III. Xulosa
O‘zbek nasri taraqqiyotini izchil kuzatganda o‘zigaxos ijodiy tamoyillari shakllangan adiblar u qadar ko‘p emasligini anglashmumkin. Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor kabi betakror iste’dod sohiblari qatoriga boshqa zamondosh yozuvchilardan dastavval Shukur Xolmirzayevni qo‘yishiga uning asarlari, xususan birgina hikoyalarining o‘ziyoq adabiy dalil bo‘lib xizmat qiladi. Shukur Xolmirzayev ijodi – o‘zbek hikoyachiligida katta maktab hisoblanadi. Tabiat va inson muammolarini yoritgan asarlarida Shukur Xolmirzayev o‘z yurti tabiatini ko‘z-ko‘z qiladi, ana shu yurt tabiatiga mehr qo‘ygan, uni asrab avaylagan shaydoyi kishilarni o‘ziga yaqin oladi va ulug‘layd i; o‘z ne’matlarini tuhfa etgan tabiat boyliklaridan nooqil foydalanib, shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lgan kishilar fojiasini fosh etadi. Sh. Xolmirzayevning o‘ziga xos uslubga ega yozuvchi ekani barchaga ma’lum. Tabiiyki, bu betakror adabiy uslub asardan asarga o‘sib, taraqqiy topgan va har bir burilish nuqtasida u yangi sifatlar kasb etib mukallashib borgan.
Shukur Xolmirzayev o‘zbek hikoyachilik san’atining ustozi Abdulla Qahhordan keyin yangi, yuqori bosqichga ko‘targan yozuvchilardan biridir. Uning hikoya, qissa va romanlari tesha tegmagan voqealarga bag‘ishlanganligi, xarakterlarga boyligi bilan ajralib turadi. Shukur Xolmirzayev hikoyalaridagi obrazlarga alohida ahamiyat qaratdi. Ularni samimiy va tabiiy qiyofada aks ettirishga intildi. U yaratgan hikoyalarda ayniqsa bola obrazi alohida ahamiyat kasb etdi.
Adib hikoyalarida tabiat tasviri muayyan estetik vazifani bajaradi. U faqatgina tabiat dunyosining bir bo‘lagi emas, balki qahramon dunyoqarashining va insoniy go‘zalligining shakllanishida o‘z ta’sirini ko‘rsatuvchi poetik vosita hamdir. Inson va tabiat muammosi Sh.Xolmirzayevning ayrim hikoyalari mavzusiga tegishli mavsumiy hodisa emas. Bu munosabatlar tizimida yozuvchi Inson va tabiatning o‘z vazifasi, asardagi o‘rni va jamiyatdagi mantig‘ini tushuntirib berishga erishgan.Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, Shukur Xolmirzayev ijodining dastlabki bosqichida o‘zi aytganiday klassiklarga ergashgan va bunda ularning ta’siri katta bo‘lgan. Shu bilan birga Sh.Xolmirzayev J.London, R.Tagor, A.Chexov yoki A.Qahhorlarning quruq o‘zlashtiruvchisi emas, balki badiiy so‘z san’atini milliy zaminda boyitishga harakat qildi. Shukur Xolmirzayev shaklan an’anaviy yo‘lda mazmunan yangi qahramonlar yaratdi. Sh.Xolmirzayev asarlarini o‘qib, so‘ng yozuvchi voyaga yetgan Surxon vohasiga, Boysun tog‘lariga, bepoyon dashtlariga qadami tushgan kishi undagi manzara, rangbaranglikni ko‘radi, ajib ohanglarni eshitadi, ularning ha mmasi ana shu yuragida hayot, tiriklik «tepib turgan» tabiatning «issiq» bag‘ridan olinganini baralla sezadi. Shukur Xolmirzayevning o‘zi hayotni teran anglagan, insoniyat ruhiyatidagi o‘zgarishni seza oladigan inson edi. Shuning uchun ham u asarlarida tabiat qonuniyatlari asosida ish ko‘radi, bu tabiiylik hech qachon buzilmasligi kerakligi, buzilgan taqdirda katta falokatlar, fojialar keltirib chiqarishi mumkinligi haqidagi xulosalar chiqaradi.
Adibning “Qorbobo keladi” hikoyasida bola obrazi ruhiyati ifoda etilgan. U bola bo‘lganda ham juda sodda, ishonuvchan, qalbi pok, orzu qilgan narsalarini o‘zi xohlaganday tasavvur qiladigan va shunga o‘zi ham ishonadigan obraz sifatida tasvirlangan.
Yozuvchining “Bahor” hikoyasida esa tog‘li hududlarda yashovchi, qalbida ilk muhabbat kurtak otayotgan va bu ayni bahor faslida daraxtlar uyg‘onib, barg yozayotgan fasl tasvirlanib hikoyaga yanada joziba bergan.
Shukur Xolmirzayev adabiyotga Surxon koloritini, tabiati, havosini olib kirgan yozuvchi. Olib kirganda ham betakror uslubda zavq bilan ifodalay oldi. Ana shundan, u o‘zbek hikoyanavisligida o‘ziga xos mustahkam cho‘qqi yaratdi. Ayniqsa, “Zov ostida adashuv” hikoyasini nafis so‘z ila yaratilgan san’at asari deyish t o‘g‘ri bo‘ladi. Bundan tashqari, “Omon ovchining o‘limi”, “Bandi burgut”, “Ot o‘g‘risi” singari hikoyalari orqali Shukur Xolmirzayev o‘zbek hikoyachiligida o‘ziga xos maktab barpo etdi.
O‘zbek adabiyotida tabiat va inson mavzui alohida yoritilgan asarlar kam uchraydi, ayniqsa, yozuvchi ijodining salmoqli qismi bu mavzuga bag‘ishlangan jihat Shukur Xolmirzayevgagina xosdir. Shu jihatdan yozuvchi ijodida tabiat va inson tasvirining badiiy tadqiq etilishi uning ijodining o‘ziga xos qirralari haqida ham ilmiy xulosalar berishga imkon beradi.
“Jo‘raboshi” hikoyasi o‘zlarini ko‘chaning “xo‘jayinlari” deb, biluvchi bir guruh, har xil yoshdagi bolalarning hayotidan olingan haqqoniy lavhadir. “Ko‘cha xo‘jayinlari” ning boshlig‘i Habibulla ismli bola bo‘lib, u harbiy xizmatga ketish arafasida o‘z “ishchilari” bilan xayrlashishi, ularga vazifalar tayinlashi arafasida ulardagi ruhiyatning o‘zgarishi orqali bolalar hayotini tasvirlaydi. Bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik davri va ular bilan xayrlashuv sifatida ifoda etiladi.
Yozuvchi hikoyalarida murg‘ak bolaning ko‘nglidan o‘tayotgan tuyg‘ularni mahorat bilan ochib bergan. Ko‘ngil oynasi bir sinsa, yoki lat yesa qayta tuzatib bo‘lmaydigan, shisha misoli. Ko‘ngil bir ozor yesa o‘z holiga kelishi, avvalgiday bo‘lishi qiyin. Shukur Xolmirzayev bola obrazini yaratar ekan bu jihatlarni ham yoddan chiqarmaydi va uni mahorat bilan ko‘rsata oladi. Xullas, Shukur Xolmirzayev o‘ndan ortiq hikoyalarida bola obrazini yaratgan. Bolalarga xos bo‘lgan ruhiy kechinmlalar, hissiyotlar, ularni larzaga solgan hodisa va voqealar bola tilidan ifoda etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |