O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
viloyatni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
viloyat chegaralarining va viloyat tarkibiga hududlari o‘tkazilayotgan ma'muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda viloyat chegaralari chizig‘ining tavsifi (viloyatni tuzish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
tarkibiga tugatilayotgan viloyat hududi o‘tkazilayotgan ma'muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va ma'muriy-hududiy birliklar chegaralari chizig‘ining tavsifi (viloyatni tugatish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
viloyatni tuzish yoki tugatish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi
O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat. Bu — mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir.
Islom Karimov
O‘zbekiston Konstitutsiyasi o‘zbek davlatchiligi tarixiy tajribalarini asosli yo‘sinda aks ettirib, bu jihat O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi milliy davlat va ma’muriy-hududiy birliklar hamda hokimiyat va boshqaruv organlari tuzilishida namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 3-moddasida mustahkamlangan qoidaga binoan «O‘zbekiston Respub likasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatni amalga oshiradi». Bu norma O‘zbekiston davlat sifatida o‘zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini o‘zi belgilab, mustaqil siyosatini olib borishini bildiradi. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi huquqiy asoslari Konstitutsiyaning 4-bo‘limi 68—75-moddalaridagi qoidalarda berilgan. O‘zbekiston Respublikasi o‘z ichki hududiy tuzilishiga ega. Kons titutsiyaning 68-moddasidagi qoidaga muvofiq «O‘zbe kiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqal pog‘iston Respublikasidan iborat» bo‘lib, bular O‘zbekiston hududi ning tarkibiy bo‘g‘inlaridir. Bunday bo‘linish idora etishning davlat organlariga aholining yaqin bo‘lishini, ishlab chiqarishni samarali tashkil qilishni nazarda tutib amalga oshiriladi. 69-moddaga binoan «Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi». O‘zbekiston Respublikasi tarkibini: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat, Toshkent shahar, 163 ta tuman, 119 ta shahar, 115 ta shaharchalar tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishining davlatning yaxlitligi, davlat organlari tuzilishining yagonaligi va shu kabi prinsiplari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishining o‘ziga xos belgilari O‘zbekiston Respublikasi hududi: 447,4 ming kv. km ni tashkil qiladi. Davlat hududi chegaralarini va davlat su vereniteti amal qilishini belgilovchi chiziq — davlat chegarasi deb ataladi. Davlat chegarasi ma’lum davlatni boshqa davlatlar hududidan yoki xalqaro hududlardan ajratib turadi. O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi munosabatlar «O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Ushbu Qonunning 3-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo bo‘shlig‘ida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo‘ylab o‘tuvchi vertikal sathdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi besh mustaqil davlat — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston davlatlari bilan chegaradosh. Davlatimiz chegaralarining umumiy uzunligi 6221 kilometrni tashkil etadi. Jumladan, Afg‘oniston bilan chegara — 137 km, Qozog‘iston — 2203 km, Qirg‘iziston — 1099 km, Tojikiston — 1161 km, Turkmaniston bilan 1621 km dan iborat. Har bir davlat o‘z chegaralari doirasida joylashgan hududiga ega. Davlat hududi tushunchasi — yer sharining ma’lum davlat chegaralariga tegishli bo‘lgan qismini bildiradi. Chegaradosh davlatlarning hudud- O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishining muhim belgilari: hudud, aholi, hokimiyat va suverenitetdir. tizimi quyidagilardan iborat: suverenitetning butun hududda amal qilishi, konstitutsiya va qonunlar, davlat hokimiyati organlari, davlat hududi, yagona fuqarolik, davlat tili, yagona qurolli kuchlar, O‘zbekiston davlati ramzlari, poytaxti va shu kabilarlari bir-biridan davlat chegaralari bilan ajratiladi. Elchixonalar, konsulliklar va O‘zbekiston Respublikasining boshqa xorijiy vakolatxo nalari ham mamlakatimizning davlat hududi hisoblanadi. Davlatning hududiy hukmronligi uning o‘z hududida to‘la va beistisno mustaqilligini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi hududi va iqtisodiy qudrati bo‘linmas, uning chegaralari esa daxlsiz bo‘lib, davlat himoyasidadir. Bu prinsip konstitutsiyada ham belgilab qo‘yilgan. Mamlakat hududining yaxlitligi va chegaralarining daxlsizligi har qanday davlatning muhim belgisi va hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy prinsiplaridandir. «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasiga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas». Hududning yaxlitligi va daxlsizligi davlat xavfsizligining asosiy elementi bo‘lib, ularni himoya qilish va ta’minlash davlatning asosiy vazifalaridan biridir. O‘zbekiston davlat chegarasini qo‘riqlash vazifasini Respublika Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari amalga oshiradi. O‘zbekiston chegarasi bilan bog‘liq masalalar chegaradosh davlatlar bilan shartnoma va ke lishuvlar asosida hamda umume’tirof etilgan xalqaro me’yo riy hujjatlar asosida tartibga solinadi. Davlat chegarasi masalasida O‘zbekiston izchil ravishda hozirgi zamon siyosiy tamoyillariga monand yo‘ldan bormoqda. O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tash kil etadi. Bu Konstitutsiyaning 8-moddasida qayd etilgan. O‘zbekiston aholisi 26,9 million kishi (2005-yil). O‘zbek millati aholining taxminan 78 foizini tashkil etadi. Ayni vaqtda O‘zbe kiston hududida o‘z madani yatiga va an’analariga ega bo‘lgan millat vakillari yashaydi. O‘zbe kiston hududida 130 millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Millat vakillarining tarkibiga agar e’tibor bersak: ruslar, tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar, ozarbayjonlar, uyg‘urlar, tatarlar, dunganlar, gruzinlar, moldavanlar, arman, yahudiy va boshqa milliy guruhlar yashab mehnat qi lishadi. Respublikada istiqomat qiluvchi barcha millatlarning milliy madaniyatlari, urf-odatlari, an’analari va tillariga o‘zaro hurmatda bo‘lish konstitutsiyaviy talablardan biridir. Konstitutsiyaning 4-moddasida bu masala o‘z aksini topgan: «O‘zbekiston Res publikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’ana lari hurmat qili nishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi». Kons titutsiya O‘zbekiston fuqarosi deb hisoblangan barcha shaxslarni, ularning millati, tili, urf-odatlari va milliy an’analaridan qat’i nazar, hurmat qilinishini huquqiy jihatdan kafolatlaydi. Shu bois har bir insonning o‘zini erkin va teng huquqli deb his qilish imkonini beradigan munosabatlar o‘rnatil moqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining joriy yillarida Respublikada 100 ta milliy-madaniy Markaz ta’sis etildi va ular millatlararo hamjihatlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda. Ularning tashkil topishi bilan millat vakillarida o‘z urf-odatlari, an’analari va tilini qayta tiklash uchun imkoniyatlar yaratildi. Milliy-madaniy Markazlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar millatlar o‘rtasida aloqalarning yanada mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dinga e’tiqod erkinligi ham huquqiy jihatdan ta’minlangan. Bugungi kunda mamlakatimizda ko‘p millatlilik sharoitida 15 ta diniy konfessiya birlashmalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |