Asosiy qism: O‘zbek adabiyotida Sh. Xolmirzayev ijodining o‘rni



Download 62,33 Kb.
bet1/6
Sana31.12.2021
Hajmi62,33 Kb.
#224002
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi


  1. Kirish.



  1. Asosiy qism:



  1. O‘zbek adabiyotida Sh. Xolmirzayev ijodining o‘rni.



  1. Shukur Xolmirzayev hikoyalarida bola xarakteri.



  1. Adib hikoyalarida bola va tabiat munosabati.



  1. Xulosa.



  1. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.



I.Kirish

Yurtimizda mustaqillik qo‘lga kiritilgach, barcha sohalarda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jumladan, o‘zbek adabiyoti ham bir qancha imkoniyatlarni, qulayliklarni qo‘lga kiritdi. Shulardan eng birinchisi ijod erkinligidir. Endi badiiy ijodda man etilgan mavzularga barham berildi. Ijodkorlar istagan mavzusida o‘z xohishi bilan asarlar yozish huquqiga ega bo‘ldi. O‘zbek adabiyotshunosligida ham ana shunday erkinliklar qo‘lga kiritildi. Adabiy merosga, qadimiy qadriyatlarga munosabat o‘zgardi. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan barcha madaniy yodgorliklar yana xalqimizning ma’naviyatini ko‘tarishda qo‘llana boshladi.

O‘zbek adabiyotida o‘zining salmoqli o‘rniga ega bo‘lgan yozuvchi Shukur Xolmirzayev ijodi, ayniqsa, uning o‘zida qiyin bir davrni aks ettira olgan hikoyalari haqida o‘zbek adabiyotshunosligida qilingan ilmiy tadqiqotlar ushbu ishning asosiy tadqiqot obyekti qilib olindi.Yozuvchi asarlari mustaqillikgacha davrda ba’zi sabablarga ko‘ra adabiyotshunoslar tomonidan o‘rganilmay qolgan edi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng barcha sohalarda bo‘lgan yangilanishlar kabi o‘zbek adabiyotida ham birmuncha o‘zgarishlar bo‘ldi. O‘rganilmay qolgan asarlar o‘rganila boshladi.

Shukur Xolmirzayev ijodi yuzasidan ko‘plab maqolalar va tadqiqotlar, jumladan, N.Karimovning «Shukur Xolmirzayev ijodiy portreti» risolasi, akademik B.Nazarovning «Shukur Xolmirzayev» nomli ijodiy portreti yaratilgan. Bundan tashqari yozuvchi hikoyalari haqida U.Normatov, S.Mamajonov, Q.Yo‘ldoshev, H.Boltaboyev, O.Otaxonov, R.Qo‘chqorovlarning, adibning qissalari to‘g‘risida to‘g‘risida M.Qo‘shjonov, A.Rasulov, M.Olimov; romanlari haqi da U.Normatov, O.Tog‘ayev, I.G‘afurov, S.Sodiqov va boshqa adabiyotshunos olimlarning maqolalari e’lon qilingan. Biroq bu tadqiqot va maqolalarda Sh. Xolmirzayev ijodining ayrim qirralari yoritilgan edi. Jumladan, yozuvchi Shukur Xolmirzayev asarlariga ham adabiyotshunoslar e’tibor qarata boshladilar. Jumladan, S. Mirzayevning “XX asr o‘zbek adabiyoti”, Sobir Mirvaliyevning “O‘zbek adiblari” asarlarida yozuvchi ijodiga e’tibor qaratilgan Sh. Xolmirzayevaning tashabbusi bilan yozuvchi hikoyalari u tamonidan nashr etildi. Sh.Doniyorova esa adib hikoyalari asosida ilmiy tadqiqot ishini yaratdi.

Bundan tashqari, “Shukur Xolmirzayev zamondoshlari xotirasida” (2010) kitobida Shukur Xolmirzayevga zamondosh ko‘plab adabiyotshunoslar tomonidan adib mahoratining, yetuklik darajasining o‘ziga xos tomonlari haqidagi noyob xotiralari jamlangan. Olim Toshboyevning “Abadiy zamondosh” (2018) kitobida yozuvchi asarlarining yozilish tarixi, sababi, yozuvchi shaxsiyati haqida fikr yuritiladi.

Yangi o‘zbek adabiyoti xalq va jamiyat hayotining о’ziga xobadiiy tarixi — yilnomasidir.Uning asosiy tasvir obvekti borliq hayot yangi voqelikdir. Binobarin, bu adabiyotning mavzu va mundarijasidir. U bevosita yangi hayotni aks ettiradi. Bu adabiyot hayotdagi barcha muhim voqealarga faol aralashadi va ular haqida о’z fikrini obrazli qilib aytadi. Kо’p qirrali hayotning hech bir muhim voqea-hodisasi yo‘qki, adabiyotimizda о’z ifodasini topmagan bo‘lsin. Yangi о’zbek adabiyotining mavzular doirasi va g‘oyaviy mazmuni yangi bo‘lgani singari uning asosiy qahramonlari ham yangidir. Bu adabiyotning asosiy qahramonlari, kо’p hollarda, ishchilar, dehqonlar, ziyolilardir. Bunday qahramonlar orqali adabiyotda xalqimizning oliyjanob fazilatlari, uning yaratuvchilik, bu yodkorlik faoliyati, jamiyatni rivojlantirish yo‘lida olib borgan kurashlari ochib beriladi.

Ma’lumki, Shukur Xolmirzayev ijodi mustaqillikning ilk kunlaridan o‘rganila boshladi. Yozuvchining asarlarida, ayniqsa, hikoyalarida o‘sha davr muhiti o‘z aksini topganiligi bois bu asarlar o‘z vaqtida o‘rganilmay qolgan. Ammo mustaqillik davriga kelib yozuvchining asarlari haqiqiy bahosini oldi. Uning ochilmagan turli qirralari tanqidchilik tamonidan ochib berildi. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi o‘zidan oldingi davrlar adabiyotidan keskin farq qiladi. Qadimda, asosan, sharq adabiyoti bilan aloqada bo‘lgan o‘zbek adabiyoti bu davrga kelib jahonning qarib barcha xalqlari adabiyoti bilan muhim aloqalar o‘rnatdi. Bugungi globallashuv davrida adabiyotimiz aloqalari yanada kuchaydi.


Download 62,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish