Asosiy qism: O‘zbek adabiyotida Sh. Xolmirzayev ijodining o‘rni


Adib hikoyalarida bola va tabiat munosabati



Download 62,33 Kb.
bet4/6
Sana31.12.2021
Hajmi62,33 Kb.
#224002
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi

Adib hikoyalarida bola va tabiat munosabati

Sh.Xolmirzayev jahonning mashhur yozuvchilari qatorida, ularga bo‘ylasha oladigan darajada tabiat mavzusida takrorlanmas asarlar yaratdiki, bu yozuvchi ijodining alohida bo‘rtib ko‘rinib turuvchi bir qirrasidir. Mana shu sababdan ham katta imkoniyati tufayli tabiat qonunlari, hayvonlarning yashash tarzlari, har bir giyohning o‘ziga xos xususiyatlari haqida puxta bilimga ega. Bu jihatdan J.London, E.Xeminguey, S.Tompson asarlarining yozuvchi ijodiga ta’siri ham katgadir. Tanqidchi U.Normatov «Zaminda yashaymiz, zaminni o‘ylaymiz» maqolasida Sh.Xolmirzayev hikoyalariga xos mazkur xususiyat haqida shunday deydi: «Inson va tabiat munosabati Sh.Xolmirzayev hikoyalarining yetakchi leytmotiviga aylanib qoldi. Shunisi xarakterliki, yozuvchining so‘nggi yillarda yaratgan deyarli barcha hikoyalari shu mavzu atrofida aylansa-da, ular bir-birini takrorlamaydi, har gal avtor masalaning yangi qirrasini kashf etadi, yangi xarakter yaratadi, xarakter qalbining yangi tomonini ochadi...». Shu nuqtai nazardan yozuvchining inson va tabiat mavzuidagi hikoyalarini ko‘zdan kechirsak, inson xarakterining qanchalar murakkab ekanligi, bu murakkabliklar, uning hatto, tabiatga munosabatlarida ham namoyon bo‘lishini ko‘rish mumkin.

Sh.Xolmirzayev hikoyalarida tadqiq etilgan inson va tabiatning o‘zaro aloqasi masalasi yozuvchi ijodiy evolyusiyasining deyarli barcha bosqichlarida asosiy o‘rinni egallaydi. Bunday hikoyalarning bir qismida tabiatni asrab- avaylash haqida gap ketsa, boshqa bir guruhida tabiat go‘zalliklarini tasvirlash bilan birga, inson va tabiat munosabatlari go‘zallitini tarannum etuvchi asarlar ko‘proq o‘rinni egallagani ko‘rinadi, chunki yozuvchi insonda tabiatga munosabat orqali yaxshilikni, ezgulikni, katta bir mehrni ko‘rishni istaydi. Bu hol, ayniqsa, inson va hayvonot dunyosi, inson va o‘simliklar olami tasvirida yaqqol ko‘rinadi.

Yozuvchining “Bandi burgut” nomli hikoya bola tilidan aytilgan. U o‘z boshidan kechirganlarina xotirlab, bizga iloji boricha o‘z holicha aytib berishga harakat qilgan:

“O‘shanda bir qarich jujuq edim. Teng –tushlar bilan yozda tuproq changitib, qishda qorbo‘ron o‘ynab, bahor kezlarida ham o‘ziga xos ermaklar topib yurgan beg‘am, baxtiyor chog‘larim edi. Biz ayniqsa, ko‘klam kezlarida to‘rt-beshta bo‘lvolishib, poliz paykallarida izg‘ib yurardik. O‘tgan yildan qolib ketgan sabzi bormi, lavlagi, kartoshka bormi- kavlab olib, qishloqning chetidagi bir g‘arib dala shiyponiga borib o‘t yoqib uning qo‘riga tapgan-tutganimizni ko‘mib-pishirib yer edik. Qo‘llarimiz, og‘iz-burnimiz qorayib, bir-birimizdan kulib, maza qilib o‘tirardik. Shunday o‘tirishlarning birida havo aynib qoldi. Qop-qora, xunik uvada bulutlar tepamizni bir zumda qoplab oldi-da, xudoning qudrati bilan tuxumdek-tuxumdek do‘l yog‘a ketdi. Buning ustiga, osmon darz ketgandek momaqaldiroq qarsillaydi, chaqmoq chaqadi. O, inson bunday paytda ojizligini nechog‘lik aniq sezadi. Bu samoviy kuchlar qarshisida yo‘q bo‘lib ketadigandek sezasan o‘zingni.”1

Tabiat hodisalari ba’zi o‘simlik va hayvonlarga zarar keltirishi ham mumkin, chunki har narsaning me’yordan ortishi yaxshilikka olib kelmaydi. Bahorda yomg‘ir yog‘ishidan oldin chaqmoq chaqishi bo‘ladi. Endi kurtak qilib gullayotgan daraxtlar chaqmoqdan chaqnayotgan chaqin hisobiga nobud bo‘lishi mumkin, ba’zan daraxtlarning butun boshicha yonib, kul bo‘lganini uchratish mumkin. Bunday vaziyatda barcha jonli narsalar o‘zini panaga uradi. Odamlar uylariga kirib jon saqlashlari mumkin, ammo hayvonot olami nima qiladi, ular qayerga boradi? To‘g‘ri, ba’zi hayvonlar tog‘-toshlar orasiga yashirinib jon saqlashlari mumkin, ammo hammasi ham emas. Bunday tabiat ofatlaridan qushlar ko‘p aziyat chekishadi. Ularning jon saqlash maqsadida yashirinadigan joylari daraxtlarning shox-shabbalari bo‘ladi. Chaqmoq ham tez uradigan narsa o‘sha shoxshabbalardir. Demak, ular qushlarga boshpana vazifasini o‘tayolmaydi. Hikoyada ham shu holga tushgan burgut bolasi haqida gap boradi. Kuchli jala paytida bir daraxtga burgut bolasi kelib qo‘nadi. Uning qanotlari xo‘l bo‘lgani uchun balandroq ucha olmas edi. Saldan keyin u qishloq tomonga uchib ketadi. Bolalar uni tutishga harakat qilib qishloqqa yugurishadi.

Inson zotida bir xislat bor. Bu noyob narsalarni ko‘rganda o‘ziniki bo‘lishini istashidir. Unga ega bo‘lgach nima qilmoqchi ekanligini esa doimo ham o‘ylab ko‘ravermaydi. Qahramonlarimiz ham hozirda hech qanday maqsadsiz burgutning ortidan quvlashmoqda. “Biz tapir-tapir qilib tashqariga chiqdik. Ixtiyorsiz bir tarzda bilardikki, bu qush bora-bora tag‘in bir daraxtga qo‘nardi. Unga odamlarning ko‘zlari tushadi: tabiiyki, uni tutishga harakat qilishadi. Nima uchun? O‘zlari ham bilmasa kerak… Ha-ha, biz ham unga ega bo‘lishni istardik, xolos.”

Burgut bolasi To‘raqullarning hovlilariga tushgan edi. Keyinroq uni Rais boboning o‘g‘li Yo‘ldosh ko‘rib qolib uyiga olib ketadi. Burgut bahona hikoyachi bola Yo‘ldoshlarning uyiga tez-tez boradigan bo‘ladi.

Rais bobo jiddiy va qahrli kishi bo‘ladi. U hayvonlardan tulum qilishni xush ko‘-rardi. Yo‘ldosh bolaga turli hayvonlar Tulum qilingan xonani ko‘rsatadi:

“Yo‘ldosh mening mulohazamdan zavqlanib ketib, bilagimdan tutdi. Bedaxonaga olib kirib, undan yana bir xonaning eshigini ochdi. Keyin eshikni “yopma” deb chetlandi-da, qo‘lini cho‘zib, devorlarni ko‘rsatdi.

Yopiray, devorlarda tulkining ham, bo‘rining ham, qoplonning ham terisi ilingan, bir nechta burama, changarakshox kiyik hamda yovvoyi qo‘yning shoxlaridan bor edi.”

Bandi burgutga arqon bog‘lanib uni uchirishga odamlar yig‘iladi:

“Ertasi tomosha boshlandi. Qishloq bo‘yicha tom boshiga сhiqib olib, rais boboning qasri tomonga qaramagani yo‘q edi desam bo‘ladi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring: yam-yashil qir ostidagi zumratdek o‘tloq o‘rtasida qat ko‘targan oppoq imorat ustida-tepasida bir bahaybat qush aylanayotir. Shunday tez aylanardiki, yiqilib tushmaga-niga hayron qolasan!Bandi burgutning ovoz chiqarib uchishini ko‘rgan yaqin atrofdagi burgutlar uchib kela boshlashdi. Bu holatni, yordamga muxtoj kishining chaqirig‘ini eshitib, uni qutqarishga kelayotgan, tanish-notanish odamlarga o‘xshatish mumkin. Buni qarangki, qushlar o‘rtasida ham mehr-oqibat bor ekan. Tag‘in: bir xil balandlikda, taxminan bir arqon bo‘yi tepada charx urmoqda yovvoyi-yirtqich qush! O, ana qarang endi! Tog‘ning bag‘irlaridan pistirma ichida yotgan “mig” samaliyotlari kabi sonsiz burgutlar uchib kela boshladi. Ular rais boboning uyi tepasiga yetgach, sekinlab aylanishga tushdilar. Ular balandda. Tutqinoyog‘ida kapron zanjiri bor burgut esa pastda… U titrab, chinqiroq ovoz chiqaradi. Tepadagilar unga jo‘r bo‘lishib , ayrimlari bandining yonidan uchib o‘tishadi. Uchib o‘tishadi-yu, bu “yigitcha”ning ne ko‘yga tushganiga aqllari yetmaganday yana balandlab ketishadi va zorlanib ovoz chiqarishadi.”

Bu voqeada bolaning xarakteri, uning tuyg‘ulari va hayvonotga bo‘lgan hislarini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Burgutning parvozi har qanday ko‘ngli oq odamni ham ta’sirlantirmay qo‘ymasdi:

“Men sizga o‘sha manzara-yu holatni qanday yetkazyapman, bilmayman, ammo o‘shanda ko‘zlarim g‘ilq yoshga to‘lgan, biroq lablarim kular edi: mening “ixtirom” ro‘yobga chiqib, shu tufayli burgutcha erkinroq parvoz etayotganidan bir qanoatim ham bore di, biroq… buncha sheriklarining yopirilib kelishidan, inson degan bir maxluqning bir hiylasi tufayli mag‘rur inilari ko‘klay olmaganidan hayron bo‘layotganlari ham meni mahv etar edi.

O, inson, boshing omon bo‘lsin-u, naqadar makkorsan!

Do‘stim, men hozir ham to‘lqinlanib ketayotibman: u – ajoyib va fojiaviy bir manzara edi.”

Sh.Xolmirzayevning inson va tabiat mavzusiga bag‘ishlangan hikoyalarining bir qismida tabiatning maftunkor go‘zalligi aks ettirilsa, boshqalarida tabiatga yovuzlarcha munosabat, uni talon-taroj qilishlar qoralanadi. Mana shu keyingi hikoyalarida yozuvchi tabiat hodisalaridan «sovuq tasvirlar» topadi va muayyai badiiy g‘oyani ifoda qilish maqsadida o‘rinli foydalanadi. Masalan: havoning tundligi, osmonni past tushgan qora bulutlar qoplab olishi, guvillab kuchli shamol esishi, chumchuqlarniig chirqillashi, bo‘rining uvlagani, qor uchqunlarining deraza oynasiga shitirlab urilishi, quyunning qorlarni to‘zg‘itib o‘ynashi, «bo‘ronning qori qalin betlarini yalab -supurib» ketishi odamning kayfiyatiga yomon ta’sir qiladi. Bu tasvirlar hikoyalardagi qahramon xarakterini yoritib beruvchi vositalar, xolos. Sh.Xolmirzayevning mana shunday ruhda yozilgan hikoyalaridagi tasvirda sovuqqonlik bor, chunki bir suhbatida yozuvchining o‘zi ta’kidlaganidek, manzarada shafqatsizlik bor; «sovuq, shafqatsiz go‘zallik bor. Tog‘larida, so‘qmoqlarida, archalarida... Odamni tarbiya qiladi».

E’tibor qilgan o‘quvchi yozuvchining aksar hikoyalarida ayni mavzuga murojaat etilib, tabiatga aloqador gaplar katta ijtimoiy-axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy muammolar, inson va uning taqdiri, tarbiyasi haqidagi falsafiy fikrlar bilan tutashib ketganligini ko‘radi. Inson tabiatdan tirqishsiz devor orqali ajralib turmaydi, barcha borliq, mavjudot biri ikkinchisidan oladi yoki beradi. Ushbu prinsip nafaqat inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatda amal qilinadi, balki bu tuyg‘u inson va hayvonot dunyosida, ularning o‘zaro munosabatida ham ko‘rinadi. Bunday uzviy bog‘liqlikni aks etgirgan hikoyalarda bir dunyo bilan ikkinchi dunyoni, bir olam bilan ikkinchi olamni vafo, sadoqat, mehr-muhabbat tushunchalari bog‘lab turadi.Hayvonot dunyosi haqida jahon xalqlari adabiyotida yaratilgan Redyard Kipling, Jek London, Seton-Tompson, Orosio Kiroga, Lev Brandt, Yuriy Kazakovlarning turli ma’naviy va ijtimoiy muammolarni o‘rtaga tashlagan ko‘pgina asarlari o‘quvchilarga ma’lum va manzur. Ana shunday muammo, ma’no Sh.Xolmirzayevning inson va hayvonlar munosabatiga bag‘ishlangan hikoyalarida ham o‘ziga xos tarzda yozuvchi tug‘ilib o‘sgan Boysun tabiati va kishilari xarakteridan kelib chiqib badiiy talqin qilingan.

Xolmirzayevning asarlarida eng ko‘p qo‘llaniladigan detallar bu — tabiat unsurlari: turli daraxtlar, o‘t-o‘lanlar, gullar, qushlar, hashoratlar va hayvonlardir. Ularni inson obraziga nisbat berish bilan adib tabiat va odamning yaqinligini, biri ikkinchisisiz yashay olmasligini uqdirmoqchi bo‘ladi. Ayni chog‘da tabiat hodisalaridagi o‘zgarishlarga, ularning o‘ziga xosligi (masalan, yarmi qurigan do‘lananing hamon gullab, meva tugishi, gap tomirning chuqur ketganligi, ya’ni mohiyatda ekani)ga urg‘u berish orqali odamni o‘z hayotiga e’tiborliroq bo‘lishga undaydi. Shukur Xolmirzayevning ning asarlarida tabiat gapiradi,harakat qiladi, ko‘rkini namoyish etish uchun quturib gullab, bizni maftun etadi. Ruhiya-timizga osoyishtalik bag‘ishlab, umrimizni uzaytiradi.

“Bandi burgut” hikoyasi davomida bolalar burgutni br necha bor uchishini kuzatadilar:

“Xullas, sho‘rlik burgut dumiga paqir bog‘langan qandaydir maxluq holiga tushdi.

Natija shu bo‘ldiki, toliqdimi, boshqa biror bir narsa ta’sir etdimi, sekinlab-sekinlab, ayvondan pastga shunday osildi-qoldi. Boshi pastda, qanotlari qayrilib tumshug‘iga tushgan.

Tomda turib chelakda loy tortgan suvoqchidek uni tezda tortib ayvonga chiqardik.

U qanotlarini yozib yotib oldi.

Voy, naqadar g‘amgin ko‘rindi u menga!

U kasal emas edi, yo‘q – bandi edi: biz uning bandiligidan…”

Bola tafakkuri bilan tabiatga, hayvonlarga ozor berayotganlaridan ko‘nglida nafrat va achinish tuyg‘ulari o‘rnashib oladi. Ular burgutchani qo‘yib yuborishni xohlashadi. Biroq qushni qo‘yib yuborish endi ularning qo‘lida emas edi. Rais bobo bu noyob jonzotni o‘lgach o‘z muzeyini ko‘rki bo‘lishini istardi.

“Zov ostida adashuv” hikoyasida – yetti yoshli bola oʻrmonda adashib qoladi. Oʻzi yolgʻiz qolsa ham, bir kecha-kunduz ichida yoʻl topib, qutulib chiqadi. Shu fursat ichida bola xalq orasida ma’lum boʻlgan hayvon va qushlar haqidagi afsona va irimlar haqida eslaydi, ularning xalq orasida boshqacha atalishi, ular bilan muomalada nimalar qilish kerakligini anglab oladi. Va muhim xulosa otasi tomonidan aytiladi: “Bolam, turmushda ham shunday qilib, aql-farosat bilan yoʻl topsang boʻlgani. Bu adashuv senga saboq boʻlsin!” Bunda bolada qiziquvchanlik, ogʻir vaziyatda oʻzni tuta bilish, kurashuvchanlik, mardlik kabi fazilatlar namoyon boʻladi.1




Download 62,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish