Asl biriktiruvchi to’qima (textus conjunctivus sensu stricto)



Download 1,34 Mb.
bet15/39
Sana12.01.2017
Hajmi1,34 Mb.
#274
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Retikulyar tolalar. Biriktiruvchi to`qimaning ba’zi turlarida, qon yaratuvchi a’zolar stromasida, jigarda, qon tomirlar (asosan kapillyarlar), mushak va nerv tolalari atrofida kollagen va elastik tolalardan tashqari retikulyar yoki retikulin tolalar ham uchraydi. Bu tolalar III tipdagi kollagenga kirib, kumush tuzlari bilan impregnatsiya qilinganda aniq ko`ringani uchun ba’zan argirofil (yunon. argyros - kumush) tolalar deb ham yuritiladi. Retikulyar tola (rete - to`r) deb nomlanishi ularning to`r hosil qilishini bildiradi.

Retikulyar tolalarning tuzilishi yaxshi o`rganilmagan bo`lsa ham, ma’lum faktlar bu tolalar oqsildan - retykulindan (kollagenning maxsus turi) tuzilganligini ko`rsatadi. Retikulii oqsili kollagen va elastik tolalardagi oqsillardan serin, oksilizin va glyutamin aminokislotalarining ko`pligi bilan ajralib turadi. Oqsil mikrofibrillalari taxminan 40-60 nm qalinlikda bo`lib, ularda ham xuddi kollagen protofibrillalaridagi kabi ko`ndalang chiziqlik ko`rinadi.

Retikulyar tolalar kuchsiz kislota, ishqorlar va tripsin ta’siriga chidamli.
ZICH TOLALI BIRIKTIRUVCHI TO’QIMA

Siyrak va zich tolali biriktiruvchi to`qimalar orasida keskin chegara o`tkazish mushkul, chunki organizmda biriktiruvchi to`qimaning hujayralar va hujayralararo modda nisbati asta-sekin o`zgaradi. Tolalarning joylanish tartibi bo`yicha zich tolali biriktiruvchi to`qimaning shakllangan va shakllanmagan turlari farq qilinadi.

Zich shakllanmagan biriktiruvchi to`qima terining to`rsimon qavati va bo`g`in xaltachalari biriktiruvchi to`qimasida uchrab, uning kollagen va elastik tolalari bir-biriga zich, lekin tartibsiz joylashganligi uchun to`rsimon tuzilishga ega. Hujayralar turi ko`p bo`lmay, amorf modda ham kamdir. Hujayralar asosan fibroblast va fibrotsitlardan iborat bo`lib, ular uzunchoq shaklga ega.

Zich shakllangan biriktiruvchi to`qima esa tolalarning tartibli joylashishi bilan farqlanadi. Bu to`qimada tolalarning joylashishi kuch chiziqlari bo`ylab yo`nalgan. Shakllangan birik-tiruvchi to`qimaga paylar, bog`lamlar, fibroz membranzlar va plastinkasimon biriktiruvchi to`qima kiradi. Bu to`qimaning tarkibiy qismlarining tuzilishiga mukammalroq to`xtab o`tamiz.



Paylar (tendo). Paylar pishiq tortmalar bo`lib, mushaklar shu paylar orqali suyakka birlashadi. Paylar bir-biriga parallel yotuvchi yo`g`on kollagen tolalardan tashkil topgan. Kollagen tolalar orasida elastik to`r yotadi (78-rasm). Ularning orasida asosiy modda joylashadi. Biriktiruvchi to`qima hujayralaridan esa tolalar orasida yotuvchi fibrotsitlargina bo`ladi. Fibrotsitlar to`rtburchak, uchburchak yoki trapetsiya shakliga ega bo`lib, yon tomondan tayoqcha shaklini eslatadi. Bu hujayralarni pay hujayralari deb ham nomlanadi.

Payda har bir kollagen tolalar tutami fibrotsitlar bilan chegaralangan. Bu tolalar birlamchi tartibli tolalar deyiladi. Bu tolalar tashqi tomondan endotenoniy deb ataluvchi siyrak tolali bi|ljtiruvchi to`qimaning yupqa pardasi bilan o`ralgan. Birlamchi tolalar yig`ilib ikkilamchi tolalar tutamini hosil qiladi. Ikkilamchi tolalar tutami o`z navbatida uchlamchi tolalar tutamini hosil qiladi. Bu tolalar tutami tashqi tomondan peritenoniy deb ataluvchi siyrak tolali biriktiruvchi to`qimadan iborat parda bilan chegaralangandir. Shu pardalarda paylarni oziqlantiruvchi tomirlar hamda paylarni innervatsiya qiluvchi nerv tolalari va nerv oxirlari joylashadi.




Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish