sudga tik turgan holda murojaat qiladilar, ko‘rsatuvlar
beradilar va bayonotlar qiladilar. Ushbu qoidadan faqat raislik qiluvchining ruxsati bilangina chetga
chiqilishi mumkin.
Sud protsessining barcha ishtirokchilari, shuningdek sud zalida hozir bo‘lgan barcha shaxslar
raislik qiluvchining sud majlisida belgilangan tartibga rioya qilish to‘g‘risidagi farmoyishlarini so‘zsiz
bajarishlari lozim.
1
1
08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
161/232
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar, basharti ular sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh bo‘lmasalar,
sud majlisi zaliga kiritilmaydilar.
425-modda. Sud majlisida tartibni buzuvchilarga nisbatan qo‘llaniladigan choralar
Tartibbuzar sud majlisida tartibni buzganida, raislik qiluvchining farmoyishiga
bo‘ysunmaganida yoki sudga hurmatsizlik qilganida unga nisbatan ushbu Kodeksning
272-
moddasida
nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi.
426-modda. Sud majlisining bayonnomasi
Oldingi
tahrirga qarang.
Sud muhokamasi vaqtida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning
90 — 92-moddalarida
nazarda tutilgan qoidalar asosida bayonnoma yuritadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Bayonnoma qo‘lda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bayonnomaning to‘liq bo‘lishini
ta’minlash uchun audioyozuv vositalaridan, stenogramma yuritishdan foydalanish mumkin.
(426-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: sud ishining raqami; majlisning joyi
va sanasi, majlis boshlangan va tamom bo‘lgan vaqt ko‘rsatilgan holda; sudning nomi va tarkibi; sud
majlisining kotibi, tarjimon, ayblovchi, himoyachi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va uning vakili,
fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, shuningdek sud chaqirgan boshqa
shaxslar; ko‘rilayotgan ish; sudlanuvchining shaxsiga doir ma’lumotlar; hozir bo‘lgan va hozir
bo‘lmagan guvohlar hamda ularning kelmaganlik sabablari. Bayonnomada: raislik qiluvchining
barcha farmoyishlari ko‘rsatiladi va sudning harakatlari qanday tartibda o‘tgan bo‘lsa, shu tartibda
yoziladi; ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ariza va iltimosnomalari; sudlanuvchi, jabrlanuvchi va
guvohlar ko‘rsatuvlarining batafsil mazmuni; berilgan savollarga ekspertning javoblari; sud
muzokaralarining ketma-ketligi, sud muzokaralarida ishtirok etgan shaxslarning xulosalari hamda
sudlanuvchi oxirgi so‘zining mazmuni; basharti jinoyat protsessi ishtirokchilari iltimos qilsa, ishni
ko‘rish paytida yuz bergan holatlar to‘g‘risidagi arzlar aks ettiriladi.
(426-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida
ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganlardan tashqari:
sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilganligi haqidagi;
texnika vositalari to‘g‘risidagi;
sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashayotgan sud va xodimlar
haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasiga sud
majlisida yozib olish texnika vositalaridan foydalanilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
Audio- va videoyozuv saqlanayotgan elektron yoki boshqa manbalar sud majlisi
bayonnomasiga ilova qilinadi, unda ushbu vositalar qo‘llanilganligi haqida belgi qo‘yiladi.
Sud zarur deb topgan hollarda, guvohlar va jabrlanuvchilar sud majlisining bayonnomasidagi
o‘zi bergan ko‘rsatuvlarni imzolaydi.
Sud majlisining bayonnomasi raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanadi.
Sud majlisi bayonnomasining mazmuni bo‘yicha raislik qiluvchi bilan sud majlisining kotibi
o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lgan taqdirda, kotib o‘z mulohazalarini bayonnomaga ilova qilishi shart,
bu mulohazalar sud tarkibi tomonidan ko‘riladi. Ushbu masala yuzasidan ajrim chiqarilib,
bayonnomaga ilova qilinadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Sud majlisining bayonnomasi hukm chiqarilgan kunning ertasidan, murakkab ishlar bo‘yicha
esa uch sutkadan kechiktirmay imzolanishi kerak.
08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
162/232
(426-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Taraflar bayonnomaning va sud majlisi audioyozuvining ko‘chirma nusxalarini o‘z hisobidan
olishga haqli.
(426-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |