I.Tashkiliy qism:
a)Tozaligi, o`quvchilar bilan salomlashish
b)Darsga tayyorgarlikni tekshirish
c)Davomatni aniqlash
d)Navbatchilar bilan bugungi kun haqida suhbatlashish.
II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash:
-Nima uchun vatanni onaga qiyoslashadi?
-Ona haqida yana qanday she’rlarni bilasiz?
-Onam she’rini yoddan ayting!
Guruhlarga topshiriq:
l-topshiriq. O'qituvchi guruhlarga boshqotirma beradi.
Boshqotirmaning yechilish yo'li o'quvchilarga tushuntiriladi. Uni hal etish uchun o'quvchilar jadvaldagi raqamlarga qarab bo'g‘inlardan so'zlar va so'zlardan maqol hosil qiladilar. Guruhlar boshqotirmani yechish orqali maqolni topishadi.
1-guruh boshqotirmasi:
(Javob: Odobli bola elga manzur.)
2-guruh boshqotirmasi:
(Javob: Qari bilganni pari bilmas.)
3-guruh boshqotirmasi:
(Javob: Ona bilan bola, gul bilan lola.)
4-guruh boshqotirmasi:
(Javob: Oltin olma, duo ol.)
Har guruhdan bir o'quvchi chiqib, boshqotirma javobini aytadi va javobni topish usulini tushuntirib beradi.
O'qituvchi o'quvchilarga o'tgan darsda o'tilgan mavzuni o'qitoʻib, mazmunini qayta hikoya qildiradi, uyga berilgan topshiriq so'raladi. O'quvchilarga qo'shimcha savollar beriladi. Onam she’rini mustahkamlash.
1.Onaga ta’rif bering!
2.Men onamga yordamchi.
3.Nima qilsam oyim hursand bo‘ladilar?
‘’Klaster’’ metodi bilan navro‘z da qilinadigan ishlar orqali bilimlari mustahkamlanib olinadi
III. Yangi mavzu bayoni:
Asar musiqa sadolari ostida o‘qituvchi tomonidan ifoda o‘qib beriladi.
Navro‘z tantanasi
21-mart bahoriy tengkunlik, tun va kun tenglashgan palla. Ajdodlarimiz bu kunni qadim-qadimdan tabiatning uyg‘onishi, ayoz qish tugab, iliq mavsumning boshlanishi sifatidanishonlab kelishgan.
Navro‘z – tabiat tantanasi, ekologik bayram, mehr-oqibat, mehnat va tinchlik ayyomidir. Yurtimizda har yili Navro‘z bayrami arafasida umumxalq hashari o‘tkaziladi. Katta-yu kichik ko‘chaga chiqib, ariqlarni tozlayadi, atrofni supurib-sidiradi, daraxtlarni oqlab, xilma-xil gullar ekadi.
Yurtimizda Navro‘z qadimdan bayram qilib kelingan. Navro‘z yilning boshlanish kuni hisoblangan. Qadimgi Xitoy yilnomalarida ajdodlarimiz har bahor qir-adirlarda katta tantana bilan yangi yilni kutib olishi to‘g‘risida ma’laumotlar bor. Navro‘z bayramida milliy o‘yinlar o‘ynalgan. Xalq kuy-qo‘shiqlari ijro etilgan. Bayram shod-u xurramlik bilan o‘tkazilib butun yil yaxshi kelishi umid qilingan. Darslik bilan ishlash:
● O‘quvchilar matnni ifodali o‘qiydilar
● O‘quvchilardan “Navro‘z”da qilinadigan ishlar haqida so‘raladi:
Navro‘zda sumalak qilinadi. Ko‘chalar tozalanadi. Daraxtlar oqlanadi. Navro‘zda uylar ko‘tariladi.
● Navro‘z taomlari haqida so‘raladi.
● Navro‘z urf-odatlari haqida so‘zlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |