O‘QISH DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASH
REJA:
Kirish………………………………...……………………………………………2
Asosiy qism
I.BOB. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida matn ustida ishlashning nazariy asoslarini shakllantirish.
1.1. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarini tashkil etish…………………………5
1.2. Matn turlari va ularning xususiyatlari………………………………………..10
II.BOB. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida matn ustida ishlashning amaliy asoslarini o‘rgatish metdodikasi.
2.1. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida matn ustida ishlash orqali DTS talablari asosida samarali natijalarga erishish imkoniyatlari……………………………….13
2.2. Matn yaratish va matn ustida ishlashning didaktik prinsiplari hamda boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida badiiy asarlar matni ustida ishlash………..…18
2.3.Har xil janrdagi asar matnlarini o‘qitish metodikasi………………………….25
Xulosa……………………………………………………………………….……38
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………40
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ta’lim berish-tarbiyani ham oʻz ichiga oladi. Ta’lim ishi Respublikamizni aql-zakovat va ilm borasidagi kuch–quvvatini rivojlantirish, jamiyat, davlat va oila oldidagi oʻz ma’suliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol, erkin shaxslarni shakillantirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. Hozirgi zamonaviy bosqichlarda pedagogik dolzarb vazifalarga fan texnika, ilgʻor texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash oʻqitish va rivojlantirish maqsadlari, mazmuni metodlarini ilmiy ta’minlash kiradi. Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb- hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo`lgan masala hisoblanadi. Maktabda matn ustida ishlash va o‘qish savodxonligi darslarida oʻqitishning maqsadi jamiatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga insonparvarlik demokratik guruhlarga asoslangan davlat talablariga mos kelishi kerak. O‘qish darslarida matn ustida ishlash bolalarda tafakkur, xotira, diqqat, kuzatuvchanlik, ijodiy fikrlashni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek, o‘qish oʻquvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini oʻstirishi, ularning oʻz fikrlarini aniq toʻgʻri va tushunarli bayon etishi uchun zamin hozirlaydi. Uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish, shuningdek, ta’lim mazmunini yangilash ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning bosh gʻoyasi sanaladi. Oʻzbekiston Respublikasida oʻqituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qoʻymoqda. Barkamol inson tarbiyasida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga katta ma’sulyat yuklaydi. Yuqoridagi fikrlarni tasdiqlagan holda Respublikamiz Prеzidеnti Sh. Mirziyoyev shunday fikr bildiradi “Yoshlarimiz haqli ravishda vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqiyosli ishlarimizni, xususan ta’lim-tarbiya boʻyicha qabul qilingan umummilliy dasturimizni mantiqiy yakuniga etkazishimiz zarur”. Agarda tarixga nazar tashlasak, ota-bobolarimiz bizga: vaqtni qadrla, uy-roʻzgʻoring but boʻlishi uchun narsalarni isrof qilma, suvni teja, chiroqni yoqish va oʻchirishni bil, bir chimdim tuz boʻlmasa ovqatni yeb boʻlmasligini, har bir sohada tartibli, tejamli boʻlishimizni talab qilishgan. Bu saboqlarga tayanib biz hozirgi hayotimizni toʻgʻri yoʻlini tutmoqdamiz. Hatto maktabning boshlangʻichsinf davrlaridanoq matn ustida ishlash muhim ahamiyat kasb etadi va bu mavzuni chuqur oʻrganish ko‘plab milliy dasturlarda ham nazarda tutilgan. Vaqtsiz tabiatni va umuman borliq olamni oʻrganish mumkin emas. Matnlarda turli obektlarning, borliq dunyoning oʻziga xos xususiyatlari aks etgan. Matn tushunchasi murakkab tushuncha boʻlib, boshlangʻich sinflarda toʻrt yil oʻqish davomida shakllantiriladi. Boshlangʻich maktabning vazifasi shundaniboratki, u bolalarda o‘qish darslarida matn ustida ishlashga oʻrgatishning tushunarli usulini hosil qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |