08.05.2022, 17:51
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi
https://lex.uz/docs/-111460
12/232
11) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish
sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari —
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini
vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquqbuzarliklarga
doir ishlar bo‘yicha.
Oldingi
tahrirga qarang.
(39 -modda birinchi qismining 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-
583-sonli
Qonuniga
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y.,
03/19/583/4016-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
13) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi bo‘linmalari — qonun bilan
ularning ish yuritishiga berilgan ishlar bo‘yicha.
(39 -moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-iyuldagi O‘RQ-548-sonli
Qonuniga
asosan o‘n uchinchi band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
09.07.2019-y., 03/19/548/3395-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
14) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati — uning yurituviga taalluqli
ishlar bo‘yicha.
(39 -moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli
Qonuniga
asosan o‘n to‘rtinchi band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar zimmasiga zarur choralar ko‘rish
vazifasi, shu jumladan jinoyat alomatlarini va jinoyat
sodir etgan shaxslarni topish, ushbu
Kodeksning qoidalariga muvofiq tekshirib chiqilganidan so‘ng jinoyat ishi yuzasidan dalil tariqasida
foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash maqsadida ilmiy-texnika vositalaridan
foydalangan holda, zarur choralar ko‘rish vazifasi yuklatiladi. Ichki ishlar,
davlat xavfsizlik xizmati,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, davlat bojxona xizmati organlari,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ularning joylardagi bo‘linmalari shu
maqsadda tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishga haqli.
(39 -moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Tezkor-qidiruv faoliyatini o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.
(39 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: