Yozma so`roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o`zida ko`pgina odamlar fikrini o`rganish mumkin bo`ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o`z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so`rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo`lsa, shubxasiz, qimmatli birlamchi materiallar to`planadi.
So`roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo`lib, birinchisida oldindan nimalar so`ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, xattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so`roq o`tkazilishi nazarda tutiladi.
Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi. Ular yordamida biror o`rganilayotgan xodisa xususida ham sifat, ham miqdor xarakteristikalarini olish, ularni ko`pchilikda qayta-qayta sinash va ma’lumotlarni korrelyatsion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin bo`ladi. Ayni testga qo`yilgan talab hech qachon o`zgarmaydi, xattoki, shunday testlar borki, ular turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham o`zgarmagan holda ishlatilaveradi. Masalan, Ravenning aqliy intellektni o`lchash, Kettelning va Ayzenkning shaxs testlari shular jumlasidandir.
Test — so`rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya-ekstroversiyani o`lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo`q» tarzida javob berish so`raladi.
Test — topshiriq odam xulqi va xolatini amalga oshirgan ishlari asosida baholashni nazarda tutadi. Masalan, shaxs tafakkuridagi kreaktivlilikni aniqlash uchun ko`pincha bir qarashda oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira shaklidagi shakllardan o`zi xoxlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi. Ma’lum vaqt va tezlikda bajarilish sur’ati, rasmlarning o`ziga xos va betakrorligiga qarab shaxs fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va kreaktivligiga baho berilib, miqdoriy ko`rsatgich aniqlanadi. Bu metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo`llashning qulayligi, bir guruhda natija bermasa, boshqa guruhda yana qayta tekshiruv o`tkazish imkoniyatining borligi bo`lsa, kamchiligi-ba’zan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib qolsa, sun’iy tarzda uning kechishiga ta’sir ko`rsatishi, faktlarni falsifikatsiya qilishi mumkinligidir.
Testlar ichida proyektiv testlar deb nomlanuvchi testlar ham borki, testning asl maqsadi tekshiriluvchiga sir bo`ladi. Ya’ni shunday topshiriq beriladiki, tekshiriluvchi topshiriqni bajarayotib, nimani aniqlashi mumkinligini bilmaydi. Masalan, mashhur Rorshaxning «siyoh dog`lari» testi, yoki TAT (tematik appersepsion test), tugallanmagan xikoyalar kabi testlarda bir narsaning proyeksiyasidan go`yoki ikkinchi bir narsaning mohiyati aniqlanadi. ¤sha 1921 yilda kashf etilgan «siyoh dog`lari» va ularga qarab tekshiriluvchining nimalarni eslayotganligi, dog`lar nimalarga o`xshayotganligiga qarab, uning shaxs sifatidagi yo`nalishlari, hayotiy tamoyillari, qadriyatlariga munosabati, ishni bajarish paytidagi emotsional holatlari aniqlanadi. Bu testlar juda noyob, qimmatli, lekin uni faqat professional psixologgina qo`llashi va natijalarni mohirona taxlil qilishi talab qilinadi.
26---------------------------------------------
4. 1997-yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham oʻz sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. Shubha yoʻqki, Excel eng ommabop dasturlardan biridir. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, koʻrgazmaliroq koʻrsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda siz WinWord dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanishingiz mumkin. Dastlab Excelning ommaviy imkoniyatlarini oʻzlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini koʻrish mumkin.
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, hisob va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, oldindan tayyor boʻlgan maʼlumotlarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda yoki sonli xisobotlar bilan ishlash kabi keng koʻllamli masalalarni echishda qoʻllaniladigan oʻta qulay vosita hisoblanadi. Yuqorida taʼkidlanganidek, 1982-yil Microsoft CP/M tizimlarida juda ommabop boʻlgan ilk jadval protsessori Multiplanni bozorga chiqardi, ammo u MS-DOS tizimlarida Lotus 1-2-3 dasturidan ortda qolardi. Excelning ilk versiyasi Mac uchun moʻljallangan edi va 1985-yil chiqarilgan, Windows uchun versiyasi esa 1987-yil noyabrda ishlab chiqilgan. Lotus Windows uchun dasturini moslashtirishga shoshilmadi bu esa 1988-yildan Excelning undan oʻtib ketishiga sabab boʻldi. Microsoft har bir yangi versiya uchun oʻz mavqeyini mustahkamlay boshladi. Windows platformasiga moʻljallangan hozirgi versiyasi Excel 16, Mac OS X uchun esa Microsoft Excel 2012 dir.
Boshida Excel nomi bilan bogʻliq muammo paydo boʻldi, negaki boshqa kompaniya shu nomdagi dasturlar paketi bilan savdo qilardi va Microsoftni sudga beradi. Shu sababli bundan buyon Microsoft har qanday hujjatlarda dastur nomini Microsoft Excel deb yuritishga majbur boʻladi. Keyinchalik Microsoft kompaniyasining shu nomdagi dasturlarni sotib olishi natijasida muammoga barham berildi. Kompaniya dasturning qisqartmasi sifatida XL harflaridan foydalanishga qaror qildi va bu hozirgacha davom etmoqda, Excel faylarini kengaytmasi esa —. xls. Birinchi jadval muharrirlari bilan taqqoslaganda Excel foydalanuvchiga keng imkoniyatlarni taqdim etadi.
Excel foydalanuvchiga ekraning oʻzida jadvalning koʻrinishini, shriftlar, belgilar va katak tashqi koʻrinishini oʻzgartirish imkonini bergan ilk jadval muharriridir. Yana u kataklarning aqlli hisobini chiqarib beradigan dastur edi.
5. Qadriyat — voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiyaxloqiy, madaniymaʼnaviy ahamiyatini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, mas, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-odat va boshqalar Q. hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarning qaysi sohasida Q.ga doir tadqiqot olib borilgan boʻlsa, bu tushunchaga shu jihatdan taʼrif berishga intilishgan.
Holbuki Q. aksiologiyaga xos kategoriyadir. Q.ni aksiologiya nuqtai nazaridan talqin qilish uni kategoriya sifatidagi mohiyati, mazmuni, obʼyektiv asosi, namoyon boʻlish shakllari va xususiyatlarini oʻrganish imkonini beradi. Q. kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qimmatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega boʻlgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar. talab va tartiblar va boshqalarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy jarayonlar taʼsirida kishilarning Qadryatlar toʻgʻrisidagi qarashlari oʻzgarib boradi. Tarixiy zaruriyatga qarab goh u, goh bu Q. ijtimoiy taraqqiyotning oldingi safiga chiqadi. Mas, yurtni yov bosganida — ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiklol, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, kasal yoki bemorlikda — sihatsalomatlikning qadri oshib ketadi. Q.lar ijtimoiytarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida oʻz tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega. Q.lar mehnat, ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar oʻrtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, xattiharakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, xattiharakatini maʼlum yoʻnalishga buradigan, tegishli meʼyorga soladigan maʼnaviy hodisaga aylanadi. Q.lar umumbashariy, milliy, shaxsiy boʻlishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, qonunqoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan Q.lar umumbashariy xususiyatga ega. Bunday Q.lar oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan, abadiy Q.lardir. Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, maʼnaviyati, urf-odat va anʼanalari, oʻtmishi va kelajagi bilan bogʻliq Q.lar milliy Q.lardir. Inson, uning faoliyati, turmush tarzi, eʼtiqodi, umr maʼnosi, odobi, goʻzalligi bilan bogʻliq Q.lar shaxsiy Q.lardir. Q.lar komil insonni tarbiyalashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
27---------------------------------------------------------------
Psixologiyada shaxsning o'zini o'zi anglashi, shaxsning o'zini o'zi anglash orqali ifodalanadigan o'zi haqidagi g'oyalari, shuningdek, bu g'oyalarga shaxs tomonidan berilgan baho, ya'ni o'zini o'zi qadrlashi sifatida qaraladi.
O'z-o'zini anglash tuzilishi V. V. Stolinning "Shaxsning o'zini o'zi anglashi" (1983) asarida to'liq ko'rib chiqilgan. Tadqiqotchi "men" ma'nosini kognitiv, hissiy va munosabatlar komponentlarini o'z ichiga olgan asosiy "o'z-o'zini anglash birligi" sifatida ko'rib chiqishni taklif qiladi. V.V.Stolin mulohazalarining umumiy mantig'i shunday tushunishga qisqartiriladiki, faoliyat ko'pligi "men"ning ko'p ma'nolarini hosil qiladi, turli faoliyatning kesishishi harakatlarga olib keladi, harakatlar "men"ning qarama-qarshi ma'nolariga olib keladi. "Men" ma'nosi, o'z navbatida, o'z-o'zini anglashning rivojlanishi va keyingi faoliyatiga yo'l beradi.
O'z-o'zini anglashni inson psixikasining eng yuqori cho'qqisi deb hisoblash an'anaviy bo'lib, u bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lgan uchta komponentdan iborat: o'z-o'zini bilish, o'zini o'zi boshqarish (yoki o'zini o'zi boshqarish), o'z-o'zini takomillashtirish. O'z-o'zini bilish, o'z navbatida, o'z-o'zini kuzatish va o'z-o'zini baholash orqali shakllanadi. Bundan tashqari, eng muhim shaxsiy shakllanishlardan biri sifatida o'z-o'zini hurmat qilishda o'z-o'zini anglash rivojlanishining vaqtinchalik dinamikasi eng yaxshi tarzda kuzatiladi. Buning sababi shundaki, o'z-o'zini anglashni shakllantirish jarayonida insonning o'ziga nisbatan hissiy va qadriyatli munosabati maksimal intensivlik va chuqurlikka etadi. Turli xil hayotiy vaziyatlarda inson tomonidan turli vaqtlarda boshdan kechirilgan his-tuyg'ular va hissiy holatlarning xilma-xilligi nafaqat o'z-o'zini anglashning maxsus hissiy "fondini" tashkil qiladi, balki o'z-o'zini hurmat qilish uchun asos yaratadi, uni o'zgartiradi. Shu bilan birga, o'z-o'zini hurmat qilish o'zini o'zi boshqarishning butun jarayonini boshqaradi va oldindan belgilaydi, uning natijasi o'z-o'zini hurmat qilishning barqarorligi va dinamikasi bilan bog'liqdir.
2. MULOQOT HAQIDA TUSHUNCHA
Insonning uning o`rab turgan olamga o`zaro ta`siri ob’ektiv munosabatlar tizimida namoyon bo`ladi, ob`ektiv munosabat va aloqalar so`zsiz har qanday real guruhlarda paydo bo`ladi. Guruh a`zolarining bu ob`ektiv o`zaro munosabatlari sub`ektiv shaxslararo munosabatlarda aks etadi. Har qanday ishlab chiqarish odamlarning o`zaro birlashishini talab qiladi. Hech bir kishilik jamiyati agar unda odamlar bilan munosabat o`rnatilmasa, ular bir - birini to`g`ri tushunmasdan to`laqonli, birgalikdagi faoliyatni tashqil eta olmaydi. Masalan, o`qituvchi o`quvchilarga biror narsani o`rgatish uchun ular bilan munosabatga kirishishi kerak.
Muloqot kishilarning hamkorlikdagi faoliyati ehtiyojlari asosida tug`iladigan ular o`rtasidagi aloqa rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot hamkorlikdagi faoliyat qatnashchilari o`rtasida axborot almashinishni o`z ichiga oladi, bu muloqotning kommunikativ tomonini ifodalaydi. Odamlar bir - biri bilan munosabatga kirishishda tildan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning o`zaro ta`siridir. Bunda faqat so`zlar emas, balki harakat va holatlar ham almashinadi. Masalan, sotuvchi bilan haridor o`rtasida biror so`z aytmasdan muomalaga kirishish mumkin. Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir - birini idrok qilishidir. Muomalaga kirishuvchilarning bir -birini to`g`ri tushunishi muhim ahamiyatga ega. SHunday qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: kommunikativ (axborot berish), interaktiv (o`zaro ta`sir) va pertseptiv (o`zaro idrok qilish). Muloqotning bu uch tomonining birligi muomalaga kirishuvchi kishilarning o`zaro munosabati va hamkorlikdagi faoliyatining tashqil etish usuli sifatida namoyon bo`ladi. Muloqotning qonuniyatlarini, malaka va qobiliyatlarining shakllanishi bilish pedagog uchun g`oyat muhimdir. Bu to`laqonli pedagogik muloqotni yoki muomalani yo`lga qo`yishini ta`minlaydi. Pedagogik muloqot-pedagog va o`quvchilarning o`zaro ta`sir etish usullari yig`indisidir. Muloqotning mazmuni - axborot almashish, o`qituvchi tomonidan turli kommunikativ vositalar yordamida o`quvchilar bilan o`zaro tushunish va o`zaro munosabatlarni tashqil etishdir. Pedagoglarning tarbiyaviy va didaktik vazifalarni o`qituvchi hamda o`quvchilar jamoasi o`rtasida munosabatlarni ta`minlamay turib amalga oshirib bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |