Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Ta’tillarni berish tartibi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/237
Sana29.04.2020
Hajmi0,88 Mb.
#48122
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   237
Bog'liq
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (1)

143-modda. Ta’tillarni berish tartibi

Yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun olti oy ishlangandan keyin beriladi.

Ish yili mehnat shartnomasiga binoan ish boshlangan kundan e’tiboran hisoblanadi.

Ta’til quyidagi xodimlarga ularning xohishi bo‘yicha olti oy o‘tmasdan oldin beriladi:

ayollarga — homiladorlik va tug‘ish ta’tili oldidan yoki undan keyin;

I va II guruh nogironlariga;

o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga;

Oldingi tahrirga qarang.

muddatli  harbiy  xizmatdan  rezervga  bo‘shatilgan  va  ishga  joylashgan  harbiy

xizmatchilarga;

(143-modda  uchinchi  qismining  beshinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2009-yil  22-

dekabrdagi O‘RQ-238-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-modda)

o‘rindoshlik  asosida  ishlayotganlarga  —  asosiy  ish  joyidagi  ta’til  bilan  bir  vaqtda,

o‘rindoshlik asosida ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘lagan holda;

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-sonli qarori

bilan  tasdiqlangan  “O‘rindoshlik  asosida  hamda  bir  necha  kasbda  va  lavozimda  ishlash  tartibi

to‘g‘risida”gi nizomning 16 va 17-bandlari.

Oldingi tahrirga qarang.

ishlab  chiqarishdan  ajralmagan  holda  umumiy  ta’lim  maktablarida,  oliy  va  o‘rta

maxsus,  kasb-hunar  o‘quv  yurtlarida,  kadrlarning  malakasini  oshirish,  ularni  tayyorlash  va

qayta tayyorlash institutlari va kurslarida o‘qiyotganlarga, agar ular o‘zlarining yillik ta’tillarini




imtihonlar,  sinovlar  (zachyotlar)  topshirish,  diplom,  kurs,  laboratoriya  va  boshqa  o‘quv

ishlarini bajarish vaqtiga to‘g‘rilab olishni xohlasalar;



(143-modda  uchinchi  qismining  yettinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2009-yil  24-

dekabrdagi O‘RQ-239-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 554-modda)

texnologiyadagi,  ishlab  chiqarish  va  mehnatni  tashkil  etishdagi  o‘zgarishlar,  xodimlar

soni (shtati) yoki ishlar xususiyati o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud

korxonaning  tugatilganligi  munosabati  bilan  ishdan  ozod  etilgan  xodimlarga  (100-modda

ikkinchi qismining 1-bandi).

Oldingi tahrirga qarang.

Maktablar,  oliy  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  o‘quv  yurtlari,  kadrlarning  malakasini

oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari va kurslarining muallimlar tarkibiga

birinchi ish yilida yillik ta’til ularning mazkur o‘quv yurtiga ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar

haqiqiy  ishlagan  vaqtiga  mutanosib  ravishda  haq  to‘lagan  holda  yozgi  ta’til  davrida  to‘liq

beriladi.



(143-moddaning  to‘rtinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2009-yil  24-dekabrdagi  O‘RQ-239-

sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 554-modda)

Ta’til har yili, shu ta’til berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi lozim.

Ishlab  chiqarish  tusidagi  sabablarga  ko‘ra  joriy  yilda  ta’tilni  to‘liq  berish  imkoni

bo‘lmagan  alohida  hollarda,  xodimning  roziligi  bilan  ta’tilning  o‘n  ikki  ish  kunidan  ortiq

bo‘lgan  qismi  keyingi  ish  yiliga  ko‘chirilishi  mumkin,  shu  yili  undan  albatta  foydalanilmog‘i

lozim.


O‘n  sakkiz  yoshga  to‘lmagan  xodimlarga  yillik  ta’tilni,  shuningdek  ushbu  Kodeksning

137-moddasida ko‘rsatilgan yillik qo‘shimcha ta’tillarni bermaslik taqiqlanadi.

Yillik asosiy ta’til ikkinchi va undan keyingi ish yillari uchun ta’tillar jadvaliga muvofiq

ish yilining istalgan vaqtida beriladi.




Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish