Anionlaaro gidrolizlanish.Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuzlar anionlararo gidrolizlanadi. Bu tipdagi tuzlar gidrolizlanganda tuz tarkibidagi kuchsiz kislota anionlari suvning H+ ionlari bilan birikib, kam dissosilanadigan birikmalar hosil qiladi,natijada eritmadagi H+ ionlarining konsentrasiyasi kamayib,OH-ionlarining konsentrasiyasi ortadi. Gidroksid ion-larining konsentrasiyasi ortgani uchun eritma ishqoriy muhitga ega bo`ladi, masalan:
CH3 COONa + H2O CH3COOH +NaOH
CH COO- + H2O CH3COOH + OH- (PH>7)
Kuchli asos va ko`p negizli kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizi qam bosqichli sodir bo`lib, oddiy sharoitda faqat birinchi bosqichda yaxshi boradi.va bunda nordon tuz hosil bo`ladi, masalan:
. K2CO3 +H2O KHCO3 + KOH
CO32- +H2O HCO-3 + OH- (pH>7)
KHCO3 + H2O H2CO3 +KOH
HCO3- +H2O H2CO3 +OH- (PH>7)
Do'stlaringiz bilan baham: |