QISQA TUTASHTIRILGAN ROTORLI ASINXRON MOTORNI ISHGA TUSHIRISH
Qisqa tutashtirilgan rotorli motorni elektr tarmog’iga bevosita ulab ham ishga tushirish mumkin. Bunda motor, juda oz vakt bo’lsa ham, qisqa tutashish rejimida Iisht = 5—10 In toki bilan ishlaydi. Bu tokning qiymati juda qissta vaqt ichida nagruzka toki qiy.matigacha pasayganligi sababli uning motor uchun xavfi bo’lmaydi. Lekin bunday motorlarning elektr tarmog’iga ulanish soni katta bo’lsa, motor Iisht toki ta’sirida haddan tashqari qizib ketishi mumkin. Shunga ko’ra, elektr tarmog’iga ulanish soni katta bo’lgan hollarda qisqa To’tashtirilgan rotorli motorlarni qo’llash tavsiya etilmaydi. Katta quvvatli motorlarni ishga tushirishda Iisht ning ta’siri bilan elektr tarmog’idagi kuchlanish I ning qiymati sezilarli darajada kamayib ketishi mumkin. Bunda, M ning U2 ga proportsionalligi sababli elektr tarmoqqa ulanib, ma’lum nagruzka bilan ishlab turgan boshqa asinxron motorlarning ba’zilari o’z-o’zidan to’xtab qolishi, kuchlannsh tiklanishi bilan esa ularning yana aylanib ketish xavfi bo’ladi. Demak, ayrim hollarda, motorni eng oddiy usul, ya’ni uni bevosita elektr tarmog’iga ulash bnlan ishga tushirishning imkoni bo’lmaydi. Qisqa tutashtirilgan rotorli motorni bevosita elektr tarmoqqa ulab ishga tushirishda bo’lishi lozim.
Hozirgi paytda elektr tarmoqlaridagi quvvat juda katta qimatga egaligi uchun bir necha ming kvt li motorlarni ha.m bevoskta ishga tushirish mumkin. Qishloq xo’jaligi va qurilishlarda esa nisbatan kichik quvvatli tok manbalari ham bo’ladi. Agar qisqa tutashtirilgan rotorln motorni elektr tarmog’iga bevosita ulab ishga tushirish imkoniyati bo’lmasa motornnng ishga tushirish toki qiymati quyidagi usullar bilan kamaytiriladi.
1. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorni yulduz sxemadan uchburchak sxemaga o’tkazib ishga tushirish. Motorda, uchburchak yoki yulduz sxemaning ko’llanilishi stator chulg’amining faza kuchlanishiga va elektr tarmog’idagi fazalararo kuchlanish qiymatiga bog’liq bo’ladi. Masalan, tarmoqdagi kuchlanish 380 v bo’lib, motor pasportida berilgan kuchlanish 220/380 v, ya’ni uning fazasi 220 v kuchlanishga hisoblangan bo’lsa, bu motorni yulduz sxemada ulash kerak. Bunda uning fazasiga 220 v, ya’ni normal kuchlanish beriladi. Agar motorning fazasi 380 v kuchlanishga hisoblangan bo’lib, elektr tarmog’idagi kuchlanish ham 380 v bo’lsa, bunday motorni uchburchak sxemada ulash kerak. Agar uchburchak sxemada ulanishi lozim bo’lgan motorni yulduz sxemada ulab ishga tushirilsa, uning fazasiga normal kuchlanishga nisbatan 1,73 marta kam kuchlanish berilgan bo’ladi. Natijada, elektr tarmog’idan motorga berilayotgan tokning I, qiymati, uchburchak sxemadagiga nisbatan uch marta kamayadi. Yshga tushirish tokining uch marta kamaytirilishi sababli elektr tarmog’idagi kuchlanishning pasayishi ham sezilarli bo’lmaydi. Yulduz sxemada ishga tushirilgan motor tokining uch marta kamayishiga sabab kuyidagidan iborat bo’ladi.
9-rasm. Asinxron motorni yulduz szemasidan uchburchak sxemasiga o’rkazib ishga tushirish.
Demak, bu usul bilan motorni faqat salt ish rejimida, yoki M = (0,3 -- 0,4) Mn bo’lgan nagruzkalarda ishga tushirish mumkin. 9-rasmda motorni almashlab ulagich U bilan yulduz sxemadan uchburchak sxemaga o’tkazib ishga tushirish ko’rsatilgan. Ishga tushirish protsessi tugashi bilan motor uchburchak sxemaga o’tkaziladi. Hozirgi paytda bu usuldan keng foydalanish maqsadida faza kuchlanishi 380 voltga hisoblangan va, demak, normal ish rejimida, 380 voltli elektr tarmog’iga uchburchak sxemada ulanadigan, kerak bo’lganida esa yulduz sxemada ishga tushirila-digan motorlar ko’plab ishlab chiqarilmoqda.
2. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorni uning stator chulg’amiga aktiv yoki induktiv qarshiliklarni ketma-ket kiritib ishga tushirish. 10-rasmda motorni aktiv Rt va induktiv Xt qarshiliklar bilan ishga tushirish sxemasi ko’rsatilgan. Bunda elektr tarmog’idagi kuchlannshning ma’lum qismi Rt yoki Xt qarshiliklariga o’tib, qolgan qismi stator chulg’amiga beriladi. Natijada, ishga tushirish toki va momenti birmuncha kamayadi. Ishga tushirish protsessi tugashi bilan, rubilnik P2 ni berkitib, motorga normal, ya’ni to’la kuchlanish beriladi. Bunda motor o’zining tabiiy xarakteristikasiga o’tib ishlay boshlaydi. Ishga tushirish tokini bevosita ulashdagiga nisbatan m, momentini esa n marta kamaytirish uchun stator chulg’amiga kiritiladigan Rt yoki XT karshiliklari quyidagicha aniklanadi. M=U2 bo’lgani uchun n=m2 yani moment tokining qiymatiga nisbatan ko’proq kamayadi.
10-rasm. Qisqa tutashgan asinxron rotorli motorniishga tishirish sxemasi.
Salt ish rejimida yoki kichik nagruzka bilan ishga tushiriladigan katta quvvatli va past kuchlanishli motorlarning Iisht ni kamaytirmsh maqsadida aktiv Rt qarshiligidan, yuqori Kuchlanishli motorlarda esa induktnv Xt qarshiligi (reaktor) dan foydalaniladi. Motorning ishga tushirish tokini chegaralamay, faqat momentini kamaytirish lozim bo’lsa, statorning bir fazasiga Rt ni kiritish kifoya. Bu oddiy va tejamli usulni kichik va o’rta quvvatli stanok, kran va transport mexanizmlaridagi motorlarga qo’llash tavsiya qilinadi.
3. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorni avtotransformator bilan ishga tushirnsh 11-rasmda asinxron motorni avtotransformator bilan ishga tushirish sxemasi ko’rsatilgan. Bunda motorni rubilnik P1 bilan elektr tarmog’iga ulashdan azval, P2 berk, P3 esa uzuq holda bo’lishi kerak. Natijada stator chulg’amiga avtotransformatorniig transformastiya koeffistienti k, marta qadar kamaytirilgan kuchlanish beriladi.
11-rasm. Asinxron motorni avtotransformator vositasida ishga tushirnsh sxemasi.
Bunda motorning ishga tushirish toki, avtotransformatorning motor ulangan ikkilamchi chulg’amida ka marta kamaysa, elektr tarmog’iga ulangan birlamchi chulg’amida ka2 marta kamayadi. Shunga ko’ra, ishga tushirish momentining qiymati ham ka2 marta kamayadi. Motorni ishga tushirish protsessi boshlangandan so’ng, P2 rubilnigi ochiladi. Bunda avtotransformator stator chulg’amiga ketma-ket ulangan reaktorga aylanadi. Natijada stator chulg’amiga berilgan kuchlanish qiymati avtotransformatordagiga nisbatan bir oz ko’payadi. Aylanish tezligining ortib borishi bilan P3 rubilnik berkitiladi va motor nominal kuchlanish bilan tabiiy xarakteristikaga o’tib ishlay boshlaydi. Shunday qilib, motorni avtotransformator bilan ishga tushirishda stator chulg’amidan o’tadigan tokniig qiymati, reaktor va aktiv qarshilikni ulash usullaridagi tok qiymatiga teng bo’lsa ham, lekin elektr tarmog’idagi tok qiymati, ularga nisbatan ka marta kam bo’ladi. Bu uning asosiy afzalligidir. Ammo bu usul bilan motorni ishga tushirish ancha qimmatga tushadi. Shuning uchun motorni avtotransformator bilan ishga tushirish usulidan ishga tushirish momenti berilgan qiymatgacha kamaytirilganida, yustoridagi usullar bilan elektr tarmog’idagi tokning qiymati etarlicha kamaytirilmagan taqdirdagina va katta quvvatli yuqori kuchlanishli motorlardagina foydalaniladi. Qisqa tutashtirilgan rotorli mogorlardagi Iisht tokining kamayishi bilan Myat ning ham kamayishi, ba’zi mexapizm, masalan ip yigiruv yoki qog’oz tayyorlash mashinalari talabiga juda qo’l kelsa, katta qiymatli Mat bilan ishga tushiriladigan mexanizmlar talabini qondira olmaydi. Bunda ishga tushirish toki kichik, momenti esa katta bo’lgan maxsus qisqa tutashtirilgan rotorli motorlardan foydalaniladi.\
Do'stlaringiz bilan baham: |