Asosiy qism 1-bob Soliq tizimi ahamiyati va mexanizmi



Download 151,72 Kb.
bet11/11
Sana31.12.2021
Hajmi151,72 Kb.
#242045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Soliq tizimi va uning vazifalari. O'zbekistonda soliq tizimi

To`rtinchidan. o`z mustaqilligini e'lon qilgan O`zbekiston Respublikasi o`zining yangi soliqlar tizimiga ega bo`lishi va ilgari Markaz belgilagan soliqlardan voz kechishi kerak edi.

Bu ma'naviy jihatdan ham zarur bo`lgan edi.

Yuqoridagilarning jami yig`ilib O`zbekiston Respublikasi soliq tizimini qayta qurishni obyektiv zaair qilib qo`ygan edi.

Soliq tizimini tashki! etuvchi soliqlarni respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi harakatiga qarab turli guruhlarga bo`lish mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlarni to`g`ri va egri soliqlarga bo`lish rnumkin.

To`g`ri soliqlar to`g`ridan to`g`ri haqiqiy daromad oluvchi yoki mulk egasidan olinadi. Ularning obyekti yalpi daromad, mulk qiymati, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar bo`ladi, Bunday soliqiarda huquqiy va

haqiqiy soliq to`lovchi ilgaridan aniq va bitta. Soliqni soliq to`lovchining o`zi to`laydi. Bu soliqlarning manbayi korxonaning xo`jalik - moliya faoliyati yakuni, ya'ni daromaddir. O`zbekistonning to`g`ri soliqlariga korxona va tashkilotlarning daromadidan soliq, mol-mulk solig`i, transport vositalari egalari solig`i, yer solig`i, aholining daromad solig`i va boshqalar kiradi.

Egri soliqlar sotilayotgan tovar, bajarilayotgan ish, ko`rsatilayotgan xizmatlar qiymatiga ustama tarzda undiriladi.

Ular tovar qiymati yoki xizmat ta'rifi summasini oshiradi.

Ularni shunday qaraganda mahsulot sotuvchi yoki xizmat ko`rsatuvchi to`layotganday bo`ladi. Huquqiy jihatdan ularni mahsuJot sotuvchilar to`laydi, (lekin haqiqiy soliq og`irligini o`z zimmasiga oluvchilar boshqa, yashiringan). Egri soliqlarning haqiqiy to`lovchisi sotilgan tovar va ko`rsatilgan xizmatni iste'mol qiluvchi korxonalar va oqibat natijada aholi.

Egri soliqlar guruhiga qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i va bojxona bojlari kiradi.

Soliqlar huquqiy va jismoniy shaxslardan ya'ni korxonalar va aholidan olinadigan soliqlarga bo`linadi.

Huquqiy shaxslardan undiriladigan soliqlar byudjet daromadida hal qiluvchi

o`rinni egallaydi. Bularga qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i, daromad solig`i, korxoanlar mol-mulki solig`i, korxonalar transport vositalari egalari solig`i, yer solig`i, dam olish joylarida, sanoat qurilishi solig`i kiradi.

Huquqiy shaxslardan olinadigan soliqlarning muhim xususiyati ular naqd pulsiz hisoblashlar orqali olinadi va hisoblashish oson bo`ladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar bizning respublikamizda budjet daromadlarida hal qiluvchi o`rin egallamasa ham ularning daromadlarni boshqarib turishda ahamiyati katta.

Jismoniy shaxslar to`laydigan soliqlarga daromad solig`i, aholi mol-mulk solig`i, yer solig`i, reklama solig`i, transport vositalarini, maishiy va hisoblash texnikasini qayta sotish solig`i va boshqalar kiradi.

Budjetga o`tkazish nuqtayi nazaridan soliqlar umumdavlat soliqlari va mahalliy soliqlarga bo`linadi.

Umumdavlat soliqlariga qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i, kor-xonalar daromadiga soliq, aholi daromadiga soliq va boshqalar kiradi.

Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati ular respublika budjetiga tushib, mahalliy budjetlarga ham ularni daromad va xarajatlarini tenglashtirish uchun ajratmalar beriladi.

Mahalliy soliqlar faqat har bir hududdagi mahalliy hokimliklar budjetiga tushadi, boshqa byudjetlarga ajratmalar berish bo`lmaydi.

Bunday soliqlarga yer solig`i, jismoniy shaxslarning mol-mulk solig`i, dam olish joylarida sanoat qurilishi solig`i, transport vositalari soliqlari kiradi. Bulardan tashqari mahalliy soliqlar va turli yig`imlar kiradi.

Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida xilma-xil faoliyat va mulk shakllaridagi korxona va tashkilotlarni umumdavlat chora tadbirlarini moliyalashtirishda qatnashishlari ijtimoiy, iqtisodiy zaruriyatdir. Hozirgi moliyaviy tanqislikni asosan byudjet tanqisligini e'tiborga olib soliqlarning yangi turlari ham kiritilshi mumkin. Chunki bozor iqtisodiyotining infrastrukturasiga xizmat qiladigan xilma-xil soliqlar bo`lishi zanir.

O`zbekiston Respublikasi soliq siyosati-asosan Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab amalga oshirildi. O`zbekiston Respublikasining 1991-yil 31 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasining davlat Mustaqilligi to'g`risida»gi Qonunda «Shu kundan e'tiboran O`zbekiston Respublikasi o`zining mustaqil soliq siyosatini olib boradi», deb ko`rsatilgan. Davlatning soliq siyosatining asosiy yo`nalishlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham ko`rsatib o`tilgan.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab soliq sohasida bir qancha qonunlar qabul qilingan edi. Shulardan eng asosiylari O`zbekiston Respublikasining «Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlari to`g`risida va «O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fijqaroligi bo`lmaganlarning solig`i to'g`risida»gi qonunlari va ularga kiritilgan o`zgarishlar, to`ldirishlar edi.

Soliqlarning huquqiy asosi 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi» bo`ldi. Soliq kodeksining qabul qilinishi soliq

siyosatining izchilligi va yaxlitligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo`ladi.

Umuman, siyosat deganda, davlatning ilgaridan belgilab, aniqlab qo`ygan chora-tadbirlari yig`indisi tushuniladi. Soliq bo`yicha ishlarni tashkil qilish ham muayyan siyosat tarzida amalga oshiriladi. Soliq siyosati davlatning moliya siyosatini eng muhim, tarkibiy ajralmas qismidir.

Soliq siyosati nima? Soliq siyosati-davlatning soliq borasidagi farmon, qonun va qarorlarni ijrosini ta'minlash hamda uni tashkil qilish-dagi chora-tadbirlari, sa'y- harakatlari yig`indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o`z mustaqil soliq siyosatiga ega bo`la oladi.

Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati orqali respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirishga va rivojlanishiga har tomonlama faol ta'sir ko`rsatish mumkin.

Soliqlar pul munosabatlari bo`lib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati ham iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir.



1 Яҳёев Қ. Солиқ. Т. «Меҳнат». 1997 йил. 20-бет

2 Ўша ерда.

3 Гатауллин Ш. Солиқлар ва солиққа тортиш. Тошкент. 1996 йил. 74-бет

4 Темур тузуклари. Тошкент. 1993 йил. 98-бет

5 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari. – T.: O`zbеkiston, 2009, 21-b.



6 Паркинсон С. Закон и доходы. - М.: ПКК "Интерконтакт", 1992. - С.14-15.

7 Пушкарева В. История финансовой мысли и политики налогов. Учебное пособие. - М.: Инфра-М, 1996. - С.17.


Download 151,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish