Birinchidan. Bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlaridan. Bozor iqtisodiyoti erkin va huquqiy munosabatlarni, har kim tomonidan qonunsiz aralashishini yoqtirmaydigan munosabatlarni talab etadi. Ilgari iqtisodiyotni buyruq-ma'muriyatchilik asosida boshqarishda davlat o`zining va
boshqa mulk shaklidagi korxonalarning daromadlari istagancha qayta taqsimlar edi. Budjet daromadlari xilma-xil to`lovlar va ajratmalardan tashkil topar edi. Ularning stavkalarini davlat xohlaganicha o`zgartirar va markazlashgan fondga olib qo`yar edi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat biian turli mulk shaklidagi korxona, birlashma va tashkilotlar, aholi o`rtasidagi munosabatlar faqat qonuniy, huquqiy demokratik asosga o`tadi.
Bu munosabatlar qonun chiqaruvchi organ tasdiqlab bergan soliqlar orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |