7. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplari, turlari,shakllari va
usullari
Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng ilg’or shakllariga ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va
kombinatsiyalash kiradi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish – bu, ijtimoiy mehnat taqsimotining eng muhim shakllaridan biri
hisoblanib, u ilmiy-texnik taraqqiyot va ishlab chiqarishning boshqaruv tizimi bilan uzviy bog’liqdir.
Korxonalararo va ular o’rtasidagi mehnat taqsimotining asosini mehnat qurollarini ixtisoslashtirish tashkil
etadi.
Korxona ichidagi ixtisoslashtirish Sexlarni va uchastkalarni ayrim mahsulot ishlab chiqarishga yoki
texnologik jarayonning ma’lum bosqichini bajarishga yo’naltiradi.
Ixtisoslashtirish mahsulotni standartlash, me’yorlashtirish va detallarni unifikatsiyalashga asoslanadi,
shuningdek, texnologik jarayonlar mexanizatsiyalashtiriladi va ixtisoslashgan uskunalardan keng ko’lamda
foydalaniladi.
Mashinasozlik zavodlari va ularning bo’limlarini ixtisoslashtirish darajasi asosan ikki omilga: ishlab
chiqarish miqyosi va mahsulotning mehnat talab qilishiga bog’liqdir.
Soha korxonalarida ixtisoslashtirishning uchta:
buyumlar; texnologik; detallar bo’yicha ixtisoslashtirish shakllari mavjud.
Sexlar, uchastkalar va ish joyini texnologik ixtisoslashtirish natijasida ularning har biri bir xil texnologik
operatsiyani va bir xil ishni bajaradi. Masalan, mashinasozlikda temirchilik, zagotovkalar qo’yadigan,
mexanika, issiqlik, payvandlash va boshqa Sex hamda uchastkalar, metallurgiya soha ida domna, marten
va prokat Sexlari tashkil qilinadi; to’qimachilik fabrikalarida yigiruv, to’quv va boshqalarning tashkil qilinishi
texnologik ixtisoslashtirishga misol bo’la oladi.
Ishlab chiqarish ko’lami ortib borgan sari korxonalarning bo’limlari (Sex, uchastkalar)da texnologik
ixtisoslashtirishning chuqurlashuvi vujudga keladi: mahsulotlarning o’lchamiga qarab (masalan, mexanika
Sexi yirik, o’rta va mayda); materiallar turiga qarab ishlov berishi bo’yicha (masalan, po’lat, cho’yan va
cho’ziladigan cho’yan); quyuv Sexlari va h. k. jarayonlarning operatsiyalari bo’yicha (tokarlik, frezerlik,
silliqlash, pardozlash).
Texnologik ixtisoslashtirish sharoitida unumdorligi yuqori bo’lgan texnikadan va texnologiyadan,
shuningdek, ilg’or ishlab chiqarish usullaridan yaxshiroq foydalanishga erishiladi.
Sexlar va uchastkalarni buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirishda bularning har biri texnologik jihatdan
har xil bo’lgan operatsiyalarni bir xildagi detallar yoki uzellar bo’yicha bajaradi. Korxonalarning
bo’limlarini buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirish shakli ko’p jihatdan tor ixtisoslashgan zavodlar uchun
xarakterlidir (ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishlarda). Bunday Sexlar agregatlarning ayrim
detallari va qismlarini ishlab chiqarishga moslashadi, nomenklaturasi esa chegaralangan bo’ladi
(masalan, avtomobilg’ zavodlarida — mashinaning orqa ko’prigini yoki motorini ishlaydigan Sexlar,
vagonsozlik zavodida ressor, stanoksozlikda —stanina, korpus detallari, shesterenkalar, vtulkalar va
richaglar Sexi). Sexlarning buyumlar bo’yicha qurilishi qoida bo’yicha berk jarayonlarga olib keladi,
bunday Sexlarda har xil bosqichga tegishli yoki ishlov berish turiga qarab jarayonlar dam-badam
birga olib boriladi. Sexlarning texnologik ixtisoslashgan shaklidan asta-sekin birmuncha ilg’or bo’lgan
buyumlar bo’yicha ixtisoslashishga o’tishi mashinasozlik korxonalarining ishlab chiqarish
strukturasini takomillashtirishning hozirgi sharoitdagi birdan-bir tendentsiyasidir.
Buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirish quyidagilarni nazarda tutadi: texnologiyani puxta ishlab
chiqish, yuqori unumli uskunalarni qo’llash, materiallardan foydalanish koeffitsientining yuqori
bo’lishi, mehnat unumdorligini oshirish, korxonalarning Sex va bo’limlaridagi boshliqlar va konkret
ijrochilar javobgarligini oshirish, ishlab chiqarishni tashkil qilishda ilg’or usullardan keng foydalanish.
Buyumlar Sexini tashkil qilish ikki shart-sharoitga asoslanadi: 1) mahsulotlar ko’lami talaygina
bo’lsa, ommaviy va seriyalab ishlab chiqarishni o’stirish zarur; 2). mashinasozlikda yangi
texnologiyani joriy qilish, metallga ishlov berishda elektr usullaridan foydalanish, ishlab chiqarish
jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.
Ishlab chiqarish jarayonlarining buyumlar bo’yicha tuzilishiga zavod-avtomat misol bo’la
oladi. Masalan, alyumindan avtomobilg’ porshenlarini ishlab chiqaradigan zavod-avtomat bitta
agregatda turli xil jarayonlarni birlashtiradi. Bularga suyuq eritmani tayyorlash, quyish, porshenlarga
issiqlik yordamida ishlov berish, mexanik ishlov berishning qattiqligini, porshenlarning katta-kichikligi
bo’yicha saralashni va joylashni tekshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |